370
Hozirgi kunda korxonalarda asosan ho‘l
usulda tayyorlash ishlab
chiqarilmokda. Bir vaqtda begunda ishlov beriladigan asbestning og‘irligi 15
kg, ishlovmuddati 12-25 minut, namlik darajasi 3-37
% bo‘ladi. Agar
qo‘shilayoggan suvning miqdori kam bo‘lsa uning foydasi sezilmaydi, suv
miqdori ko‘p bo‘lsa esa yuqorida aytganimizdek begunning ezg‘iluvchi
g‘ildiraksimon toshlari sirpanadi, asbest yig‘ilib yirikroq bo‘laklar hosil qiladi.
Titkilab ajratish darajasi 35-40 foizga ko‘tarish uchun Jezqazg‘ondan kelti-
rilgan asbestdan 20-50 foiz ko‘shish kerak bo‘ladi.
Texnologik jarayonni keyingi bosqichda asbest gollendor yoki bo‘lmasa
gidrotitgichga kelib tushadi. Ularning ishlash
negizida asbest tolasiga
uyumlangan suyuqlikning harakati bo‘yicha ta’sir ko‘rsatiladi. Tolalarga
ko‘rsatilayotgan ta’sir tezligi, yo‘nalishi, o‘zgaruvchan bo‘lganligi uchun
tolachalar buraladi,qiyshayadi, uziladi va xokazo.
Bu moslamalarda
ko‘rsatilayotgan ta’sir kuchi begunda ko‘rsatiladigan ta’sirdan kam bo‘ladi,
shuning uchun oldin tolachalar orasidagi bog‘lanish uzilgan bo‘lsa, bunday
tolachalar yaxshi titkilanib ajraladi. Tolachalarniig ko‘p marta egilib, bukilishi
tufayli fibrallar orasidagi bog‘lanish uziladi.
Hozirda sanoatda asosan ikki xil tuzilishdagi gidrotitgichlardan
foydalaniladi. Asbest-sementli buyumlar ishlab
chiqaradigan korxonalarni
loyihalovchi
ilmiy-tekshirish
instituti
loyihasi
bo‘yicha
tayyorlangan
gidrotitkichlovchi moslama silindrsimon ko‘rinishda bo‘lib, pastki qismi
konussimon qilib ishlangan konussimon qismida titkilab beruvchi parraklar
joylashgan, u diffuzorga o‘rnatilgan. Moslama tarkibiga
kiruvchi bosqonlar
asbest-sement omixtasini quvurlar orqali uzatishga imkon beradi. Bunda omixta
bosim ostida moslamani qirralarga takroran urilib turadi (55-rasm).
371
55-Rasm. Gidrotitkich
Gidrotitkilovchi quyidagi tarzda ishlaydi. Unga suv tozalagichdan
tozalangan suv kelib quyiladi. Keyin bosqonlar ishga tushiriladi va begunda
ishlov berilgan asbest tolasi qo‘shiladi. Bir vaqtda
asbest tolasi suv bilan
aralashadi va parraklar yordamida titkilanadi. Asbest tolasiga ishlov
berish, qo‘shilgan vaqtni hisobga olganda 6-8 minut davom etadi. Ishlov
berish tugallangandan so‘ng uning titkilanish darajasi 85-95%,
asbest-sement
omixtaning miqdori 4-5% bo‘ladi.
Ikkinchi xil gidrotitkilovchi moslama Novosibirskdagi asbest-sementli
buyumlar ishlab chiqaruvchi korxona mutaxassislari tomonidan yaratalgan
bo‘lib oldingsidan tuzilishi jihatdan qisman farqqiladi (unda titkilab beruvchi
parrak o‘rniga dumaloq yassi plitka ishlatilgan).Gidrotitkilovchining
gollendordan farqi uni boshqarish qo‘l mehnati
kam sarf qilinadi va
boshqarishni osongina avtomatlashtirish mumkin (56-rasm gollender).