Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

6- §. Tamponaj sementlar. 
Hozirgi kunda yuzlab va minglab neft hamda gaz quduqlari qovlanmokda. 
Ko‘pincha bu quduqlarning chuqurligi bir necha ming metrga etadi. Quduqni o‘rab 
olgan aylanasimon bo‘shlik devorlarining ba’zi qismi suv qatlami yoki bo‘sh g‘ovakli 
jinslar, hatto g‘orlardan iborat bo‘ladi. Bu esa neft va gaz ishlab chiqarishni 
qiyinlashtiradi. Chunki gaz va neft shu g‘ovak va g‘or orkali katta masofalarga 
yoyilib ketishi mumkin. Shuning uchun bu bo‘shlik, ya’ni quvur orqasi bilan quruq 
ichki devorlari o‘rtasida suv va gaz o‘tkazmaydigan massa bilan to‘ldiriladi, ya’ni 
tamponlanadi (gaz mustahkam berkitilgan po‘lat quvurlar yordamida osonlikcha 
chiqarib olinadi). Shuning uchun har bir gaz neft quduqlarini razvedka va 
ekspluatatsiya hamda kapital remont qilishda portlandsement turlaridan biri bo‘lgan 
tamponaj sementlari ishlatiladi. 
Bu quduqlarni sementlashdan maqsad suvli yoki boshqa qatlamlardan neft va 
gaz mahsulotlarini ajratib olishdir. Murakkab burg‘ulash jarayonida sementlash 
ishlari juda ma’suliyatli vazifadir. Sifatli o‘tkazilgan sementlash ishlari ko‘pincha 
quduqlar ekspluatatsiyasini yaxshilaydi. 


297 
Hisoblangan chuqurlikka tushirilgan va tegishlicha osib qo‘yilgan po‘lat 
quvurlar kolonkasi orqali sementlashdan oldin quduqlarni yuvish uchun suyuq loy 
atalasi yuboriladi. Quduq yuvib bo‘lingandan so‘ng kolonnaga usti shisha plastinka 
bilan qoplangan, markazida teshigi bo‘lgan pastki tiqin tushiriladi. Tiqin quvur 
devorlariga zich taqalgan holda joylashadi. 
So‘ngra kolonnaga tushirilgan tiqin ustiga tezlik bilan sementlovchi agregatlar 
yordamida oldindan hisoblangan hajmda sement qorishmasi yuboriladi va u erga 
yuqorigi berk (teshiksiz) tiqin tushiriladi. Natijada pastki va yuqorigi tiqinlar orasida 
qolgan suyuq sement qorishmasi pastga qarab harakat qila boshlaydi. Pastki tiqin 
obsadkali quvurlarda oldindan o‘rnatilgan tiralish halqasiga borib etganda bir oz 
bosim ortadi va pastki tiqin shishasi ezilib sinadi, hosil bo‘lgan teshik orqali sement 
qorishmasi zaboy va quvur orqasidagi halqasimon bo‘shliqqa o‘tayotganda 
burg‘ulashdan qolgan loy o‘z navbatida sindirilib surilib bo‘shliqqa o‘tib ketadi. 
Yuqorigi tiqin pastki tiqin ustiga kelib utirganda suyuq loy atalasi berish 
to‘htatiladi, buni quduq oldiga o‘rnatilgan monometrdagi bosimning keskin 
ortishidan bilsa bo‘ladi. Quvur orqasidagi bo‘shliqqa o‘tayotgan sement 
qorishmasining ko‘tarilishi ma’lum tezlik (kamida 1,5m/s) bilan ketishi kerak. 
Buning ahamiyati kattadir. Bu esa quduq devorlarini loy pustlogidan yaxshilab 
tozalash va chidamliroq sement halqasini hosil qilishni ta’minlaydi. 
Sementlash davrida sement qorishmasining xajmi va kolonnaga itarib 
yuboriladigan suyuqlik miqdori aniq kuzatilib turiladi. Sement ekzotermiyasi bu 
bosimning o‘sishi sabab bo‘ladi. 
Sement qorishmasining quvur orqasidagi bo‘shliqda qanchalik ko‘tarilgani 
aniqlangach, sement butunlay qotib olishi uchun quduq taxminan 18, ba’zan 48 soat 
davomida tinch qoldiriladi. Quduq devorlari va obsadka quvurning tashqi diametri 
o‘rtasidagi sement qorishmasi bilan to‘ldirilgan oraliq taxminan 15…50 m ga teng. 
Sement qorishmasining belgilangan qotish davri tugashi bilan obsadka kolonnasining 
germetikligi sinaladi. Bu xolda bosimni xar 30 minutda 0,5 MPa gacha kamaytirishga 
ruhsat etiladi. Bu ishlar tugagandan so‘ng va sement zarur mustahkamlikka ega 


298 
bo‘lgan maxsulotlarning neft va gaz qatlami ochiladi. Teshik ochish zaboydagi 
sementtoshni yana burgulash yoki urib tushurish orqali amalga oshiriladi. Bu 
teshikdan quduq ichiga neft yoki gaz otilib chiqa boshlaydi. 
Quvur devorlari va unga yondoshgan sementtosh poroxli yoki torpeda 
perforator yordamida teshiladi. Perforatsiya natijasida sementtoshda teshik hosil 
bo‘ladi, bu teshik orqali kollonaga neft (yoki gaz) katlamining bosimidan past 
bosimda, quduq dagi suyuqlik yuzasi pasaygandan so‘ng neft (yoki gaz) kira 
boshlaydi. 
Quduqlardagi tamponaj sementlarning mahsus sharoitlardagi hizmati nimadan 
iboratligini ko‘rib o‘tamiz. Quduqni ko‘rish va uning xolatini aniq tekshirib turish 
butunlay mumkin emas. Neft va gaz quduqlarining chuqurligi ortib borishi bilan 
ularda temperatura va bosim ham orta boshlaydi. Bu esa albatta sementtosh 
jarayoniga va hosil bo‘ladigan sementtoshning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Suv, gaz va 
neftlar siqishining ortishi ham quduqlardagi bosimni orttirishga harakat qiladi. Bu esa 
yuqori temperaturada sement qorishmasining tishlashish muddati va sementtoshning 
shakllanishiga ta’sir qiladi. Quduqlardagi sementtoshning qotish sharoiti juda 
murakkab. Jins qatlamlari turli g‘ovak, yorik va kavaklikka ega. 
Sinish vaqtidagi yuvadigan suyuqlik ustini hosil qilgan ortiqcha gidrostatik 
bosim qatlam jinslarida tabiiy yoriqlarni ko‘paytirishi va quduqlarni sementlaydigan 
loyni, so‘ngra sement qorishmasini yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Qatlamlarning gidravlik uzilishi deb ataladigan holatlari ham bo‘lib, qatlam 
suvlarining yuqoridan pastki suv boshqa gorizontlariga oqib o‘tishi kuzatiladi. 
Ko‘pincha g‘ovakli qatlam jinslarining suvni yutib olish xususiyati tufayli sement 
qorishmasining suvsizlanishi sodir bo‘ladi. 
Bir qancha konlarning qatlam suvlari turli tuzlarning yuqori konsentratsiyasiga 
ega. Misol uchun O‘zbekiston, Turkmaniston va Volga bo‘yi rayonlari konlarining 
qatlam suvlarida xlorkalsiyli, xlormagniyli, sulfatnatriyli shuningdek, sulfatli tuzlar 
uchraydi. Bu tuzlar ayniqsa yuqori bosim va temperatura sharoitda sezilarli darajada 
sementtoshni 
emirishi 
mumkin. 
Buning 
ustiga 
sement 
halkasining 
suv 


299 
o‘tkazuvchanligini ham nazarga olish kerak. Gaz quduqlarining ishlash sharoitlari 
yana ham murakkab, chunki sementlash ishlari tugagandan so‘ng qatlamdan quduq 
ichiga qarab gaz diffuziyalanishi, ya’ni gazning otilib chiqishi va fontanlanishi 
mumkin. Quvur orqasidagi bo‘shlikka itarilib so‘rilib kirayotgan sement 
qorishmasiga loy atalasi aralashsa bu xol sementtoshning qotishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Quduqdagi sementtosh mustahkamligiga perforatsiya jarayoni salbiy ta’sir 
ko‘rsatib, uning mustahkamligini ko‘p faktorlariga va ayniqsa, perforatsiya turiga 
(o‘qli va torpedali) bog‘liq holda kamaytiradi. Portlandsement qorishmasi yordamida 
neft qatlamlarini suvli katlamlardan ajratib turish uchun osadka quvurlarini 
mustahkamlash bo‘yicha birinchi tajribalar 1907-1908 yillarda o‘tkazilgan. Ular 
unchalik chuqur bo‘lmagan quduqlarda ijobiy natija berib, u vaqtdagi portlandsement 
nisbatan sekin tishlanish muddati, past mustahkamlik va dag‘al tuyilish kabi xossalari 
bilan xarakterlanar edi. Shuning uchun sementtosh kerakli mustahkamlikni to‘plab 
olguncha kutish zarur bo‘lgan. 
Shuning uchun sementning qotish jarayonlarini tezlatish zarurati tug‘iladi. 
Bunga esa sementni maydalab tuyish hisobiga erishilar edi, chunki kerakli kimyoviy 
va mineralogik tarkibi sementni hosil qilish uchun zarur ma’lumot beruvchi 
bog‘lovchi materiallar kimyosi to‘g‘risidagi fan hali unchalik rivojlanmagan edi. 
Ko‘p yillik ilmiy-tadqiqot ishlari va neft konlarini ekspluatatsiya qilishda to‘plangan 
tajribalar sifatli sement olish zarur bo‘lgan eng muhim talablarni aniqlashga imkon 
beradi. Ular asosan quyidagilardan iborat: Qovur kollonasiga sement qorishmasini 
tezlik bilan bosim ostida haydab kirgizish uchun u etarli darajada okuvchan bo‘lishi 
lozim, so‘ngra esa quvur orqasidagi bo‘shlikka itarilib o‘tishi kerak. Sementlash 
ishlari ketayotgan ma’lum vaqtgacha qorishma oquvchanligini yo‘qotmay turishi 
lozim. Bunga suv sement nisbati 0,4…0,5 ga tenglashganda erishiladi. Quduq 
temperaturasiga qarab sementning tishlashish muddatlari o‘zgarib turadi. 
Tamponaj sementlari birinchi ikki sutka davomida kerakli qotish 
mustahkamligiga erishish kerak. Qisqa vaqt ichida sement qorishmasining erishgan 


300 
mustahkamligi quduq stvolidagi kolonnani maxkam biriktirilib va natijada qayta 
burg‘ulash hamda perforatsiya davrida va singdiruvchan jinslardan barqaror ravishda 
himoya qilinishni ta’minlash lozim. Sanab o‘tilgan barcha talablarni qanoatlantirish 
uchun sementtoshning siqilishga bo‘lgan mustahkamligini qanchaga teng bo‘lishi 
kerakligi murakkab masaladir. Mustahkamlik qiymati 2…3 ga teng zapas 
koeffitsienti bilan birga kamida 3,5 MPa bo‘lishi kerak deb taxmin qilindi. 
Sement qorishmasining qovushqoqligi juda muxim ko‘rsatkich bo‘lib, 
sementning oquvchanligini xarakterlaydi. Bu esa ko‘rsatkich sementdan yaxshi 
oquvchan qorishma olishni va ma’lum chuqurlikdagi tegishli temperatura va bosimda 
qorishmani quvurga yuborishga hamda quvur orqasidagi bo‘shlikka itarib kiritishga 
imkon beradigan vaqt ichida qo‘zg‘aluvchan bo‘lib turishini ta’minlash kerak. 
Quduqqa sement qorishmasi yuborilgach, qisqa vaqt ichida, u tegishli 
mustahkamlikka erishishi va shu quduqda uni uzoq vaqt davomida saqlab qolish 
kerak. 
Sementtosh agressiv qatlam suvlariga nisbatan turg‘un bulishi va maxsuldor 
neft qatlamlarini qatlam suvlaridan hamda ko‘p miqdoridagi turli tuzlar, ko‘pincha 
esa oltingugurt vodorodi bor emiruvchi suyuqliklarning obsadka kolonnasiga singib 
kirishidan saqlashini ta’minlovchi, ya’ni suv singdirmaydigan bo‘lishi kerak. 
Dastlabki qotish davrida sementtosh etarlicha plastik bo‘lishi kerak. Chunki 
quduqlarni perforatsiya qilayotganda unda yoriqlar hosil bo‘lmasligi va shu bilan 
birga, yuqori temperatura va bosim sharoitida uzoq vaqtga chidashi lozim. 
Sement qorishmasining suv beruvchanligini albatta e’tiborda tutish kerak. 
Crunki sement qorishmasidan quduqda uchraydigan shimuvchan (singdiruvchan) jins 
qatlamlari suvni shimib olish xavfi bor. Bu esa suv-sement nisbatini sezilarli darajada 
pasaytirib yuboradi, sementning qovushoqligi va tishlashish muddatlariga ta’sir 
ko‘rsatadi. Bundan tashqari ayniqsa, gaz quduqlarida sementtoshning gaz 
o‘tkazuvchanligi muhim ahamiyatga ega. Sementning turli sharoitlarda ishlatilishi 
unga qo‘yiladigan talablarning hammasiga, to‘la javob bera olmaydi. Sement sanoati 
asosan ikki xil tamponaj sementi ishlab chiqaradi. Uning bir turi «sovuq» quduqlarga, 


301 
ikkinchi turi esa «issiq» quduqlar uchun mo‘ljallangan. Bulardan tashqari, boshqa
maxsus tamponaj sementlar ishlab chiqarish usullari ham o‘zlashtirilmoqda. 
«Sovuq» va «issiq» quduqlar uchun mo‘ljallangan sementlarga qo‘yiladigan 
talablar juda jiddiy. Tamponaj sementlar ishlab chiqarish bir muncha qiyinchiliklar 
bilan ham bog‘liq. «Sovuq» quduqlar uchun mo‘ljallangan tamponaj sementlarda C
3

va S
3
A minerallarining yig‘indisi 60% ga teng, u portlandsementni o‘ta mayda tuyish 
(solishtirma sirti 300-350 m
2
/kg ga tenglanguncha) orqali olinadi. Undagi gips 
miqdori 3%, «issiq» quduqlar uchun mo‘ljallangan tamponaj sementning tishlashish 
muddatini sekinlatish uchun unga kam alyuminatli portlandsement qo‘shiladi. 
Bunday sement taxminan 75
0
C temperatura issiqlikda ishlatiladi. 
Turli murakkab sharoitlardagi neft va gaz quduqlarini burgalashda bu standart 
sementlar doim sifatli sementlash ishlarini olib borishga imkon beravermaydi. 
Bunday sharoitdagi quduqlarni sementlash uchun yuvuvchi loy atalasining 
solishtirma og‘irligidan sement qorishmasining solishtirma og‘irligini ortiqroq 
bo‘lishini ta’minlash kerak. Boshqa sharoitlarda esa aksincha, sement qorishmasini 
juda kam katta balandlikka ko‘tarish uchun uning solishtirma og‘irligi kam bo‘lishi 
lozim. Yuqorida aytib o‘tilganidek, tamponaj ishlari olib borilayotgan quduqlarning 
chuqurligiga qarab, uning temperaturasi o‘zgarib boradi: «sovuq» quduq deb 
ataluvchi quduqlarda temperatura 40
0
C dan oshmaydi. Chuqur quduqlarda (2500m) 
tamponaj ishlarini yuqori temperatura (90
0
C gacha) va juda ham chuqur (4500 m 
ortiq) quduqlarda 100
0
C dan ortiq temperaturada olib borish kerak. Bunday 
temperaturada olib borilayotgan tamponaj ishlarida turli sementlarni ishlatishga 
to‘g‘ri keladi. Yoriq jinslardan o‘tuvchi quduqlar uchun tolali (asbest qo‘shimchali) 
devorlaridan gaz chiqadigan quduqlar uchun kengayuvchi, chuqurligi 5…7km 
bo‘lgan issiq quduqlar uchun (bu erda temperatura 200…300
0
C ga, bosim bir necha 
o‘n MPa ga etadi) tishlashish muddatlari sekinlashtirilgan og‘ir va engil tamponaj 
sementlar ishlatiladi. 
Quduqlarda temperaturaning yana ham ko‘tarilishi natijasida sement 
tarkibidagi minerallar suv bilan reaksiyaga tez kirishadi va uning tishlashish muddati 


302 
qisqaradi hamda sementning mustahkamligi ortadi. Shunday maxsus sharoitlarda 
sementlarni ishlatish uchun maxsus sementlar ishlab chiqarilgan, ularning effektivligi 
tajribada sinalgan, ammo ular maxsus buyurtma asosida kam miqdorda ishlab 
chiqariladi. Hozirgi kunda turli chuqurlikda bo‘lgan gaz va neft quduqlari uchun 
yiliga birnecha 100 ming tonna tamponaj sementlari Quvasoy sement kombinatida 
ishlab chiqarilmoqda. 
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi K.S. Axmedov va texnika 
fanlar doktori U.D. Mamajanov rahbarligida oddiy tamponaj sementlarni ularga turli 
tuzlar va ularning aralashmasi hamda yuqori molekulyar polimerlar qo‘shib juda 
chuqur bo‘lgan O‘rta Osiyo gaz quduqlarida ishlatish mumkinligini asoslab berdilar. 
Natijada sementlar xossasi ma’lum darajada o‘zgaradi Maxsus tamponaj sementlar 
turlarini har xil sanoat chiqindilari asosida ko‘paytirish, ularning qotish nazariyasini 
rivojlantirish kabi ilmiy ishlar respublikamiz mustaqil bo‘lgandan keyin kun sayin 
rivojlanmoqda. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish