-§. Oq va rangli portlandsementlar




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

5-§. Oq va rangli portlandsementlar 
Oq portlandsement-tarkibida (0,3…0,45% gacha) temir oksid bo‘lgan oq 
klinkerni mayda tuyishdan hosil bo‘ladigan gidravlik bog‘lovchi modda. 
Klinkerni tuyish jarayonida 15% gacha gidravlik yoki 10% gacha inert 
qo‘shilmalar, shuningdek, tishlashish muddatlarini keragicha o‘zgartirib turish uchun 
ko‘pi bilan 3% gips qo‘shishga ruxsat etiladi. Gips va qo‘shilma tuyilgandan so‘ng bu 
sement belgilangan darajada oq bo‘lishi kerak. 
Portlandsement rangi klinker minerallari tarkibida qanday oksid borligiga 
qarab har xil bo‘ladi. Masalan, kalsiy silikatlar oq, C
3
S esa C
2
S dan oqroq bo‘ladi va 
xokazo. Ayniqsa uch kalsiyli alyuminat oqligi bilan boshqa sementlardan ajralib 
turadi. To‘rt kalsiyli alyumoferrit tarkibida temir oksidlari borligi tufayli qoraroq 
bo‘ladi. Shu sababli oddiy portlandsement kul rang-yashil bo‘ladi. Demak, klinkerda 
uni bo‘yovchi oksidlar, ayniqsa Fe
2
O
3
bo‘lmasa bunday sement oq rangli bo‘ladi. 
Shunday qilib, oq portlandsement ishlab chiqarishdan asosiy maqsad, tarkibida 
temir oksid bo‘lmagan yoki juda oz miqdorda bo‘lgan xom ashyo ishlatishdan iborat. 
Bunday klinker tarkibida C
4
AF xam deyarli bo‘lmaydi. Biroq ma’lum kimyoviy 
tarkibli xom ashyo ishlatishning o‘zi nixoyatda oq portlandsement ishlab chiqarish 
uchun kifoya qilmaydi. Buyovchi oksidlar sementga yoqilg‘i kulidan yoki tuyish 
jarayonidan tegirmon sharlaridan yoxud tegirmonning po‘lat qoplamasidan o‘tishi 
mumkin. Shuning uchun klinkerni pishirish paytida kulsiz suyuq yoki gazsimon 
yokilg‘i ishlatiladi. Klinker pishib bo‘lgan zahoti uning oqligi oshiriladi. Buning 


295 
uchun klinker qaytarish-muhit ta’siriga uchratiladi. Shunda klinker tarkibidagi Fe
2
O
3
ko‘rinishidagi temir oksid kamrok bo‘yaydigan Fe
3
O
4
ga aylanadi va sement yanada 
oqaradi. Xom ashyo aralashmasi va oq sement klinkeri mahsus qattiq kam 
yoyiladigan po‘lat yoki chinni plitalar qoplangan shar tegirmonlarda maydalanadi. 
Oq portlandsement klinkerini plitalar ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyo 
sifatida juda oq bo‘lgan materiallar-sof ohaktosh yoki bo‘r va seralyuminiy oksidli 
gillar (kaolinlar) ishlatiladi. 
Oq portlandsement oqlik darajasiga karab uch navga bo‘linadi. Oliy nav OTS-
1, OTS-2 (OTS-oq sement). Turli nav sementning oqlik darajasi kamida kuyidagi 
talablarga mos bo‘lishi kerak. 1-nav-76%, 2 nav-72% oddiy portlandsement 40% 
gacha. 
Oqlik darajasi fotometr yordamida aniqlanadi. Standartga ko‘ra qaytarish 
koeffitsienti 96,3% dan kam bo‘lmagan bariy sulfat (BaSO
4
) oqlik etaloni 
hisoblanadi. Klinkerdan ko‘p miqdorda uch kalsiyli silikat bo‘lsa, oq 
portlandsementdan tayyorlangan buyumlarning sirtida oq dog‘lar yoki sho‘ra hosil 
bo‘lishi mumkin. C
3
S ning gidrolizi vaqtida ohak ajralib chiqishi sababli bu xol yuz 
beradi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun oq portlandsement, albatta, ohakni kam 
eriydigan kalsiy gidrosilikatga aylantirish uchun 5…10% juda aktiv gidravlik 
qo‘shimcha qo‘shiladi. 
Klinker tarkibida ko‘p miqdorda C
3
S va C
3
A bo‘lgani uchun oq sement tez 
mustahkamlana boradi, hamda ko‘proq kirishish xossasiga ega bo‘ladi. Bu sement 
400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi. 
Oq portlandsement klinkeriga gips, diatomit (mramor yoki bo‘r) va mineral 
pigmentlar (suvda va organik eritmalarda erimaydigan mayda tuyilgan rangli 
kukunlar pigmentlar deb ataladi) birga qo‘shib tortish yo‘li bilan rangli sementlar 
olinadi. Jumladan, qo‘shilmalar sifatida oxra (sariq yoki qizil tusli mineral buyoq), 
temir, surik (qizil yoki qizg‘ish-jigar rang beruvchi mineral), marganets rudasi (jigar 
rang), ultramarin (havo rang) va shu kabilar qo‘shish mumkin. Oq va rangli sementlar 
suniy marmar tayyorlashda ham ishlatiladi. 


296 
Rangli sementlar yana quyidagi yo‘l bilan ham olinadi. Bo‘yovchi oksidlar 
(xrom, marganets, kobalt, nikel, mis oksidlar) xom ashyo aralashmasiga aralashtirib 
yashil, havo rang, qora, jigar rang, sariq va boshqa turdagi rangdor klinkerlar olinadi. 
Mineral strukturasiga turli oksidlarning birikishi tufayli olingan rangli klinker tortilib 
yaltiroq, tekis va turg‘un rangga ega bo‘lgan sement olinadi. 
Pardozlash materiallari o‘zlarining tabiati va texnikaviy xossalariga ko‘ra 
konstruktiv betonga yaqin tursa xam yig‘ma o‘y-joy qurilishlaridagi pardozlash 
ishlarini mexanizatsiyalashga qulay imkon yaratadi. Ular bir xil tipdagi texnologik 
jarayonlar va asbob-uskunalarni ishlatish hamda uzoq muddatga chidamli rangli 
konstruksiyalar olish imkonini beradi. Shu jixatdan oq va rangli portlandsementlarni 
eng yuqori unumli pardozlash materiallaridan biri deb xisoblash mumkin. Chunki bu 
oddiy portlandsementning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, oq va turli ranglarni o‘zida 
mujassamlashtirgan va yuqori darajadagi mustahkamlikka ega bo‘lgan sementdir. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish