380
7-§ Asbest-sement buyumlarini qoliplash,
temir tӯrli silindrsimon moslamada asbestsement
qatlamining hosil bӯlishi
Bir qator texnologik jarayon nihoyasida asbest-sement aralashmasidan
hali batamom qotmagan yarimtayyor yaxlit taxtasimon yoki quvur kabi
buyumlar olish jarayoni qoliplash deb aytiladi. Asbest-sement aralashmalarni
namlik darajasiga ko‘ra qoliplashning bir necha usullari mavjud:
1) Asbest-sement suyuq aralashmasini nam miqdorli omixtasidan (20 %
bo‘ladi) buyumlar qoliplash;
2) yuqori miqdorda omixtadan (50-60%) olish;
3) quruq asbest-sement aralashmasidan buyumlar tayyorlash;
Hozirgi paytda buyumlarning deyarli barchasi birinchi usulda olinadi.
Usulning qisqacha tavsifi. Asbest-sement aralashmasi temir to‘rlar orqali
o‘tkaziladi va shimuvchi mato yordamida kerakli o‘lchovdagiqatlam
silindrsimon moslamaga o‘rash orqali hosil qilinadi. Qatlam hosil qiluvchi
mashinalarning (2) silindrsimon aylanma moslamasi bir nechta bo‘ladi.Ikkitta
silindrsimon aylanmasi bor mashinaning konstruksiyasi va ishlash tarzini kӯrib
chiqamiz. Mashina tarkibidagi vannaga doimiy ravishda asbest-sement
aralashmasi quyilib turadi. Vannada temir to‘siq va asbest hamda sement
donachalari cho‘kib qolmasligi uchun aylanma harakatqiluvchi ikkita temir
aralashtirgich bor. Vanna (a) ichida, ustki qismi temir to‘r bilan qoplangan
ichki qismi bo‘sh silindrsimon aylanma harakatqiluvchi moslama bo‘ladi.
Silindrsimon moslamaning chetki qismlari ochiq va mahsus zichlovchilar
yordamida metall xovuzning yon qismi bilan birikkan bo‘ladi. Vannaning yon
tomonlarida oqizish uchun darchalar bo‘ladi, shuning uchun silindrsimon
moslamalarning ichidagi suyuq aralashma miqdori uning aylantiruvchi o‘qdan
pastda bo‘ladi. Silindrsimon moslamalar (b) yuzasiga o‘q yordamida shimuvchi
mato (g) joylashdi va u o‘q (k) yordamida harakatga keltiriladi. Mana shu o‘q
aylanuvchi moslama (p) ni harakatlantiradi (59 rasm).
381
Vannaga suyuq omixta silindrsimon moslamaningaylanma o‘lchamini 3/4
qismini qoplaguncha quyiladi. Temir to‘rli silindrsimonmoslamaning ichidagi
suyuq omixta miqdori chegarasi vannadagidan ancha pastda bo‘ladi, shuning
uchun suyuqlik tarkibidagi suv temir to‘rning teshiklaridan o‘tib vanna yon
tomonidan joylashgan darchalar orqali oqib chiqib ketadi. Asbest tolasi va
sement donachalari esa to‘rda ushlanibqoladi va namligi 70%, qalinligi 1,2-1,8
mm bo‘lgan qatlamni hosil qiladi. Suvning miqdorini kamaytirish uchun yuk
yordamida temir to‘rli silindrsimon moslamaga valning (e) bosimi oshiriladi.
Hosil bo‘lgan qatlam mato yordamida ajratib olinadi va yupqa qavat tarzida
uning yuqori yuzasida joylashadi. Shundan so‘ng qatlamlimato havosi so‘rib
olingan moslamaga uzatiladi, unda qatlam tarkibidagi suv o‘rtacha 6%
miqdoriga kamayadi. Havosi so‘rib olingan moslama (r) tuzilish jixatdan
cho‘yandan yasalgan cho‘zinchoq quticha bo‘lib, ustki qismi ochiq bo‘ladi,
naycha bilan ta’minlangan va havoni so‘rib oluvchi bosqon bilan biriktirilgan.
Quticha ichidagi va tashqarisidagi havoning miqdori har xil bo‘lgani uchun
tashqaridagi havo mato va undagi asbest-sememt qatlam orqali o‘tar ekan,
o‘zi bilan suvning ma’lum miqdorini olib ketadi. Qoliplashning oxirgi qismida
qatlamning zichligi ortadi va undagi ortiqcha suv miqdori qoliplovchi
silindrsimon moslama (p) va zichlovchi val orasidagi bosim o‘rtacha 400-450
N/sm oshadi. Zichlash natijasida asbest sementning namligi 23-24% ga
kamayadi. Asbest qatlam matodan ajratilib silindrsimon moslamaga kerakli
qalinlikdagi qatlam hosil bo‘lguncha o‘raladi. Qatlam hosil bo‘lgach kesuvchi
moslama (t)ishga tushadi va uni o‘q chizig‘i bo‘yicha kesadi. Hosil bo‘lgan
qavatning o‘rtacha qalinligi 0,9-1,1 mm ga etgach kesuvchi moslama qatlamni
har 35-45 sekundda kesib turadi.
Ish davomida asbest-sement omixtasini temir to‘rli silindrsimon
moslamaga undan mato yuzasiga va matodan qoliplovchi silindrsimon
moslamaga o‘tishi davomida temir to‘r teshiklarida va matoda oz miqdorda asbest
tolasi va sement donachalari ushlanib qoladi. Agar uni tozalab turilmasa mato
teshiklari batamom to‘lib, undan suvning sizib chiqishi to‘xtaydi. Shuning
382
uchun temir to‘rni (o) quvur orqali suv yuborib tozalanadi. Matodan qoldiqlar
havosi so‘rib olingan quticha va uning ochiqqismini ustiga o‘rnatilgan yuvuvchi
quvur orqali yuborilgan suv yordamida tozalanadi. Keyin mato ikkinchi
yuvuvchi moslamaga uzatiladi,unda ikkita yuvuvchi quvur bo‘ladi. Yuvilgandan
so‘ng mato vallarga (d-r) uzatiladi, so‘ng esa yana temir to‘rli silindrsimon
moslama (b) ga uzatiladi.
59- rasm. Qatlam hosil qiluvchi mashina
Qatlamning qanday hosil bo‘lishi, uning qalinligi va zichligi tayyor
mahsulotning ko‘p xossalarini belgilab beradi, qancha hosil bo‘lishi esa
qoliplovchi mashinaning unumdorligini belgilaydi. Qoliplovchi mashinalarda olib
boriladigan jarayon bir necha bosqichlardan iborat. Ulardan birinchisi to‘rli
silindrsimon moslamada birinchi qatlamni hosil bo‘lishi bu asbest-sement
aralashmasini suvning sizib chaqarish orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda
suvni miqdori havosi so‘rib olingan quticha yordamida yanada ham
kamaytiriladi. Uchinchisi - asbest-sement qatlamniqoliplovchi silindrsimon
moslama va zichlovchi vallar orqali bir necha marta o‘tkazish, qatlamdagi
suvning miqdorini kamaytirishdan va uni zichlashdan iborat.
Suvni sizib chiqarish
- bu
tarkibi bir bo‘lmagan suyuq
aralashmalarnig‘ovakli to‘sinlar yordamida ajratishdan iborat. Asbest-sement
qatlamini olishda ana shu g‘ovakli to‘siq -temir to‘rli silindrsimon
383
moslamadir. Sizib chiqarish odatda,idishdagi ajratilgan qismlarda mavjud
bo‘lgan bosimning harxilligi tufayli suyuqlikning to‘siqlarning teshiklaridan
o‘tishi. Sizib chiqarish natijasida temir to‘rli silindrsimon moslama
teshiklaridan suv o‘tadi, uning yuqori qismida esa suv bilan to‘yingan
asbest, sementdonachalaridan iboratqatlam qoladi.
Temir to‘rli silindrsimon moslama vanna ichida joylashgan, uning
ma’lum qismigacha asbest-sementning suyuq aralashmasi bilan to‘ldirilgan.
Silindrsimon moslama ichida oz miqdorda suyuq omixta bo‘ladi. Vanna ichidagi
esa silindrsimon moslamadagi aralashmalarning bir-biridan farqqilishi
gidrostatik bosimnihosil qiladi va uni ta’sirida sizib chiqish jarayoni davom
etadi. Temir to‘rli moslama doimiy ishlaydi va ma’lum tezlikda aylanma
harakatqiladi.
Moslama
ustida
asbest-sementqatlamini
hosilbo‘lishi
silindrsimon moslamani suyuq omixtaga qanchalik botirilganiga bog‘liq.
Endi birlamchiqatlam qanday hosil bo‘lishini ko‘rib chiqamiz.
Ma’lumki, temir to‘rli filtrlovchi silindrning yuzasi bronzadan yasalgan to‘r
bo‘lib, uning teshiklarinio‘lchami 0,2x 0,4 mm bo‘ladi.
Ushbu to‘rda tor bo‘lak "m"ni ajratib olamiz. Temir to‘rli mosslama
soat strelkasiga qarama-qarshiyo‘nalishi aylanadi. "m" bo‘lak harakat
davomida to‘rni yuvuvchi quvurga to‘g‘ri kelsa, u suyuq aralashma
tarkibidagi suv bilan yuviladi. Bunda suvning bir qismi temir to‘rli
silindrsimon moslama ichiga quyiladi, birqismi esa sachrab vannaga quyiladi
va undagi asbest-sement aralashmaning miqdorini o‘zgartiradi. Shundan
so‘ng "m" bo‘lak omixtaga cho‘kadi.
384
60-rasm. Asbest sement birinchi qatlamining hosil bo‘lish sxemasi:
1 – asbotsement qatlami, 2 – mato, 3 – silindr, 4 – suyuq aralashma
Suvning omixta tarkibidan sizib o‘tishiga to‘r qarshilik ko‘rsatadi,
chunki suv uningteshiklaridan bemalol o‘tadi. Cho‘ktirish vaqtida to‘rning
teshiklari ochiq, shuning uchun asbesttolasi bilan bog‘lanmagan sement
donachalari erkin teshiklardan o‘tib suv bilan silindrsimon moslama ichki
qismiga o‘tib ketadi. Xuddi shu paytda omixta tarkibidagi o‘zaro birikkan
sement donachalari va asbest tolasi ingichka qatlam hosil qiladi. Hosil
bo‘lgan asbesttolasidan to‘r o‘tayotgan suvga uni ostidagi temir to‘rga
qaraganda ko‘prok qarshilik ko‘rsatadi.
Qatlam qalinlashgan sari suvning sizib o‘tishi sekinlashadi. Agar "m"
bo‘lak temir to‘rli silindrsimon moslama ichidagi suv yuzasini chegarasiga
etsa, bosim oshishi to‘xtaydi. Ya’ni silindrsimon moslama "m" bo‘lakni
cho‘ktirilganda α burchakka burilganda, sizib o‘tish doimiy bosimda o‘tadi.
Uning qiymati asbest-sement aralashmasini balandligi "h" o‘zgarishi bilan
belgilanadi. "m" bo‘lak to‘rni keyingi harakati silindrsimon moslamani "α "
burchakka burilishiga to‘g‘ri keladi, sizib o‘tish jarayoni bosimning qiymati
nolga tenglashguncha davom etadi. Sizib o‘tish jarayonida bosimning qiymati
o‘zgaradi.
Buni rasmda quyidagicha ifodalash mumkin (rasm 60). Gorizontal o‘qqa
silindrsimon moslamaning qanday burchaklarga burilishi qo‘yiladi, vertikal
o‘qqa esa asbest-sement aralashmasining balandligi. Agar suyuq
385
aralashmaning miqdori ikki tomonda teng bo‘lsa; α
1
=α , rasmning
ko‘rinishi tekis bo‘ladi.
Demak, agar vannadagi asbest-sement aralashmasining miqdori
qanchalik ko‘p bo‘lsa va silindrsimon moslamani ichki qismida qanchalik
kam bo‘lsa, sizib chiqish shunchalik katta bosimda olib boriladi. Gidrostatik
bosimning eng yuqori qiymati 70-75 g/sm
2
. Asbest-sement qatlamining temir
to‘rli silindrsimon moslamada hosil bo‘lishi uchun 2-3 sekund kifoyadir.
Agar asbest tolasi bir tekis qilib titkilab ajratilgan bo‘lsa, birinchi
qatlam mana shunday hosil bo‘ladi. Tolalar tekis qilib ajratilgan bo‘lmasa,
unda og‘ir tolalar suv bilan birga olib ketilmaydi va temir to‘rli silindrsimon
moslamada va temir to‘rli silindrsimon moslamada ushlanib qoladi. Silin-
drsimon moslama ustida hosil bo‘lgan asbest-sement qatlamning zichligi har
xil bo‘ladi. Ustki yuzasiga yaqini zichroq, tashqisi esa bo‘shroq bo‘ladi, ana
shu bo‘shroqqismida erkin sement donachalari ko‘proq bo‘ladi. Oraliqda esa
erkin sement donachalarining miqdori kamayadi. Birinchi qatlamning
zichligining birtekis bo‘lmasligi mana shu bilan ifodalanadi. Shuning uchun
qoliplovchi mashinalarning ishlash quvvati va tayyor mahsulotning sifati hosil
bo‘lgan qatlamning qalinligiga qarab ham belgilanadi. Birlamchi qatlamning
hosil bo‘lishiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi:
1) vannadagi asbest-sement aralashmasining miqdori;
2) asbest-sement aralashmasining miqdori;
3) asbest-sement suyuq aralashmasini harorati;
4) xom ashyo xossasi;
5) asbest-sementli omixtaning qanday aralashtirilganligi;
6) temir to‘rli silindrsimon moslamaning holati.
Bu aytib o‘tilganlarga alohida izoh beradigan bo‘lsak, har birini
mahsulot olishda o‘z o‘rni bor. Ma’lumki, sizib chiqish tezligi gidrostatik
bosimga bog‘liq. Bosim qiymati va silindrsimon moslama ichidagi suv
joylashish jixatdan qanchalik ko‘p farqqilsa, birinchi qatlam shuncha tez hosil
bo‘ladi. Agar vannadagi suyuq aralashmaning miqdori juda yuqori bo‘lsa, unda
386
yuvuvchi quvurchalar aralashma ichida qolib ketishi mumkin, natijada temir
to‘rli silindrsimon moslamaning teshiklaridagi asbest-sement omixtasi kirib
qolib, undagi suvning sizib chiqishini yomonlashtiradi.
2)
Birinchi
qatlamning
qalinligi
aralashmadagi
asbest-sement
aralashmaning miqdori ortishi bilan yuvib boradi. Lekin buning chegarasi bor,
agar asbest-sementning suyuq aralashma tarkibidagi miqdori 16-17% bo‘lsa,
silindrsimon moslamaning unumdorligi kamayadi va birikish qatlamining
qalinligi oshmaydi.
Vannadagi suyuq omixtada asbest-sement miqdori quyidagicha
taqsimlanadi:
birinchi vannada 10-14 %
ikkinchi vannada8-10 %
uchinchi vannada6-8 %
Birinchi vannadan uchinchisiga o‘tganda aralashma miqdorini
kamayishiga sabab, birinchi qatlamning qalinligi o‘zgarishi bilan, unga ishlov
beruvchi vallarning tasiri kamayadi. Vannadagi suyuq aralashmaning miqdori
o‘rtacha bo‘lsa, unda qoliplovchi mashinaning ishunumdorligi ortadi. Asbest-
sement omixtasini vannalardagi miqdorini bir xil bo‘lishini ta’minlash uchun
ortiqcha miqdor suyuq aralashma teshik orqali keyingi vannaga quyiladi.
Natijada asbest-sement miqdori 3-vannadan 1-vannaga ortib boradi. Bunga
sabab silindrsimon moslama suyuq aralashma ichidan chiqqanda uni yuqori
yuzasidagi bo‘sh qatlam yuvilib, oqib tushadi va moslamaning ikki tarafida asbest-
sement aralashmasining miqdori har hil bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun
teshik orqali keyingi vannaga oqib chiqqan aralashma tarkibida asbest-sement
miqdori ko‘proq bo‘ladi.
Agarda matoning harakat tezligi oshirilsa, bu ham asbest-sement
aralashmaning miqdorini oshishiga olib keladi, chunki bunda suyuq aralashmada
silindrsimon moslamaning bo‘lish vaqti kamayadi, bu esa qatlam qalinligini
kamayishiga olib keladi. Misol uchun agar mato harakat tezligi 52-55 % bo‘lsa,
miqdori 12-14 % bo‘ladi.
387
3) Asbest-sement suyuq aralashmasi harorati. Suvning harorati oshishi bilan
oquvchanligi kamayadi. Misol uchun, agar T=100
o
C-unda oquvchanlik 12,9
g·s/sm
2
, agar 50°C bo‘lsa - 5,49 g.s/sm
2
. Shuning uchun asbest-sement
aralashmasini haroratini ortishi temir to‘rli silindrsimon moslamada qatlamning
hosil bo‘lish tezligini oshiradi. Harorat malum darajada bo‘lishi kerak, aks xolda
sementning suv bilan birikishi tezlashib, kolloid fraksiyalar hosil bo‘ladi.
Hozirgi paytda ko‘pgina korxonalarda asbest-sement aralashmasining
harorati
30-40°C qilibqabul etilgan.
4)
Xom ashyo xossalarining ta’siri. Aniqlashlarga ko‘ra ayrimlari sizib
o‘tkazish jarayonida suvni osonlik bilan ajratadi va bu silindrsimon moslamaning
ish unumdorligini oshiradi. Asbest-sement suyuq aralashmasini sizib o‘tkazish
xossalarini, aralashma tarkibiga sun’iy mineral tolalar, maxsus organik moddalar
qo‘shish orqali oshirish mumkin.
5)
Temir to‘rli silindrsimon moslamaning ish unumdorligini asbest-
sement suyuq aralashmasini bir tekis aralashtirish orqali oshirish mumkin. Shuning
uchun ta’minlashidan so‘ng aralashtirgich moslama o‘rnatilmoqda, bu asbest-
sementli omixtani bir xil qilib aralashtirishiga imkon bermoqda.
6) Asbest-sement omixtasini vannada aralashtirish ham muhim o‘rin
tutadi. Aralashtirish ma’lum tezlikda olib borilishi kerak, aks xolda hosil
bo‘layotgan qatlamning mustahkamligi, qalinligi ta’minlanmaydi yoki asbest-
sementli qatlamning katta mustahkamligiga ega bo‘lgan bo‘laklari hosil bo‘ladi.
Asbest-sementli qatlamning hosil bo‘lishiga aralashtirgichning harakat
yo‘nalishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Agar aralashtirgich yo‘nalishi temir to‘rli
silindrsimon moslama bilan bir xil bo‘lsa uning ish unumdorligi ortadi (aylanish
davri 180-200 aylan/min). Asbest-sement omixtasini doimiy aralashtirib turish,
asbest tolasini yo‘naltirishga ham ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, silindrsimon
moslamaning aylanish davri qancha katta bo‘lsa va tola qanchalik uzun bo‘lsa, u
shuncha katta bo‘ladi. Shuning uchun asbest-sement o‘zaro perpendikulyar
yo‘nalishlarda har hil mustahkamlikka ega bo‘ladi va buni to‘g‘irlash uchun
388
aralashtirgichlarning aylanish davrini topish kerak. Ba’zan hosil qilinayotgan
asbest-sementli buyumlar har hil qalinlikda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun
aralashtirgich o‘zgartiriladi.
7) Birinchi qatlamning hosil bo‘lishiga temir to‘rli silindrsimon moslamani
yuvishiham ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari unga ishqalanish kuchi, markazga
intilish kuchi ham ta’sir ko‘rsatadi. Markazga intiluvchi kuch qiymati silindrsimon
moslamaning aylanish tezligiga bog‘liq.
Qoliplash mashinalarining ish unumdorligi mato harakat tezligining ortishi
bilan oshadi. Lekin asbest-sement omixtasi miqdori oshishi bilan uning
oquvchanligi ortadi, agar aralashtirish bir hil bo‘lmasa oquvchanlik yana ham
ortadi. Natijada hosil bo‘lgan ishqalanish kuchining ta’siri ortadi va bu hosil
bo‘layotganqatlamning buzilishiga olib keladi. Mana shuning uchun aralashtirishda
doimiy ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
List qoliplovchi mashinani ish unumdorligi temir turli silindrini
unumdorligiga bog‘liq. Temir turli silindr ish unumdorligi silindrning foydali
uzunligiga (bu uzunlik deganda, silindr ustida hosil bo‘ladigan asbest-sement
aralashmasini birinchi qatlami tushuniladi), birinchi qatlam silindrligiga va mato
harakat tezligiga to‘g‘ri proporsionaldir. Temir to‘rli qism ish unumdorligi xamda
silindrsimon moslamaning ish unumdorligi yig‘indisiga teng.
Asbest-sement qatlamining (3-4 ta birinchi qatlamlardan iborat, bular
qancha silindrsimon moslama borligiga bog‘liq) o‘rtacha qalinligi 0,8-1,6 mm
bo‘ladi.
Qoliplash mashinalarning ish unumdorligini uning silindrsimon aylanma
o‘lchamini kattalashishi bilan ortadi, bu esa omixtasini yaxshi sizib o‘tishiga va
gidrostatik bosimni o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Qoliplash mashinaning nazariy sutkali unumdorligi quyidagi formula bilan
ifodalanadi:
|