Kolloidlanish Kristallanish




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

Kolloidlanish Kristallanish 


349 
47-rasm. Portlandsement qotish sxemasi 
Sementning suv bilan birikish tezligi quyidagilarga bog‘liq: 
-sement donachalarining o‘lchamiga. donachalar qanchalik mayda o‘lchamli 
bo‘lsa, ularning yuzasi shuncha katta bo‘ladi va u tezda suv bilan birikadi; 
-suv bilan birikish jarayoni temperatura ko‘tarilsa tezlashadi; 
-ayrim mineral tuzlar qo‘shilsa birikishi osonlashadi; 
-sementning mineralogik tarkibi ta’sir etadi. 
Biz yuqorida aytgandek asbest-sementli buyumlarda sementning suv bilan 
birikishi betonga qaraganda tezroqkechadi. Bunga sabab asbest tolalari hosil bo‘lgan 
suvli birikmalarni ko‘proqo‘ziga singdiradi. 
Portlandsementning qotish jarayoni issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi, 
chunki klinker minerallarining ichki energiyasi, suv bilan birikib,hosil bo‘lgan yangi 
birikmalarning energiyasidan ko‘pdir. Minerallar issiqlik ajratish xossasiga ko‘ra 
quyidagicha taqsimlanadi: C
3
A→C
3
S→C
4
AF→C
2

Asbest-sementli buyumlarni tayyorlashda sementning qotishida issiqlik ajralib 
chiqishi ijobiy ahamiyatga ega, chunki bunda qotish davrining boshidayoq mexanik 
mustaqillikni ortishini tezlashtiradi. Sement buyumlarining o‘rtacha/80-85/ 
og‘irliginitashkil qilishni hisobga olsak, ajralib chiqish mumkin bo‘lgan issiqlik 
miqdorini bilib olamiz va buni albatta hisobga olish kerak. 
 
 


350 
6-§ Suv, bӯyoqlar, kimyoviy qӯshimchalar 
Asbest-sement mahsulotlar ishlab chiqarishda toza daryo yoki ichimlik 
suvidan foydalaniladi. Uning tarkibida organik qo‘shimchalar bo‘lmasligi kerak, 
chunki ular asosiy xom ashyo - bog‘lovchi materialni suv bilan birikish tezligini, 
mustahkamligini kamaytiradi. Qo‘shimchalarning miqdori ichimlik suvidagidan ko‘p 
bo‘lmasligi kerak, ular sement donachalari bilan asbest tolasini o‘zaro birikishini 
kamaytiradi, qoliplovchi mashinalarning ishlovchi matosini ifloslantiradi. 
Dengiz suvini ishlatib bo‘lmaydi, chunki u silindrlarning sim to‘rlarini, 
qoliplovchi mashinalarning ishlovchi matosini yaxshi yuvmaydi, bundan tashqari 
tarkibida tuzlar ko‘p bo‘ladi. 
Asbest-sement mahsulotini ishlab chiqarishda suvning qay darajada 
issiqlikka ega ekanligi muhim ahamiyatga ega. Temperatura ko‘tarilsa sement 
donachalarining suv bilan birikib birikmalar hosil qilish jarayoni tezlashadi, iliq 
suv sim to‘rlari bor silindrlarni sim to‘rlarini va matoni sifatli yuvadi. Suvning 
darajasi ko‘tarilganda asbest-sementli omixtaning yopishqoqligi kamayadi va 
natijada, omixtaning sim to‘rli silindrdan sizib o‘tishi tezlashadi, bu esa 
qoliplovchi mashinalarning unumdorligini oshiradi. Eng maqbul daraja bu 30-40°C 
tengdir. Rangli asbest-sement mahsulotlar olishda rangli sement va bo‘yovchi 
moddalardan foydalaniladi. Bo‘yovchi xususiyatga ega bo‘lgan moddalar yuqori 
nur sindirish ko‘rsatkichiga, miqdor va tashqi muhit ko‘rsatkichiga ega bo‘lib 
ishqor va tashqi muhit ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak. Tabiiy bo‘yoq moddalar 
ana shunday xususiyatga ega.
Asbest-sement mahsuloti ishlab chiqaruvchi sanoatda kimyoviy birikmalar 
xom ashyoni va yarim mahsulotni texnologik xossalarini yaxshilash uchun 
ishlatiladi. Asbest-sement omixtasida o‘rtacha 75-150 g/g miqdorda yarimakrilamid 
birikmasi qo‘shilsa uning sizib o‘tish xossasi yaxshilanadi. Bu yuqori molekulali 
polimer flokulyasiya qilish xususiyatga ega va omixta tarkibidagi minerallarni 
tutibqoladi. Bunda omixta tarkibidagiqattiq moddalarni saqlab qolgan xolda
uning sizib o‘tish xossasini tezlashtiradi. Yarimakrilamid texnolognk jarayonida 


351 
foydalanilgan suvlarni, suv tozalovchi moslamalarda tozalanishiga yordam beradi. 
Bunda u suv bilan aralashgan asbest tolasi va sement donachalari bilan pag‘a-
pag‘a donalar hosil qiladi va suvga cho‘kadihamda xom ashyoni chiqindiga chiqib 
ketishdan saqlab qoladi. 
Agar 
asbest-sement 
omixtasiga 
sulfat-spirt 
achitqisi 
solinsa 
yangiqoliplangan asbest-sement taxtalarini egiluvchanlik xususiyatiortadi. Asbest-
sement buyumlaridan biri bo‘lgan elektr toki o‘tkazmaydigan taxtalarni suv yutish 
xossasini kamaytarish uchun uning tarkibiga toshko‘mir kuyindisi qo‘shiladi. 


352 

Download 6,08 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish