287
Bir-ikki kun ichida ochiq joyda mustahkamligi etarli darajada ortadigan
bog‘lovchi modda tez qotuvchan sement deb ataladi. Uning bir kundan keyin
siqilishga mustahkamligi 20 MPa bo‘lsa, uch kundan keyingisi 30 MPa gacha
ko‘tariladi. Bunday sement konstruksiyalar yoki buyumlar tayyorlash lozim bo‘lsa
shuningdek, bug‘lash uchun sharoit bo‘lmagan joylarda ishlatiladi.
Tez qotuvchan
sement olish uchun tarkibida 50-60% uch kalsiy silikat (C
3
S), 8-14% uch kalsiy
alyuminat (C
3
A) bilan to‘rt kalsiy alyumoferrit (C
4
AF) hamda 8% qurilish gipsi
qo‘shilgan sement klinkeri ishlatiladi. Qo‘shiladigan qurilish gipsi optimal miqdordan
oshmasligi kerak, aks holda buyum yoki konstruksiyada darzlar hosil bo‘lishi
mumkin.
Yuqorida aytilganidek, gips sement tarkibida uning tishlanish qobiliyatini
sekinlatibgina qolmasdan, sementning dastlabki qotish davrida uning yanada
mustahkamlanib borishga xam aktiv ishtirok kiladi:
gips bilan C
3
A o‘zaro ta’sir
etishidan hosil bo‘lgan kalsiy gidrosulfoalyuminat sement betonlarning yana ham
mustahkamlanishiga yordam beradi. Bu vaqtda eng muhim sharoitlardan biri shuki,
kalsiy gidrosulfoalyuminat hosil bo‘lish jarayoni sementning birinchi qotish
kunlaridayok tugashi mumkin (aks xolda beton emiriladi).
Kalsiy gidrosulfoalyuminatning hosil bo‘lish tezligi sementning qanchalik
mayda tuyilganligi va gipsning erish darajasiga, erish darajasi esa o‘z navbatida
uning modifikatsiyasiga bog‘liq. Gips qo‘shilma sifatida
yarim molekula suvli
CaSO
4
∙0,5H
2
O yoki ikki molekula suvli CaSO
4
∙2H
2
O ko‘rinishda ishlatiladi.
Birinchisining eruvchanligi ikkinchisinikiga nisbatan 5 marta ko‘p. Demak, sementga
yarim molekula suvli gips qo‘shish ko‘proq foydali ekan.
Zavod sharoitida ikki molekula suvli gips ishlatish mumkin. Sementni shar
tegirmonlarda tuyganda u juda qizib ketadi va shu issiqlik ta’siridan ikki molekula
suvli gips suvsizlanib, yarim molekula suvli gipsga aylanadi. Gips qo‘shimcha
ravishda tuyilgan sementga qo‘shilsa, masalan, ikkinchi marta tuyganda (amalda
yig‘ma temir-beton zavodlarida shunday qilinadi) yarim molekula suvli gips
qo‘shgan ma’qul.
288
Biroq sement zavodlarida hamma vaqt tarkibida C
3
S va C
3
A aralashmasi ko‘p
bo‘lgan sement ishlab chikarib bo‘lmaydi, bu xom ashyo sifatiga,
yoqilgi va
texnologik jarayonni tashkil etishga bog‘liq. Sementni juda maydalab tuyish ham
iqtisodiy jixatdan foydali emas. Ammo shu bilan birga temir-beton buyumlari
zavodlarida, ayniqsa oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton buyumlar ishlab chiqarish
uchun tez qotadigan sement kerak bo‘ladi. Bunday sharoitlarda sement
vibrotegirmonlarida yana bir marta tuyib olinadi. Yig‘ma temir-beton ishlab
chiqarishda ishlatiladigan sementlarning hammasi vibrotegirmonlarda tuyilishi
mumkin. Shlak portlandsementlarni qayta tuyish ayniqsa yaxshi foyda beradi. Sement
vibratsion
ustanovkada qayta tuyilsa, dastlabki davrda ham yaxshi mustahkamlana
borishi bilan birga, markasi ham ortadi. Masalan, 400 markali sement qayta tuyilsa
600 markali sement hosil bo‘ladi.
Sementning tez qotuvchanligi, birinchidan uning mineralogik tarkibiga,
ikkinchidan klinkerning maydalanish darajasiga bog‘liq. Klinker qanchalik mayda
qilib tuyilsa, olingan sement shuncha tez qotuvchan bo‘ladi.
Shu sababli tez
qotuvchan sement olishda uning maydalik darajasini ifodalovchi solishtirma yuzasini
350-450 m
2
/kg gacha etkazish kerak (oddiy portlandsementning solishtirma yuzasi
250-300 m
2
/kg).
Tez qotuvchan sement olish uchun I.V. Smirnov va B.V. Osin
portlandsementga 1,2…2% xlorid kislota (HCl) va 10…15% qaynovchi ohak
qo‘shib, solishtirma yuzini 400…500 m
2
/kg ga etkazishni taklif etdilar.
Sement zarrachalari qancha kichik bo‘lsa, uning erish va gidratatsiyalanish
jarayoni shunchalik tezlashadi. Masalan, sement zarrachalarining qattaligi 10 mkm
bo‘lsa, bunday sementdan tayyorlangan namunaning uch kundan keyingi
mustahkamligi, yirikligi 60 mkm bo‘lgan sementnikiga nisbatan 7 marta katta
bo‘ladi. Sement maydaligining uning mustahkamligiga ta’siri 31-jadvalda berilgan.
289
31-jadval
Sement maydaligining uning mumtahkamligiga ta’siri
Solishtirma yuzi
m
2
/kg
Siqilishdagi mustahkamlik, MPa
1 kundan
keyin
3 kundan
keyin
28 kundan
keyin
6 oydan
keyin
12 oydan
keyin
188
8,4
26
53
52
69
210
14,5
28
40
60
72
300
14,7
34
57
61
72
400
21,5
46
59
61
69
500
28
40
54
60
74
Tez qotadigan sementlar metall qoliplarni tez bo‘shatishga imkon beradi.
Ayrim vaqtlarda esa issiq ishlov berishdan xam ozod qiladi. Maxsus tez qotuvchan
portlandsement ham mavjud. U tez qotuvchan portlandsementga
nisbatan yana ham
jadalroq qotadi. Bunday sement tarkibida kamida 60-65% C
3
S va 8% C
3
A bo‘lgan
klinkerni gips ishtirokida o‘ta mayda tuyish (400-450 m
2
/kg) orqali olinadi.
O‘lchamlari 30 mkm bo‘lgan zarrachalarning umumiy miqdori kamida 50-60%
ba’zan 80% gacha bo‘lishi kerak. Standartga ko‘ra bu sementga mineral qo‘shilmallar
qo‘shilmaydi.
Maxsus tez qotuvchan sementning tishlashish muddatlarini yaxshilash uchun
ko‘p miqdorda gips qo‘shiladi (kamida 4% gacha SO
3
xisoblaganda). Sement tez
tishlashib qolmasligi uchun sement tuyish paytida temperaturaning juda ko‘tarilib
ketishiga yo‘l quymaslik kerak.
GOST 310-85 ga ko‘ra maxsus tez qotuvchan portlandsementning
mustahkamligi 1, 3, 28 sutkadan keyin 30, 40 va 50…60 MPa ni tashkil qilish kerak.
Hozirgi kunda oddiy portlandsement klinkerni sulfoalyuminat klinkeri bilan
birgalikda tuyish orqali bundan ham tez qotuvchan va yuqori mustahkamlikka ega
290
bulgan sementlar olinadi. 28 sutkadan so‘ng bunday sementlarning markasi 700-800
ni tashkil qiladi.