416
Yassi asbest-sement buyumlar tayyorlashda ishlatiladigan mato bosilgan
quvurlar tayyorlashda ishlatiladigan matoning ham bir tomoni bosilgan va tukli
bo‘lishi kerak. Har bir matoda qaysi joyda tayyorlanganligi, uzunligi, kengligi, xili,
og‘irligi to‘g‘risidagi belgilar bo‘lishi shart. Tayyor mato oldinqog‘ozga o‘raladi,
keyin esa buyumlarni o‘rash uchun ishlatiladigan mato bilan o‘rab tikiladi.
Mahsulot tayyorlashda ishlatiladigan matoning xizmat muddatini uzaytirish uchun:
1. Tayanch va siquvchi vallarni ustki qismi rezina bilan qoplangan bo‘lishi
kerak;
2. Qoliplovchi baraban mato ustuniga sekin-asta tushishi kerak;
3. Matoni chetki qismlari ish davomida qoliplovchi mashinani chetki temir
qirralariga tegishi mumkin emas,bo‘lmasa matoni tekis tortilishi buzilib u g‘ijim
bo‘lishi mumkin, bu esa matoni teshilishiga olib keladi. Teshik hosil bo‘lgan
bo‘lsa uni puxta qilib yamash kerak.
4) Ish davomida matoni yaxshilab turish kerak.
Mato ustiga aralashma yig‘ilib qolgan bo‘lsa uning miqdoriga qarab, matoni
echmasdan yoki kerak bo‘lsa echib, yaxshilab yuvib tozalash lozim, ayrim xolda
buning uchun mato yuvuvchi mashinadan foydalanib I soat davomida 1,2% li
xlorli suyuqlikda yuviladi.
II. Temir to‘rlar. Silindrsimn temir to‘rli moslamaning ustki qismini
qoplash uchun temir to‘rdan foydalaniladi. Ularni tayyorlash uchun quyidagi
tartibli qotishmadan foydalaniladi (%): 27-29 mis, 68 nikel, 1,5 mishyak, 2-3
temir. Ular odatda o‘ramli bo‘lib kengligi 1 metrdan 3 metrgacha bo‘ladi.