• -§. Qoliplash jarayonining boshqa usullari
  • Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet138/154
    Sana06.12.2023
    Hajmi6,08 Mb.
    #112727
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   154
    Bog'liq
    Qurilish materiallari texnologiyasi

    б
    F
    Р
    3
    R
    3
    - moslamani zichlash kattaligi, kg. 
    F
    b
    – bir qavat bo‘lakni yuzasi, m
    2
    Ko‘pincha R
    u
    =200 kg/m
    2
    , zichlash muddati 30-40 minutga teng. 
    Qoliplash mashinalarining ish unumdorligi uning silindrsimon aylana 
    o‘lchamini kattalashishi bilan ortadi, bu esa omixtani yaxshi sizib o‘tishiga va 
    gidrostatik bosimni o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
    Quvursimon 
    aralashtirigichda 
    asbestsement 
    aralashmasining 
    konsentratsiyasi 28-30 % ni tashkil qilsa, cho‘michli aralashtirgichda 20-22 % ni, 
    qoliplash mashinasining vannalarida esa 10-14 % ga teng bo‘ladi. Shuning uchun 
    vannalarga cho‘michli aralashtirgichdan kelib tushayotgan aralashmani suyultirish 
    uchun rekuperatordan ma’lum miqdorda suv qo‘shib turiladi. Bunga sabab 
    aralashtirgichdagi aralashmaning konsentratsiyasi birday bo‘lmay o‘zgarib turadi,
    shuning uchun qo‘shilayotgan suvning miqdorini shunday o‘zgartirish kerakki 
    natijada vannaga kelib tushayotgan aralashmaning konsentratsiyasi doimiy 
    qiymatga ega bo‘lsin. Me’yorga keltirish uchun qoliplash mashinalarining 
    ta’minlagich qismlari xizmat qiladi (65-rasm). 


    403 
    65-Rasm. SM-942 asbestcement listlarini qoliplash mashinasi. 
    1 – mato; 2 – aralashtirgichlar; 3 – vanna; 4 – to’rli cilindr; 5 – gauch o’q; 6 
    – rama; 
     7 – qoliplash barabani; 8 – vakuum so’rg’ich; 9 – list qalinligini 
    o’lchaydigan moslama. 
    6-§. Qoliplash jarayonining boshqa usullari 
    a) Yarim quruq usul. 
    Ya’ni qoliplash uchun tarkibida (buning uchun I kg quruq asbest va 
    sement aralashmasi 3-4 l suv bilan aralashtiriladi), ozgina suvi bo‘lgan 
    aralashma ishlatiladi. 
    Xo‘l usuldan farqli xolda, nisbatan quyuqroq massa ishlatiladi, shuning 
    uchun qoliplovchi mashina xam o‘z tuzilishi bo‘yicha farqqiladi. 
    I. Yassi temir to‘rli mashinada uzluksiz xoldagi lentasimon qo‘rinishda 
    mahsulot tayerlash. Bunda asbest-sement aralashmasi to‘xtovsiz xolda 
    mashinadagi uzluksiz harakatlanadigan yassi matoga bir tekis qilib 
    joylashtiriladi. Shundan keyin havo so‘rg‘ichlar yordamida asbest-sement 
    qatlamdan ortiqcha suv surib olinadi va unga zichlash uchun, zichlovchi 
    g‘altaklar yordamida ishlov beriladi. 
    Temir to‘rdan qilingan matoga aralashma to‘xtovsiz shunday miqdorda 
    beriladiki, undagi suv miqdori kamaytirilgandan va zichlangandan so‘ng qatlam 


    404 
    ma’lum kerakli bo‘lgan qalinlikka ega bo‘lishi kerak. Mato to‘rini joylanishi 
    uchun temir to‘r tebranib turadi. 
    Aralashma 
    tarkibida, 
    undan 
    suv 
    chiqarib 
    yuborilguncha 
    va 
    zichlashgunicha asbest tolalarini joylashishi turlicha yo‘nalishda bo‘ladi. Lekin 
    suvni kamaytirish va zichlash jarayonida, uning qalinligi undagi tolalarni ma’lum 
    yo‘nalishga ega xolda joylashishi tufayli kamayadi, bu joylashish xo‘l usuliga 
    qaraganda takomil bo‘lmaydi. Batamom tartibli bo‘lib joylashmagani uchun 
    bunday asbest-sementdan olingan mahsulotni mexanik mustahkamligi past 
    bo‘ladi, yangi qoliplashdan chiqqandan so‘ng unga ishlov berish juda xam oson 
    bo‘lmaydi. Shuning uchun yarim quruq usul yordamida asosan yassi asbest 
    sement bo‘laklar tayyorlanadi. 
    2. To‘lqin ko‘rinishdagi asbest-sement bo‘laklari uzluksiz lentasimon 
    xolda tayyorlash. Buning uchun asbest, ezg‘ilagichda unga oz miqdorda suv 
    qo‘shib ezg‘ilanadi, keyin aralashtirguchga uzatiladi, unga sement za suv 
    qo‘shiladi. Xammasi aralashtirilib aralashma tayyor bo‘lgach uni qoliplash uchun 
    mashinalarga uzatiladi. Aralashma sekin-asta yaqinlashishi tufayli tolalarning 
    yo‘nalishi va hosil bo‘lgan qatlamning mustahkamligi yaxshilanadi. Qoliplovchi 
    mashina o‘zi to‘lqinsimon ko‘rinishni hosil qiladi, shuning uchun alohida 
    moslamani va u bilan bog‘liq kamchiliklar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘ladi. Lekin 
    ulardagi havo so‘rg‘ichlar va zachlovchi moslamalar qalinligi katta bo‘lgan 
    bo‘laklarga ishlov berish uchun ko‘p vaqt ketishini yoki bo‘lmasa buning uchun 
    ko‘p energiya sarf qilishni taqazo etadi, shuning uchun bunday mashinalarni ish 
    unumdorligi dumaloq temir to‘rli mashinalarga qaraganda kam bo‘ladi. 
    b) Quruq usul bilan qoliplash orqali maxsulot olish.
    Temir to‘rlar mashnalarda mahsulot olishda undagi qatlamning namlik 
    darajasi 62-65 % suvdan iborat, shuning uchun keyingi bosqichlarda suv 
    ko‘proq miqdorda ajralib chiqadi. Lekin qoliplash mashinalaridan so‘ng 
    tayyorlangan asbest-sement bo‘laklar va quvurlardagi suvning miqdori 20-24 % 
    ga teng bo‘ladi, bu miqdor esa sementni suv bilan birikishi uchun keragidan 
    ortiqdir. 


    405 
    Asbest-sement qatlamning zichligi ortishi bilan, undagi bo‘shliqlarning 
    o‘lchami kichrayadi, natijada bu bo‘shliqlarda bo‘lgan suvni siqib chiqarish 
    uchun yanada ko‘proq bosim sarf qilishga to‘g‘ri keladi. Asbest-sement 
    mahsulotlar olish uchun kuchli gidravlik bosqonlar ishlatiladi, ularda 400 kg 
    s/sm
    2
    miqdorda qatlamlarga bosim bilan ishlov berish mumkin. Mana shuning 
    uchun xam quruq usul bilan olish yo‘lga qo‘yilgan. 
    Birinchi bosqichda tag qismi rezinkadan ishlangan lenta-konveyer ustiga 
    asbest va sement aralashmasining quruqqatlami joylanadi va zichlantiriladi. 
    Ikkinchi bosqichdan oldin suvni purkash orqali asbest-sement qatlam 
    namlanadi. Lekin shunday miqdorda qo‘shiladigan keyingi qatlamni joylab,
    zichlaganda, undan suv chiqib ketmasligi kerak. Mana shuning uchun qatlam 
    zichlanganda, uning bo‘shlig‘idan suv emas, havo sizib chiqariladi, bu esa o‘z 
    o‘rnida bunday yo‘l bilan zichligi yuqori bo‘lgan asbest-sement bo‘laklar olishga 
    imkon beradi. 
    Zichlaganda suv emas, havo chiqqani uchun quruq usulda temir to‘rli 
    mato emas, balki asosi rezina bo‘lgan uzluksiz lentalar ishlatiladi. Lekin biz 
    yuqorida aytganimizdek, bu usulda asbest tolasini joylashishi tartibli bo‘lmaydi, 
    natijada hosil bo‘lgan asbest-sement bo‘lagining mustahkamligi past va unga 
    ishlov berish qiyin bo‘ladi. 
    v) Ekstruziya usuli 
    Bu usulda ishlov berish uchun loqayd bo‘lgan aralashmani har hil 
    ko‘rinishdagi teshiklari bor yopiq xajmdan sizib chiqariladi. Xom ashyo 
    aralashmasini tayyorlashni quruq yoki xo‘l usul bilan tayyorlash mumkin. Har gal 
    tayyor aralashmaning namlik darajasi 20-25% dan oshmaslagi kerak. Bu 
    usulning afzalligi - mahsulot olishda sifati past bo‘lgan asbest ishlatish va yuqori 
    unumdorlikka erishish mumkin. Qoliplash uchun matosi bor burama parrakli 
    bosqondan foydalaniladi. 
    g) Asbest-sement buyum tayyorlashni boshqa usullari
    Hozir uch qavatli bo‘laklar olish va havoso‘rqichli moslama yordamida 
    tayyorlash usullari mavjud. Uch qavatli bo‘laklar aylanma to‘rli mashinalarda 


    406 
    ishlab chiqariladi, buning uchun mashinaga qo‘shimcha moslash o‘rnatiladi, uning 
    vazifasi quruq asbest-sement aralashmasini tayyorlashdan iborat. Mashina 
    silindrsimon barabanida asbest-sementning 2 mm qalinligidagi qatlami hosil 
    bo‘lgach, uni to‘rli silindrsimon moslamadan ajratiladi va uning ustki qismiga 
    davriy ravishdayupqa asbest-sement aralashmasining qavati joylanadi (bu omixta 
    tarkibiga past sifatli asbest qo‘shilgan). Natijada qoliplovchi aylanma moslamada, 
    shunday qatlam hosil bo‘ladiki, uning ustki va ostki qismi temir to‘ri bor 
    silindrsimon moslama hosilqilgan qavatlar, o‘rta qismi esa tarkibida sifati past 
    bo‘lgan asbest tolasi bor qavatdan iborat shuning hisobiga asbest tolasini tejash 
    imkoni tug‘iladi, hosil bo‘lgan qatlamning mustahkamligi, odatdagi qatlam 
    mustahkamlagidan kam bo‘lmaydi. 
    Havo so‘rg‘ichli moslama yordamida hosil qilinadigan qatlamlar olishda 
    havo so‘rg‘ichli qismi bor qoliplarga tayyor aralashma quyiladi, bunda suv so‘rib 
    olinadi, asbest-sement esa g‘altaklar orasidan bir necha marta o‘tkazish orqali 
    zichlantiriladi. Bu g‘altaklar bir-biriga nasbatan orqaga va oldinga harakatlanadi. 
    Mana shunday yo‘l bilan tayyorlangan bo‘shliqo‘zlarining mustahkamligi va 
    qattiqligi bo‘yicha jipslashtirish orqali olingan asbest-sement buyumlardan 
    qolishmaydi. 
    Yangi usullar asosida qoliplash bilan tanishar ekanmiz, shuni aytish 
    kerakki, xaligacha o‘zining unumdorligining yuqoriligi bo‘yicha, mahsulotni sifati 
    bo‘yicha aylanma temir to‘ri bo‘lgan moslamalar, qoliplovchi uskunalar yo‘qligini 
    aytib o‘tish lozim. Shuning uchun hozirgi kunda aylanma temir to‘r qoliplovchi 
    moslamalar ishlab turgan va qurilayotgan asbest-sement mahsulot ishlab 
    chiqaruvchi korxonalar uchun asosiy moslash sifatida xizmat qilmoqda. 


    407 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   154




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish