333
Tetraedrlar o‘zaro umumiy kislorod orqali bog‘lanib -Si-O-Si- bog‘larini
hosilqiladi. Bir nechta tetraedrlar birikishi natijasida zanjir hosil bo‘ladi,
bunday
birikma quyidagi tenglama bilan ifodalanadi n[SiO
3
]
2-
, n→∞.
Valentligi to‘lmagan kislorod ioni boshqa zanjir bo‘laklari
bilan birikib,
murakkabroq olti qirrali to‘r hosil qiladi:
To‘r hosil bo‘lsa ham kislorod ionining valentligi to‘yinmagan bo‘ladi va u
ikkinchi to‘r bilan birikishi orqali quyidagi
paketlarni hosil qiladi, bunda to‘rlar
orasidagi bo‘shliqlarda aktiv qatlam – Mg(OH)
2
yoki Al(OH)
3
birikmalari bo‘lib ular
kislorodning manfiy zarrachalarini to‘yintiradi:
41-rasm. Asbest kristall panjarasining olti qirrali to‘r ko‘rinishi
Ikkita to‘rdan va ular orasida joylashgan
aktiv qatlamdan iborat paket,
kovalent bog‘lar bilan birikkan ion holatdagi panjaradan tarkib topgan bo‘lib,
ulardagi ionlarning valentligi to‘yingan bo‘ladi. Paketlar o‘zaro
kuchsiz Van-
der-Vaals kuchlari bilan bog‘langan, shuning uchun
bunday panjarali asbestga
ishlov berilsa, u oson aloxida qatlamlarga titilib ajraladi.
Xrizotil - asbest mineralini rentgen usuli bilan tekshirilganda uning kristall
panjarasi brusit va kremniy-kislorod qatlamlaridan iboratligi aniqlandi. Brusit
334
asosan magniyni suv bilan birikkan aralashmasidan iborat.
Bunda magniy
ionining o‘lchami kremniy ionidan katta bo‘lishi paketlarni ma’lum
burchak hosil
qilib egilishiga va o‘zaro zanjir holatda burilishiga olib keladi.
42-rasm. Xrizotil asbestning strukturasi
a) qatlamlarni hosil qiluvchi naychalar, b) serpentin paketning kristallik