- § Sulfomineral sementlar




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

8- § Sulfomineral sementlar 
Belitli sement. Yangi shaharlarning paydo bo‘lishi, shaharlarda yirik jamoat 
hamda madaniy-maishiy binolarning ko‘plab qurilishi sement sanoatining oldiga oq 
va manzarali sementlarni mahalliy xom ashyodan tayyorlash vazifasini kuydi. 
T. A. Ragozina bunday sementlarni mahalliy xom ashyo tarkibida temir oksidi 
kam bo‘lgan Isfara gipsi, Oxangaron kaolinli tuprog‘i va ohaktoshdan uni 
1200…1300
0
C da kuydirish yo‘li bilan olish mumkinligini taklif etdi. Bu sement 
manzarali qum tuprog‘li belitli sement deb ataldi. Bu sement etarli darajada 
qattiqlikka ega va sovuq, sulfatli suvlar ta’siriga chidamlidir. 
Ko‘p yillar davomida olib borilgan izlanishlari natijasida T.A. Ragozina 
tezkorlik ishlarida qo‘llanilayotgan, industrial metodlar talabiga javob bera oladigan, 
tez qotadigan, yuqori mustahkamlikga ega bo‘lgan oq va manzarali sementlar ham 
olish metodini ishlab chiqdi. Bunday sement Oxangaron kaolini, ohaktosh va gipsdan 
1200…1300
0
C da kuydirish yo‘li bilan olindi. Sementni kuydirish temperaturasi 


315 
odatdagi portlansementni kuydirish temperaturasiga nisbatan 200…250
0
C dan past. 
Bu esa o‘z navbatida pishirish pechlarning unumdorligini oshiradi.yoqilg‘i sarfini 
tejaydi va o‘tga chidamli materiallardan yasalgan xumdonlarning ishlash muddatini 
oshiradi. 
Yuqoridagi sanab o‘tilgan sementlar va odatdagi portlandsementni kuydirish 
jarayonini tezlashtiruvchi sifatida gips ishlatish mumkinligi aniqlandi. Shunday 
sementlar tarkibiga 10% gacha gips qo‘shib olish usuli tavsiya qilindi. Pishirish 
jarayonini engillashtirish uchun CaF
2
va CaSO

dan iborat aralashma mineralizatorlar 
qo‘llanildi. 
Sement qotganda u tuzlarning agressiv eritmalar ta’siriga yuqori darajada 
bardoshliligi bilan ajralib turadi. Bu sementning sovuqqa chidamliligi ham yuqori. 
Mazkur 
xususiyatlari 
bo‘yichaundan gidrotexnik inshoatlarini qurilishida, 
shuningdek, manzarali va oq rangli sement sifatida foydalanish imkonini beradi. 
Asosiy xom ashyoning tarkibi CaSO
4
ga ega bo‘lgan gidravlik sement olish masalasi, 
sement texnologiyasi va kimyosida yangilik bo‘lib, uning ilmiy va amaliy ahamiyati 
kattadir. 
Bunday sementlarni kuydirishda hosil bo‘ladigan sulfominerallarning 
xususiyatlari va hosil bo‘lish sharoitlari tadqiq qilingan. Bundan tashqari, 
laboratoriya hamda ishlab chikarish sharoitlarida sulfosilikat va sulfoalyuminat-
silikat sementlarni kuydirish texnologiyasi aniqlandi. Ko‘pgina tadqiqotchilar 
sulfoalyuminat 3(CaO∙Al
2
O
3
)∙CaSO
4
va sulfosilikat 2(CaO∙SiO
2
)∙CaSO
4
ning hosil 
bo‘lishi shuningdek, ularning asosiy optik hamda rentgenografik xususiyatlarini
aniqlab beradi. Shu munosabat bilan
fosfor o‘g‘itlarni ishlab chiqaradigan kimyo 
zavodlarida ko‘p miqdorda yig‘ilib yotadigan chiqindi fosfogipsdan iqtisodiy jihatdan 
samarali foydalanish katta amaliy ahamiyatga kasb etdi. 
Oddiy sharoitlarda sement namunalarining qotish borasida olingan ma’lumotlar 
sulfoalyuminat namunalarining mustahkamligi juda tez va yuqori darajada ortishini, 
sulfosilikat namunalarida esa sust ortishini ko‘rsatdi. Biroq tarkibida 20% 
sulfoalyuminat va 80% sulfosilikat bo‘lgan sement namunalari uch kundayoq eng 


316 
yuqori darajadagi mustahkamlikka erishadi. 1,5 MPa bosimda avtoklav ishlovii 
natijasida esa sulfoaliminat namunalarining mustahkamligi oshmaydi va sulfosilikat 
namunalarining qotishiga juda yaxshi ta’sir ko‘rsatib, ularnnng dastlabki 
mustahkamligini 10 martadan ziyod oshiradi (32-jadval). Fizik-kimyoviy 
tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishiga, sulfominerallardan iborat sementlarning yuqori 
darajadagi gidravlik xususiyatiga va mustahkamlikka ega bulishining asosiy sababi 
ularda kristallogidratlarning yangi formalarining hosil bo‘lishidir. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish