-rasm. Asbest mineralini DTA yordamida hosil qilingan egri chiziqlari




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

44-rasm. Asbest mineralini DTA yordamida hosil qilingan egri chiziqlari 


339 
D. Voloxov asbest mineraliharorati 550°C ga ko‘tarilsa ham o‘z massasini 
o‘zgartirmasligini aniqladi. Lekin qizdirish asbest tolasini mustahkamlashga ta’sir 
ko‘rsatadi, jumladan harorat 420°C bo‘lganda uning mustahkamligi 44% ga 
kamayadi. 
Xrizotil-asbestga xos xususiyatlardan yana biri uni ma’lum darajagacha 
qizdirilgandan so‘ng suv ta’sir etilsa, o‘z mustahkamligini tiklaydi. 220°C gacha 
qizdirilgandan so‘ng suv ta’sir ettirilsa to‘liq qayta tiklanadi. 320°C 20%, 370°C da 
esa fakat 10% qayta tiklanadi. 420°C gacha qizdirilganda esa yo‘qotilgan 
mustahkamlik tiklanmaydi. 
Qizdirish davomida tolalar orasidagi bog‘lanish kamayadi, bu esa uning 
titkilanib ajralish qobiliyatini oshiradi, bundan tashqari qizdirilganda yo‘qoladigan 
mustahkamlik va qizdirilgan asbest titkilanib ajralish darajasi orasida o‘zaro 
bog‘lanish bor. 
Bug‘li muhitda 500°C gacha qizdirilganda xrizotil-asbest parchalanadi va 
forsterit va talk mineralini hosil qiladi. Asbestning issiqlik o‘tkazish koeffitsienti 
0,25-0,41 Vt/m°C teng, tolalari uzun titkilanib ajralgan asbestni bu kattaligi 
massasiga bog‘liq va xajm massasi oshishi bilan issqlik o‘tkazish koeffitsienti xam 
oshadi. Asbest 600-700°C da qizdirilsa uning issiqlik o‘tkazish koeffitsienti 20-30%
kamayadi. 
Konda xrizotil-asbest ochiq usulda qazib olinadi. Xrizotil-asbest kengligi 150 
dan to 1500 m, chuqurligi 50 dan to 1000 metr o‘zgarib turuvchi maydonni egallaydi. 
Jins massasidan o‘rtacha 3-8% xrizotil-asbest olinadi. Asbest boyitish orqali 
olinganda, jins birin-ketin takroran bo‘laklarga bo‘linadi va har gal hosil bo‘lgan 
tolalarni harakatlanib turuvchi saralagich surib olish va siklonlarga cho‘ktirish orqali 
olinadi. Boyitilgan asbestli jins quyidagi tartibda amalga oshadi: 
I. Jins o‘lchami taxminan 25 mm bo‘lgan bo‘laklarga kelguncha 2-3 marta 
maydalanadi. Birinchi gal konussimon yoki jag‘li maydalagich ishlatiladi. 2- va 3 
galda esa faqat konussimon maydalagichdan foydalaniladi; 


340 
II. Jinsni quritish, asosan quritish barabanlari yoki shaxtasimon quritgichlarda 
o‘gkaziladi; 
III. Yana xam maydaroq bo‘laklarga ajratish 4-5 bosqichda olib boriladi. 
Birinchi bosqichda bo‘laklarga ajratish konussimon va bolg‘ali yoki to‘qmoqli
o‘tkaziladi. Keyingi bosqichda, asbestni kaltarok tolalarini ajratib olish uchun ichida 
aylanuvchi plankasi bor gorizontal maydalagich ishlatiladi. Har qaysi bosqichdan 
so‘ng jins harakatlanuvchi saralagichga (I) kelib tushadi. Ajralgan tolalar (2) 
harakatlanuvchisaralagich ta’sirida yuqoriga ko‘tariladi va jins ostiga (4) joylanadi 
(rasm 45). 
45-rasm. Harakatlanuvchi saralagich 
Saralagichdan keyin jinsning yo‘nalishiga perpendikulyar qilib kichik teshigi 
(3) bor temir konussimon naycha (5) o‘rnatilgan. 
Konussimon naycha siklon, eksgauster va chang yig‘uvchi kamera bilan 
birlashgan. Eksgauster hosil qilgan siyraklashish tufayli tashqi havo naychaga 
so‘riladi. Havoo‘zi bilan asbest tolani olib kiradi, tola esa siklonda qoladi, kalta 
o‘lchamli tolali asbest tutiladigan chang havo bilan birga eksgausterdan o‘tib chang 
tutuvchi kameraga kelib tushadi. 
IV. Asbestni tozalash. Siklondagi chang qisman maydalangan jins va asbest 
tolalari saralanib tozalanadi. 
V. Tolalarning uzunligi bo‘yicha, birinchi bosqichda bo‘laklarga ajratiladi 
va surib olish orqali eng uzunlari olinadi. Oxirgi bosqichda tolalarni ajratish baraban 
xilidagi elaklardan o‘tkaziladi. 
 







341 

Download 6,08 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Asbest mineralini DTA yordamida hosil qilingan egri chiziqlari

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish