373
Quvursimon
aralashtirgich
asbest
omixtasini
sement
bilan
aralashtirish uchun xizmat qiladi (57-rasm).
Quvursimon aralashtirgich
tuzilishi jixatidan gidrotitkilagichga o‘xshash. Ularning o‘zaro farqi
gidrotitgilagichdagi titkilab beruvchi parraklar quvursimon aralashtirgichda
bo‘lmaydi. Uning tuzilishi-silindrsimon idish bo‘lib,
pastki qismi
konussimon
qilib
ishlangan.
Ichki
qismida
tikka
parraksimon
-
aralashtiruvchi
moslama
o‘rnatilgan. Asbest omixtasi quvursimon
aralashtirgichga kelib tushgandan so‘ng unga kerakli miqdorda sement
solinadi. Solingan sementning miqdori aralashma tarkibida 750-800 kg ga
to‘g‘ri keladi. Sement solina boshlangandan so‘ng unga qo‘shimcha miqdorda
suv quyiladi. Sement solingandan so‘ng quvursimon aralashtirgichda omixtani
aralashtirish 8-10 minut davom etadi. Keyin esa texnologik liniya(tizim)ga
ko‘ra asbest-sement aralashmasi quvursimon aralashtirgichdan cho‘michsimon
aralashtirgichga chiqarib yuboruvchi quvur orqali oqib o‘tadi, ayrim xollarda
kerak bo‘lsa o‘tkazish uchun bosqondan foydalaniladi. Cho‘michsimon
aralashtirgichda asbest-sementli aralashmani miqdori 21-26
foizga teng
bo‘ladi.
Ishlash qoidasiga ko‘ra begun, gidrotitqich va aralashtirgichlar vaqt-vaqti
bilan ishlaydi, lekin qoliplovchi mashina uzluksiz ishlaydi. Unga kelib tushadigan
asbest-sementli aralashmaning oqimi doimiy bo‘lishi kerak. Mana shuning uchun
qoliplovchi mashina va aralashtirgich orasiga cho‘michli
aralashtirgich, ya’ni bir
vaqtning o‘zida asbest-sement aralashmasi bilan to‘ydiruvchi, ta’minlagich
o‘rnatiladi.
Cho‘michli aralashtirgich – temirbeton jom sifatida bo‘lib, pastki qismi
konussimon qilib ishlangan. Jomda asbestsement massasi cho‘kib qolmasligi
uchun baquvvat aralashtiruvchi mexanizm o‘rnatilgan (58-rasm)
374
58-Rasm. Aralashtiruvchi mexanizm
Aralashtiruvchi parraklar o‘qqa burchak bo‘yicha
maxkamlangan, bu esa
aralashtirishni har xil yo‘nalishda olib boradi. oliplash mashinasi oziqlantirish
uchun jomning oldi qismida temi ryoki cho‘yan cho‘michlar
bilan biriktirilgan
g‘ildirak o‘rnatilgan. Jomni xajmi 6-5 m
3
, cho‘michlar soni 16-20, har bir
cho‘michni xajmi 3,25 l. G‘ildirak diametri 2200 mm, o‘qning aylanish soni 6-8,5
ayl/min, kata shkivni diametri 1000 mm, eni 150 mm, energiya sarfi 5 ot kuchi.
Cho‘michli aralashtirgichning ishlash prinsipi. Turboaralashtirgichdan
asbestsement massasi cho‘michli aralashtirgichning
jomga nasos yoki tabiiy
holatda oqib tushadi, unga suyuqroq konsistensiyali massa olish uchun 1-1,5 m
3
suv solinadi. Elektrodvigatel tasmali yuritmani harakatga keltirish natijasida o‘qqa
o‘rnatilgan parraklar va g‘ildirak harakatga keladi. G‘ildirakni cho‘michlari
asbestsement suyuqlikni suzib olib tarnovga uzatadi.
Asbest-sement mahsuloti ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan qoldiq- qirqim
bo‘laklariga ishlov berish natijasida vujudga keluvchi suyuq asbest-sement
aralashmasidan ham foydalaniladi. Qalinligi 25-30 mm bo‘lgan qatlam chetlarining
namlik darajasi yuqori bo‘ladi va u o‘rta qism bilan kuchsiz bog‘langan,
shuning
uchun uning chetlari qirqiladi. Qirqim bo‘laklari ishlatilayotgan xom ashyoning
o‘rtacha 12% tashkil etadi, shuning uchun undan qayta foydalanish iqtisodiy nuqtai
nazardan albatta kerak. Aralashtirgichlarda nafaqat qirqim bo‘laklar, balki ayrim
sabablarga ko‘ra keraksiz deb topilgan tayyor mahsulot
namunalari ham qayta
ishlanadi.