303
Portlandsement klinkerini tabiiy aktiv mineral moddalar
bilan birga maydalab
tuyib hosil bo‘lgan gidravlik bog‘lovchi moddalar
putssolan portlandsement deb
ataladi. Sementning xossalari va sementning sifatiga ko‘yiladigan talablarga qarab
qo‘shimchaning miqdori belgilanadi va u odatda, 20…40% atrofida bo‘ladi. Shlakli
portlandsement ishlab chiqarishda sementga qo‘shiladigan
aktiv mineral modda
sifatida domna pechlaridan chiqqan donador shlak ishlatiladi: sementga shlak
30…60% (odatda 40…50%) atrofida qo‘shiladi.
Putssolan portlandsement va shlakli portlandsement qotgan vaqtda aktiv
mineral moddalardagi qumtuproq klinkerdan ajralib chiqqan ohak bilan kimyoviy
reaksiyaga
kirishadi, natijada kalsiy gidrosilikatning qiyin eriydigan birikmasi hosil
bo‘ladi:
Ca(OH)
2
+SiO
2
+nH
2
O=CaO
.
SiO
2
(n+1)H
2
O
Demak, aktiv mineral modda qo‘shilgan portlandsement qotgandan so‘ng unda
erkin kalsiy gidrat oksid (ohak) miqdori juda kamayib ketadi, shu tufayli
portlandsementning chuchuk va minerallashgan suvlarga turg‘unligi ortadi. Bu
sementlarninng maydaligi va tishlashish muddati
portlandsementnikidan farq
qilmaydi, lekin ularning qotish tezligi portlandsementli betondan kam. Dastlabki
kunlarda bu sementlarning qotishi sekinlik bilan borishiga qaramasdan 28 kun ichida
betonning mustahkamligi portlandsement mustahkamligiga etadi.
Buyumlarga issiq bug‘ bilan ta’sir etilganda bu sementlar betonning tez
qotishini ta’minlaydi. Putssolan sement bilan shlakli portlandsementning markalari
portlandsementning markasiga o‘xshash: 300, 400 va 500.
Bu tur portlandsementlar
oddiy portlandsementga nisbatan kamroq issiqlik chiqaradi, chunki ularning tarkibida
gidratlanish vaqtida issiqlik chiqaradigan klinker oz miqdorda bo‘ladi. Bu
portlandsementlar
kam
issiqlik
chiqargani
uchun
ularni
massiv
beton
konstruksiyalarga betonning yorilishidan xavfsiramay, bemalol ishlatish mumkin.
Putssolan bilan shlakli portlandsement tarkibida erkin ohak bo‘lmaganligi
sababli ularning chuchuk suv ta’siriga chidamliligi yuqori. Bundan tashqari,
sementga qo‘shilgan mineral moddalardagi qumtuproq uch kalsiyli alyuminat bilan
304
reaksiyaga kirishib, uni ikki kalsiyli alyuminatga aylantiradi. 3CaO∙Al
2
O
3
ning
miqdori kamaytirilsa, putssolan portlansementning sulfatli suv ta’siriga turg‘unligi
ortadi,
chunki bunda,
«sement batsillalari» ning hosil bo‘lish ehtimoli kamayadi.
Putssolan portlandsementlarning korroziyasi haqida yuqorida gapirib o‘tilgan.
SHuning uchun bu haqda batafsil to‘xtamaymiz. Ammo bunday sementlarning
mahalliy sharoitga qarab boshqa turlari ham ishlab chiqarilgan. Bularga
gliej va
glinit