Sementtoshnnng sovuqqa chidamliligi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

Sementtoshnnng sovuqqa chidamliligi. Suv bilan sovuq birgalikda 
navbatma-navbat ta’sir qilganda, beton konstruksiyalar ayniqsa kuchli shikastlanadi. 
Sementtosh kovaklaridagi suv manfiy, temperaturalarda muzga aylanadi. Suv 
muzlaganda uning hajmi taxminan 10% kengayadi hosil bo‘lgan muz kovakchalar 
devorlariga kuch bilan ta’sir qiladi va ularni buzadi. Sementtoshning bunday tashqi 
muhit ta’siriga chidamliligi uning qanchalik mayda tuyilganligi, sement tarkibi, 
klinkerning mineralogik tarkibi va qorish uchun solingan suv miqdoriga bog‘liq. 
Bir qator tadqiqotlar natijalariga asoslanib kuyidagi xulosaga kelish mumkin: 
sement ma’lum darajagacha (500…600 m
2
/kg) mayda kilib tuyilsa, sementtoshning 
sovuqqa chidamliligi birmuncha ortadi.. Sementtoshda «klinker zaxirasi» ya’ni 
reaksiyaga kirishmagan sement donalari bor, bu donalar sementtosh yorilib, 
yoriqlariga suv kira boshlaganda shu yoriqlarni klinker zaxirasi bilan reaksiyaga 
kirishgan hosilalar bilan to‘ldiradi («o‘z-o‘zini davolash» jarayoni). 
Sementda gidravlik qo‘shilmalar miqdori ko‘p bo‘lsa ham u sement sifatiga 
salbiy ta’sir qiladi, ya’ni qo‘shilmalar xaddan tashqari ko‘payib ketsa sementtoshning 
sovuqqa chidamliligi kamayib ketadi. Sement klinkeri minerallari orasida uch kalsili 
alyuminat sovuqqa eng chidamsiz hisoblanadi. Qorish uchun quyilgan suv miqdori 
sementgoshning sovuqqa chidamliligiga katta ta’sir qiladi, agar suv ko‘p quyilsa, se-
menttosh ko‘proqg‘ovaklashadi va u shunchalik sovuqqa chidamsiz bo‘ladi. Sement 
va klinker tarkibini maqbul tanlash yo‘li bilan betonbop qorishmalarni yaxщilab 
zichlash, shuningdek, sirt-aktiv qo‘shilmalar qo‘shish yordamida sementtoshni 
sovuqqa yana ham chidamli qilish mumkin. 
Sementtosh qotgandan so‘ng unda mayda-mayda kovaklar paydo bo‘ladi. 
Bular uning suv singdiruvchanligini kamaytirish bilan birga sovuq temperaturaga 
salbiy ta’sirchanligini susaytiradi. Bunday mayda kovakchalar muzlab qolgan suv 


284 
bosimiga bardosh berib, muzning buzuvchi kuchini qirqadi. Bu esa sementtoshning 
sovuqqa chidamliligini oshirishga sabab bo‘ladi.
Gidrofob qo‘shilmalar, masalan, milonaft, sementtosh strukturasining bir 
jinsliligini oshiradi va kovak hamda kapillyar devorchalarini gidrofoblaydi, shu bilan 
sementtoshning suv ta’siriga chidamliligini kuchaytiradi. Shunisi ham borki, 
gidrofillovchi qo‘shilmalar (masalan, sulfit-spirt bardisi—SSB) zarur darajada 
yoyiluvchanlikni saqlagani holda betonbop qorishmalarning suvga talabini ancha 
pasaytiradi va shu bilan sementtoshning g‘ovakligini kamaytiradi. Shu tarzda uning 
sovuqqa chidamliligi va suv o‘tkazmasligi oshadi. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shilmalar sement umumiy og‘irligining 
0,1…0,25 protsentini tashkil qiladi. Shuni ta’qidlash zarurki, sementtosh uchun 
qotayotgan dastlabki davrda muzlash ayniqsa xavflidir, xali unchalik mustahkam 
bo‘lmagan, g‘ovak strukturali sementtosh muz bosimiga bardosh berolmaydi. U etarli 
darajada qotgan bo‘lsa, ya’ni marka mustahkamligining 50 protsentiga etganda u 
muzlashga yaxshi qarshilik ko‘rsata oladi. Sement tishlasha boshlamasdan oldin 
muzlasa, mustahkamlikka zarar etmaydi, chunki u erigandan so‘ng qotish jarayonlari 
qayta tiklanadi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish