-rasm. Gidroklassifikator




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

46-rasm. Gidroklassifikator 
1-rezervuar, 2-taroqli aralashtirgich, 3-to‘sqichlar, 4-perelivnoy jelob,
5-vertikal elaklar, 6-filrlash chashkasi, 7-to‘kish trubkasi 
Gidroklassifikatsiyalash tugagach, elaklarda hosil bo‘lgan asbest atalasini 
tindirib har bir elakda qancha miqdorda va qaysi xildagi tola borligi aniqlanadi. 
Asbest xillarini o‘rtacha 500 gramm miqdordagi namunani elaklovchi moslamada 
topilgan natija orqali ifodalanadi. Moslama to‘rlarining o‘lchami har xil va u 1 
minutda 300 ta tebranuvchi harakatqiladi. To‘rlar 2 ta bo‘lakdan tarkib topgan bo‘lib, 
har bir bo‘lak o‘z navbatida 3 ta to‘rdan iborat: I- to‘r teshiklari 12,7 mm, 
ikkinchisiniki 4,8 mm va uchinchisiniki 1,35 mm. Ikkinchi bo‘lakdagi to‘rlar 
o‘lchami 0,7; 0,4 va 0,25 mm bo‘ladi. 


343 
Tolalarni uzunligi bo‘yicha ajratish uchun I-bo‘lakdagi to‘rlarda 8minutdan 
elanadi, keyin esa ikkinchi bo‘lakda 5 minutelanadi. Eng pastki qismida yig‘ilgan 
massani olingan namuna miqdoriga nisbati foizda taqqoslanadi. Bu asosan chang 
miqdorini beradi. Cangni miqdori birinchi bo‘lakdagi 3- to‘r va ikkinchi bo‘lakdagi 
1,2,3 - turlarda yig‘ilgan massani namunani massasiga nisbatan foizda taqqoslash 
orqali topiladi. 
Korxonalarga kelib tushadigan qopli asbestdagi harflar tola teksturasini
birinchi raqam - navni, oxirgi sonlar - qoldiq foizini bildiradi. Tayyor mahsulot 
sifatidagi asbest tarkibiga har xil o‘lcham va ko‘rinishidagi zarrachalar va agregatlar 
kiradi. 
Tolalarga ko‘rsatiladigan ta’sir, ularga boriladigan ishlov miqdoriga qarab, 
tola ninalaridan, tuzilishi va o‘lchamlari bilan farqqiluvchi zarrachalar hosil bo‘ladi. 
Qisqa vaqt ichida ishlov berilsa asbest ninalarining aylanma o‘lchami 80-100 mkm 
bo‘lgan to‘g‘riburchaksimon taramlarga aylanadi. Ko‘proq vaqt ishlov berilganda esa 
o‘zaro bo‘sh bog‘langan to‘lalarni ajrashga, ularni maydalanishi tufayli 
elpig‘ichsimon ko‘rinishdagi taramlarni hosil qiladi. Zarrachalar ko‘ndalang kesimi 
yuzasini kamayishi, ularning egiluvchan kuchlarga nisbatan qarshiligini kamayishiga 
olib keladi.
Tolaning elastikligi titkilab ajratilgan asbestning ninasimon bo‘linishidan 
hosil bo‘lgan yarimta bo‘lagini mustahkamligi kamayishini aniqlash orqali 
aniqlanadi. O‘rtacha namunaning turli joylaridan, buning uchun 1,2,3-sort asbest 
olinadi, 10 tadan ninasimon tola olinadi, ularning ko‘ndalang o‘lchami 1,5 mm 
bo‘lishi kerak.Har bir ninani 10 marta 90°ga ikki tomonga bukiladi va keyin esa 
barmoqlar orasida cho‘ziladi - bunda ular uzilmasligi kerak. 
Yumshoq xildagi asbest tarkibida bo‘lingan tolalar bo‘lmaydi, chunki uning 
tarkibiy qismi asbestni boyitish jarayonida vujudga keladi va bunda bo‘linuvchi 
tolalar maydalanib eng kichik asbest tarkibiga o‘tadi. 


344 

Download 6,08 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish