282
bo‘lganda magniy ionlarining ta’siri kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ham ionlarning
ruxsat etiladigan miqdori Mg
2+
ionlar ko‘payishi bilan tegishlicha kamaytiriladi.
Portlandsement asosida ishlanadigan
betonlar uchun Mg
2+
ionlarining suv
muhitdagi miqdori, SO
4
2-
ionlaridan qancha miqdorda borligidan qat’i nazar, 1 litrda5
g dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Tarkibida SO
4
2-
va Cl
-
ionlari bo‘lgan tuzli eritmalar ta’siridan sementtosh
doim buzilavermaydi. Almashinuv reaksiyalarining dastlabki davrida yoki
ko‘rsatilgan ionlar miqdori kam bo‘lganda, bu reaksiyalar natijasida sementtosh
zichlashishi va uning filtrlash qobiliyati bo‘shashishi mumkin.
Bunda almashinuv
reaksiyalarining kam eriydigan mahsulotlari, chunonchi, kalsiy sulfat va magniy
gidroksidi
ishtirok etadi, ular kovak-g‘ovaklarni butunlay berkitib, agressiv suvning
sementtoshga singib kirishiga xalaqit beradi.
Hozirgacha ko‘rilgan barcha tur korroziyalar kimyoviy yo‘l bilan vujudga
keladi. Sementtoshda fizik korroziya jarayonlari ham sodir bo‘lishi mumkin.
Bular
sementtosh va beton goh namiqib, goh qurib kichrayishi va shishishi
(deformatsiyalarga uchrashi) tufayli va eruvchan tuzlar suvning sement kovaklarida
bug‘lanishi tufayli to‘planib qolishi, shuningdek, suvga to‘yinib
turgan betonlarning
dam muzlab, dam erib ketishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Ayniqsa sementtosh
va beton kovaklarida hamda naysimon kapillyarlarida tuzlarning kristallogidratlarga
o‘tishi natijasida kovak va kapillyar devorlariga katta bosimli kuch bilan ta’sir qiladi.
Betonlar 3 oy davomida 5% konsentratsiyali kuyidagi eruvchan tuzlar: NaSO
4
,
MgSO
4
, NaS1, CaSO
4
ning dam shimishi va dam bug‘lanishi natijasida vujudga
kelgan kristallanish bosimi tegishlicha 0,44, 0,36, 0,27, 0,9 MPa bo‘ladi.
Sementtosh va beton mikrokovaklari va kapillyarlarida kimyoviy korroziya
tufayli to‘plangan tuz ham bo‘lishi mumkin-u ikki molekula suvli gips va
gidrosulfoalyuminatdir. Buning ta’sirida betonlarning buzilishi yuqorida ko‘rib
o‘tildi. Bunday korroziya O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalarida ko‘p uchraydi.
Na
2
SO
4
, MgSO
4
•H
2
O kabi tuzlar sementtosh hamda beton kovaklarida
temperatura
283
va namlikning shunday bir noqulay paytlarida suvsiz, kam suvli gidratli tuzlardan
ko‘p gidratli tuzlarga o‘tib ketadi (Na
2
SO
4
•10H
2
O; MgSO
4
•7H
2
O va boshqalar).
Bunday aylanish jarayoni qattiq fazalar hajmini 1,5…3 marta orttiradi, bu esa
beton sirtida o‘nlab MPa bosim hosil qilib, kuchli deformatsiyalarni yuzaga keltiradi.