360
12bob Asbestsement massasini tayyorlash
1-§Asbestsement massasini tayyorlash usullari va texnologik sxemalari
Asbest-sement mahsulotlar ishlab chiqarish qo'llanmasida mahsulot ishlab
chiqarish uchun kerak bo‘ladigan xom ashyo turlarining xossalari to‘g‘risida, xamda
ana shu xom ashyolarni qayta ishlaydigan moslamalarning ishlash qoidalari, tayyor
mahsulot turlari ularning asosiy xossalari xaqida ham ma’lumot beriladi. Hozirda
sanoatda asbest-sementli mahsulotlar ishlab chiqarishning quyidagi usullari ma’lum.
1. Asbest-sementli mahsulotni namligi ma’lum miqdorda bo‘lgan aralashmadan
tayyorlash, ya’ni xo‘l usul, bunda mahsulot asbest, sement va suvdan iborat suyuq
omixtadan tayyorlanadi.
2. Asbest-sement mahsulotni yarim quruq usul bilan, ya’ni tayyorlash usulida
namligi kam bo‘lgan aralashma ishlatiladi.
3. Mahsulot tayyorlash uchun quruq asbest-sement aralashmasi ishlatiladi, ya’ni
quruq usul.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan asbesg-sementli mahsulot asosan
birinchi usul, ya’ni xo‘l usulni qo‘llash orqali ishlab chiqarilmoqda, shuning uchun
bu usul xaqida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Xo‘l usul yordamida asbest-sementli buyumlar ishlab chiqarish. Mahsulot
tayyorlash jarayonining birinchi bosqichi korxonaga keltirilgan asbest omborlarga o‘z
xili, keltirilgan joyining nomi va boshqa ayrim belgilariga ko‘ra joylashdan
boshlanadi (53-rasm). Ombordan asbest uzatuvchi vosita yordamida (I) o‘lchagich
moslamalarda (2) xillariga ko‘ra o‘lchanadi va yig‘uvchi lentali vosita yordamida (3)
begunga kelib tushadi. Begun (4) va gidrotitqichda (5) asbest tolalarga titkilab
ajratiladi, ya’ni sement donachalari bilan asbest tolasini bir-biriga yaxshi
aralashishini ta’minlovchi bog‘lovchi yuza miqdori oshiriladi. Titkilab ajratish
jarayoni 2 bosqichdan iborat. Oldin tolalar yaxshilab ezg‘ilanadi, keyin esa titkilanib
ajratiladi. Ajratish jarayonini yaxshi ketishi uchun begunga o‘lchagich orqali (6)
ozroq suv qo‘shiladi, suv gidrotitqichga ham quyiladi, taxminan 50 gramm asbestga I
l suv. Gidrotitqichdan so‘ng asbest va suvning aralashmasi turboaralashtirgichga
361
tushadi (7), mana shu moslamaga tarqatuvchi moslamadan (8) o‘lchagich (9)
yordamida sement uzatiladi.
Asbest-sement aralashmasini tayyorlash mahsulot olish jarayonining ikkinchi
qismini tashkil etadi. Bu jarayonda sement donachalari bilan asbest tolasining
aralashmasini me’yoriga kelguncha aralashtiriladi. Bunda har bir tola ikkinchi
toladan sement donachalari bilan ajralgan bo‘lib, suvda yaxshi tarqalgan bo‘lishi ke-
rak. Sement bilan asbestning o‘zaro nisbati asbestni turi va xiliga qarab belgilanadi.
Asbest tolasi qanchalik uzun bo‘lsa, omixtaga shuncha asbest kam qo‘shiladi.
Odatda asbestni miqdori o‘rtacha 10 dan to 20-22% gacha, sement miqdori
esa 78-80 dan to 90% gacha bo‘ladi. Asbest-sementning har 1 kg ga 4-5 l suv
quyiladi. Turbo aralashtirgichdan so‘ng suyuq aralashma yig‘uvchi moslamaga (10)
kelib tushadi undan tarnovga (II) quvurlar (12) orqali suyuqlanish darajasini oshirish
uchun suv kelib quyiladi, I kg sement va asbest aralashmasiga o‘rtacha 7-8 l suv
to‘g‘ri keladi. Suyuqlanish darajasioshgan aralashmataxtasimon asbest-sement
mahsulotni qoliplovchi mashinalarni (13) vannasiga keli6 quyiladi.
Bu mashinalarning 3 ta sim to‘r bilan o‘ralgan silindrlari (16) bo‘lib,
ularda suyuq asbest-sement aralashmasidagi suvning miqdorikamaytiriladi. Sizib
chiqqan suv suv-to‘plovchi moslamaga (15) kelib quyiladi. Nam asbest-sement
qavatning qalinligi o‘rtacha I mm bo‘ladi. Bu qavatharakatlanuvchi lenta (17)
yordamida o‘rovchi aylanma moslamaga (30) uzatiladi. Lenta bilan birga
harakatlanuvchiqavato‘rovchi aylanma moslamasi va zichlovchi vallar (18)
orasidan o‘tib zichlanadi, natijada namlik darajasi yana kamayadi va lentali
matodan o‘rovchi aylanma moslama yuzasiga ko‘chadi. Suyuq asbest-
sementaralashmasiningo‘z tarkibidagi suvning miqdorini kamaytirishi, keyingi
bosqichlarda zichlanishi, bu judaham muhim bo‘lib, tayyor mahsulotning sifatini
belgilab beradi.
O‘rovchi aylanma moslama 5-7 marta aylanganda uning yuzasida kerakli
qalinlikdagi qatlamhosil bo‘ladi va u mexanik keskich (19) yordamida kesiladi va
uzatuvchi moslamaga (2) yuboriladi, qatlam keyingi bosqichda qirqiladi (22),
362
bunda qatlam chetidagi ortiqcha qismlari kesib tashlanadi va u kerakli o‘lchamda
yoyiladi.
Qoldiqqatlam bo‘laklari uzatuvchi vosita (21) yordamida aralash-tirgich
(29)ga yuboriladi, unda suv bilan aralashtirilgach, suyuq asbest-sement
aralashmasiga aylanadi va undan yana foydalanish mumkin bo‘ladi.
Tayyorlanayotgan mahsulotning turiga qarab asbest-sement qatlamlariga
ishlov berish bir-biridan farq qiladi. Jumladan, yassi qatlamli ma’lum qalinlikdagi
buyumlar olish uchun qatlamlar orasiga temirdan qilingan yupqa ajratgich joylanadi
va qatlamlar qo‘shimcha zichlash uchun katta bosimda ishlaydigan bosqonlarga
yuboriladi. Agarda to‘lqinsimon tuzilishli mahsulot ishlatiladigan bo‘lsa, qirqish
moslamasidan keyin yangi qoliplangan asbest-sement qatlami to‘lqinlar hosil
qiluvchi moslamaga (23) kelib tushadi, undan ko‘tarib oluvchi (24) moslama
yordamida ko‘tarib olinib ma’lum sonda qilib taxlanadi va uzatuvchi moslama
yordamida issiqnam muhitda ishlov berishga mo‘ljallangan kameralarga (25)
yuboriladi.
Hozirgi vaktda issiq bilan ishlov berish moslamalaridan so‘ng nam bilan
ishlov berish moslamalari o‘rnatilmoqda, bunda bug‘yordamida ishlovberilgan
qatlamlar suvli xovuzlarga kelib tushadi. Issiq muxitda ushlangandan so‘ng
qatlamlar uzatgich (26) yordamida yana xammustahkam bo‘lish uchun issiq
omborlarga yuboriladi.
Asbest-sement aralashmasidan olinadigan quvurlarni tayyorlash jarayoni ham
listlar olishga o‘xshash. Quvurlarni qoliplash quvur tayyorlovchi mashinalarda olib
boriladi, bu mashinalarning ishlashi hosilqiluvchi mashinalarning ishlashiga mos.
Farqli joyi ulardao‘rovchi moslama o‘rniga ajraluvchi "o‘qlov" o‘rnatilgan,
bu"o‘qlov"lar aylanmasining tashqi o‘lchami tayyorlanayotgan quvurning ichki
aylanmasi o‘lchoviga teng bo‘ladi. O‘qlovlardan ajratilgan quvurlar qotishni
tezlashtiruvchi moslamaga (31) uzatiladi, moslamada harakat davomida quvur o‘z
o‘qi atrofida aylanadi va kerakli tuzilishga ega bo‘ladi. Qotish jarayoni
moslamadan so‘ng suv bilan to‘ldirilgan xovuzlarda (32) davom ettiriladi. Qotish
363
jarayonining so‘nggi bosqichi quvurlarni iliq omborlarda (33) taxlangan
xoldasaqlash orqali amalga oshiriladi. 7-10 kundan so‘ng ularning quyi qismlariga
ishlov beriladi, pardozlanadi.
Ho‘l usulning asosiy kamchiliklaridan biri ko‘p miqdorda suv ishlatiladi.
Asbest-sementli mahsulot tayyorlashda ham suv ko‘p ishlatiladi va ishatiladigan suv
ma’lum talablarga javob berishi kerak. Shuning uchun suvni tejash maqsadida
bunday mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda uni qayta ishlash yo‘lga
qo‘yilgan. Buning uchun ishlatilgan suv yig‘iladi, unga kimyoviy moddalar
qo‘shilib iflos qismi cho‘ktiriladi va toza qismi mahsulot tayyor jarayoniga
qaytariladi. Sim to‘rli moslamadan tushgan iflossuv va qoliplovchi mashinalarning
sim to‘rlarini, matolarini yuvishda ifloslangan suv xammasi, maxsus yig‘uvchi
moslamaga (15) kelib quyiladi va u orqali bosqonlar (14) yordamida quvurlar
(28) orqali rekuperatorga (35) uzatiladi. Suvning tozalangan qismi, toza suv
saqlanadigan rekuperatorga (34) quyiladi, tarkibida asbest va sement bo‘lgan
suv esa, quvur (12) qoliplovchi mashinalarning asbest-sement omixtasi bilan
ta’minlovchi moslamaga yuboriladi. Tozalangan suv rekuperatorning o‘rta
qismidan (34) bosqon (36) yordamida quvur orqali matoni va sim to‘rlarni
yuvish uchun uzatiladi, pastki qismidan esa quvurlar orqali begun, gidrotitgich
va aralashtirgich moslamasiga yuboriladi. Ma’lum muddat orasida rekuperatorlar
tozalab turiladi.
|