323
bog‘lovchi moddalarni aralashtirish yo‘li bilan kengayuvchi va cho‘kmaydigan
(kirishmaydigan) sementlar deb ataluvchi bog‘lovchi moddalar olish mumkin.
Giltuproqli sementni o‘ta mustahkam gips yoki qurilish gipsi va yuqori asosli
gidroalyuminat bilan belgilangan nisbatlarda aralashtirib suv o‘tkazmaydigan
kengayuvchi sement tayyorlash mumkin.
I.V. Kravchenko kengayuvchi portlandsement olish usulini ishlab chiqdi.
Bunday sement portlandsement klinkeri, giltuprog‘i ko‘p bo‘lgan toshqol, ikki
molekula suvli gips va gidravlik qo‘shilmasini tuyib hosil qilinadi.
Sruningdek A.V. Voljenskiy (Rossiya) tavsiya etgan gips-sement-putssolanli
va gips-toshqol-sement putssolanli bog‘lovchi materiallar-qurilish gipsi yoki o‘ta
mustahkam gipsning portlandsement yoxud shlak-portlandsement
va putssolan
qo‘shilmasining aralashmasidan iboratdir. Bunday bog‘lovchi materiallar tarkibida
yarim molekula suvli gips borligi tufayli mustahkamlikning keskin ortish va gidravlik
sementlariga o‘xshab nam sharoitlarda qotish xususiyati bilan axamiyatlidir.
Hozirgi vaqtda tarkibi tahminan quyidagicha bo‘lgan gips sement-putssolan
bog‘lovchi moddalar ishlatilmoqda (og‘irligi bo‘yicha protsent hisobida):
Yarim molekula suvli gips …………………………………………….75…50
portlandsement ………………………………….…….… 15…25
aktivligi 200 mg/gdan kam bo‘lmagan putssolan
qo‘shilmalar (trepel, opoka, diatomit) …………… 10…25
Shuni aytib o‘tish muhimki, yuqori darajada mustahkam gipsli gips-sement-
putssolandan tayyorlangan betonning pishiqlik darajasi 2…3 soatdan so‘ng 10…15
MPa, 7…15 kundan keyin esa normal qotganda 30…40 MPa ni tashkil etadi. Bunday
beton mustahkamlik markasi shunga teng bo‘lgan portlandsementdan, tayyorlangan
beton kabi qayishkoq-plastiklik xususiyatlari bilai xarakterlanadi.
Yuqori darajada
mustahkam gips va 500—600 markali o‘ta tez qotuvchi sementdan ishlangan gips-
sement, putssolanli bog‘lovchi materiallari ayniqsa tez qotadi. Gips-sement-putssolan
bog‘lovchi materiallaridan tayyorlangan buyumlardagi po‘lat armaturani tegishli
qoplama hamda NaNO
2
qo‘shilmasi bilan muhofaza qilish kerak.
324
Bog‘lovchi materiallarning tarkibi, ularning solishtirma sarfi, turi, betonlarning
tarkibi zichligi va boshqa faktorlarga bog‘liq ravishda gips-sement-putssolanli
bog‘lovchi materiallardan tayyorlangan beton va mahsulotlar 20…50
sikl sovuqqa
chidamliligi bilan xarakterlanadi. Mazkur bog‘lovchi materiallarning sulfat kislota
tuzlari ta’siriga chidamliligi portlandsementning sulfat kislota tuzlariga chidamliligi
bilan bir xil.
1956
yildan
boshlab
gips-sement-putssolan
bog‘lovchi materiallari
respublikamiz qurilishlarida muvofaqiyatli ishlatilib kelinmoqda.
Gips-sement-putssolanli bog‘lovchi materiallaridan
tayyorlangan maxsulotlar
xam kavatli turar joy binolari va qishlok xujalik ahamiyatiga ega bo‘lgan binolar
qurilishda ham foydalaniladi. Gips-sement-putssolan bog‘lovchi materiallarning
polivinil atsetat polimer yoki divinilstirol lateks suvli dispersiyasi bilap aralashmasi
binolarning tashqi va ichki yuzlarini pardozlashda keramika
plitalarni mustahkam
yopishtirishda va pardozlash ishlarining boshqa turlarida qo‘llaniladi. Bu alohida
tarkibida gips-sement-putssolanli bog‘lovchi moddalarning og‘irligi 5…20 protsenti
polimer moddadir. Bu bog‘lovchi moddalar ajoyib xususiyatlari va chidamliligi bilan
xarakterlanadi.
Kengayuvchi sement turlaridan biri giltuproqli sementlardir. Bu sement—
giltuprog‘i ko‘p bo‘lgan tashqol bilan ikki molekula suvli gipsnn birgalikda maydalab
aralashtirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Mazkur tarkibiy qismlarning og‘irlik nisbatlari
0,7…0,3 bo‘lishi kerak. Bunday bog‘lovchi material suv va havo muxitda tez qotishi
bilan xarakterlanadi. Uni tayyorlash uchun bir kalsiyli, alyuminatli ko‘p bo‘lgan
yuqori darajadagi giltuproqli toshqol ishlatiladi. Sement mustahkamliligi bo‘yicha
400 va 500 markalarga bo‘linadn. Shuni aytib o‘tish kerakki, gips-giltuproqli sement
qorishmalari sovuqqa va sulfat kislota ta’siriga juda barqarordir. Giltuproqli
kengayuvchi sement kirishmaydigan va kengayuvchi, suv o‘tkazmaydigan qorishma
va
betonlar tayyorlash, yig‘ma beton va temir-beton konstruksiyalarning
tutashtiriladigan oralarini to‘ldirish, konstruksiyalarning kuchaytirish, chok va
quvurlar og‘zinitekislash va boshqalar uchun ishlatiladi.