Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

 
 
 
 
 
 
 


417 
15 bob Rangli asbest-sement buyumlar 
1-§ Asbest-sement buyumlarga rang berish usullari va bӯyoqlar 
Tayyor mahsulotning asl rangi uni tayyorlashda ishlatiladigan asosiy xom 
ashyo turlaridan biri, ya’ni sementning rangiga bog‘liq, uning rangi esa sement 
tayyorlashda ishlatiladigan xom ashyoning tarkibiga va kuydirish sharoitiga 
bog‘liq. Asbest-sementdan tayyorlangan mahsulotning rangi kulrang-ko‘k bo‘lib, 
ko‘rimsizdir. Shuning uchun mahsulot asosan binolarniqurishda ishlatilishini 
hisobga olib, uning rangini chiroyli, ko‘zga tashlanadigan qilib chiqarishni taqozo 
etadi. Buni hisobga olgan xolda rangli sementdan foydalanish tavsiya etiladi. 
Bunda sement ishlab chiqaradigan korxonalarda oq sementga rang hosil qiluvchi 
moddani aralashtirish orqali rangli sement tayyorlanadi. Hozirgi paytda sanoat 
miqyosida quyidagi rangli asbest-sement mahsulot turlari ishlab chiqarilmoqda: 
1) Butun qalinligi bo‘yicha bo‘yalgan buyumlar; 
2) Faqat ustki yuzasi rangli sement bilan bo‘yalgan buyumlar; 
3) Faqat ustki yuzasi ranglibo‘yoqlar bilan bo‘yalgan buyumlar. 
Agar umumiy massani rangli qilish kerak bo‘lsa, rang hosil qiluvchi 
moddani asbest-sement aralashmasiga sepiladi va undan buyumlar qoliplanadi. 
Bu usul juda kam tarqalgan. Agar rangli sement bo‘lsa, korxonada oq sementga 
rang hosil qiluvchi modda (1:1) nisbatda aralashtiriladi. Rang hosil qiluvchi modda 
ishqor ta’siriga chidamli, sementni suv bilan birikganida hosil bo‘lgan moddalar 
bilan kimyoviybirikmahosil qilmaydigan bo‘lishi kerak. Bunday rangli omixtadan 
buyumlar qoliplash ma-shinalarida tayyorlanaveradi. Lekin rangli moddani 
qo‘shish omixtani sizib o‘tish xususiyatini yomonlashtiradi, mustahkamligini 
kamaytiradi. 4-12 % miqdorda ishlatiladigan rang beruvchi modda tayyor 
mphsulotning tannarxini oshiradi. Ko‘pincha mato ustidagi qatlamni bo‘yash 
uchun sement va rang beruvchi modda aralashmasidan tayyorlangan suyuqlikni 
purkash usulidan foydalaniladi. Rang beruvchi modda sifatida: redoksayd Sg
2
O
3
ftalotsianin, qizil temir oksidi (90 %), tabiiy pirolyuzit ishlatiladi. Yuzasi 1 m
2
bo‘lgan yassi buyumlarni bo‘yash uchun 0,06-0,07 kg rang beruvchi modda sarf 
qilinadi. Ko‘pincha VO, UV, SV va SE xildagi mahsulot turlari bo‘yaladi. Hozirgi 


418 
paytda tarkibiga kremniy oksidi birikmasi kiruvchi buyoqlarni purkash orqali 
rangni hosil qilish usullari xam ishlab chiqarilmoqda. Rang berish xususiyatini
u asosda buyumlar bo‘yalgandan so‘ng ularning qancha muddatda oqarishiga 
qarab baholanadi. U esa o‘z o‘rnida rang beruvchi moddani tarkibiga, sifatiga, 
maydalanish darajasiga, zarrachalarini tuzilishiga bog‘liq. Rang berish xususiyati 
jihatdan organik moddalar ustun tursa, tabiiy moddalar esa past keladi. Rangli 
asbest-sement buyumlar bilan binolarning tomlariqoplangan bo‘lsa, ayrim 
maxallalarda buyumlarni ustki qismida oqdog‘ paydo bo‘ladi, bu buyum 
yuzasiga CaO ning erib chiqishi tufayli bo‘ladi. Bunga sabab buyumni davriy 
ravishda namligi oshishi, qurishi. Namligi ortishida suv buyumni qalinligi 
bo‘yicha CaO eritadi, qurishida esa suv bug‘lanadi, unda erigan tuzlar esa 
buyumning yuzasida dog‘sifatida paydo bo‘ladi. Buni oldini olish uchun 
buyumlarga CO
2
gazi bilan ta’sir etiladi yoki bo‘lmasa asbest-sement omixtaga 
3 karbon kaslota qo‘shiladi. Karbon kislota CaO ni bog‘lab suvda erimaydigan 
kalsiy silikatnihosil qiladi. 
Rangli asbest-sement mahsulotlarinikamchiliklari: 
1) Rangliqatlamning qalinligini kichikligi (0,04-0,06 mm); 
2) Rangi bor sement zarrachalarini atrof-muhitga tarqalishi; 
3) Rangli buyumlarning ko‘rinishi yaxshi emasligi. 
Asosiy kamchiliklardan biri rangli aralashma tarkibiga asbest tolasini 
qo‘shib bo‘lmaydi, chunki qo‘shilsa, keyin elakda elab bo‘lmaydi. Shuningdek 
rangli asbest-sement buyumlarning yuza qavati, tarkibi va xossalari 
mahsulotning asosiy massasidan farqqiladi. Bu usul bilan faqat yassi 
mahsulotni bo‘yash mumkan, chunki uni bukadigan bo‘lsak rangli, asbest-
tolasi bo‘lmagan qavatda mayda darz ketgan joylar hosil bo‘ladi. Shunga 
qaramay bu usul bilan bo‘yash keng tarqalgan. Tayyor yassi mahsulotni 
bo‘yash uchun turli xil rang hosil kiluvchi moddalar ishlatiladi: laklar, sun’iy 
buyoqlar va xokazo. Birinchi jadvalda asbest-sement buyumlarini bo‘yashda 
ishlatiladigan bo‘yoqlarni turlari keltirilgan. 


419 
34-jadval 
Asbest-sement buyumlarini bo‘yashda ishlatiladigan bo‘yoqlar 
Nomlanishi 
Tavsifi 
Maydalanish 
darajasi (4000 
t/sm
2

Tozaligi, 

Bo‘yash 
qobiliyati 
Temir 
oksidli 
sun’iy 
bo‘yoqlar 
sof 
suvsizlangan 
temir oksidi 
1% > emas 
8 dan 14 
gacha 
<2,4 
Temir suriki 
suvsizlangan temir 
oksidi 
1% > emas 
8 – 20 
2,1 dan > 
Mumiyo 
va 
temir 
oksidli 
rudalar (tabiiy 
minerallar) 


25 > 
3,0 > 
Xrom oksidi 
suvsizlangan xrom 
oksidi 
1% > emas 
Oxra (tabiiy) 
Tuproq, 
temir 
oksidlari 
bilan 
bo‘yalgan 
1% > emas 
20-40 
2,0 > 
Ultramarin 
natriy alyumosilikat 1% > emas 


Yashil pigment 
(organika) 
nitrobetanaftolni 
temir tuzi 
1% > emas 

yuqori 
Saja 
Uglerod 


20,0 
Amorfli grafit 
1% > emas 

2,0 
Qora temir 
Fe
3
O
4
1% > emas 

2,0 
Marganets 
Kuydirilgan 
va 
xomi 
1% > emas 

10-15 

Download 6,08 Mb.
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish