Sement toshi mustahkamliginning shakllanishi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

Sement toshi mustahkamliginning shakllanishi 
Shunday qilib, sement toshi mustahkamligining shakllanishi masalalari bo‘yicha 
bir – biridan farq qiluvchi quyidagi uchta qarash mavjud: 
1) mexanik nazariya (Le-Shatele), bunga ko‘ra mustahkamlik, o‘suvchi 
kristallarning alohida o‘smalarining chirmashib ketishi natijasida yuzaga keladi; 
2) koagulyasion nazariya (Mixaelis), bunga ko‘ra mustahkamlik zarrachalarining 
koagulyasiyalanishi natijasida yuzaga keladi; 
3) kristallizatsion struktura hosil bo‘lish nazariyasi, bunga ko‘ra qotish chog‘ida 
mustahkamlikning yuzaga kelishi alohida kristallarning hajmiy panjaraviy struktura 
hosil qilib o‘sishi bilan shartlanadi. (A. A. Baykov, P. A. Rebinder va b.) Shuningdek 
oraliq qarashlar ham mavjud: Bernal bo‘yicha mustahkamlik ayrim o‘smalarning 
chirmashishi natijasida bo‘lgani kabi ularni qisman o‘sishi oqibatida ham yuzaga 
keladi (struktura hosil bo‘lishining mexanik – kristallizatsion nazariyasi).
M.M.Sichyov tomonidan ilgari suriluvchi qarashlarda mustahkamlikning 
shakllanishida yuqori e’tibor kimyoviy bog‘larning turli xillarining roliga va 
qorishtiriluvchi suyuqlikni qattiq zarrachalar yuzasidagi holatiga qaratiladi.
Yuqorida bayon etilgan qarashlar, qorishtiriluvchi suyuqlikning qotishdagi 
kimyoviy bog‘lanish jarayonlarining va texnologik omillarning rolini tushuntiradi 
(disperslik, qattiq – suyuqlik holatlar nisbati). Oldindan bilish masalalariga N . F. 
Fyodorov va uning xodimlari tomonidan muhim hissa qo‘shildi. Ushbu mualliflar 


271 
tomonidan amalga oshirilgan ishlarda tuz – suv, tuz – kislota, oksid – ishqor, oksid – 
suv, oksid – organik birikma, metall – kislota, metall – tuz va h.k. sistemalarida 
qotish jarayonlarini amalga oshirilishining termodinamik imkoniyati kabi kinetik 
imkoniyatlari ham hisobga olinadi. Bu kompozitsiyalar quyidagi uch guruhga 
bo‘lingan: 
1 – juda ham sekin o‘zaro ta’sirlanish oqibatida qotmaydigan; 
2 – normal sharoitlarda qotuvchilar; 
3 – o‘ta kuchli tarzda o‘zaro ta’sirlanish oqibatida qotmaydigan.. 
Qattiq komponentni berilgan qorishtirishga nisbatan reaksion qobiliyatini 
ifodalovchi parametrlar bo‘lib, elektronmanfiylik, ionli potensial miqdorlari
bog‘ning ionli darajasi (oksidlar uchun), oksidlovchi qaytaruvchi potensial (metallar 
uchun) hisoblanadi. Bunday yondashuv asosida qattiq – suyuq sistemasining ko‘p 
sonli bog‘lovchilarining bog‘lash xususiyatlari ko‘rsatib berilgan. Birikmalarning 
asosiy xossalari qanchalik yuqori tarzda namoyon bo‘lsa, unga muvofiq keluvchi 
birikmaning suvga nisbatan reaksion xususiyati shunchalik yuqori bo‘ladi: 
1) CaO > C
3
A > C
12
A
7
> CA > CA
2

2) C
3
S > C
2
S; 
3) C
2
F > CF; 
4) C
3
A > C
4
AF > C
3
S > C
2
S. 
Gidravlik faollik (aktivlik) deganda bog‘lovchi moddaning mustahkam tosh sifat 
jism hosil qilish xususiyati tushuniladi. Bu erda bog‘lovchining suvga nisbatan 
reaksion 
xususiyatnigina 
aniqlanmaydi, 
balki 
qattiq 
jism 
strukturasining 
shakllanishining kinetik xususiyatlari bilan bog‘liq boshqa omillar ham aniqlanadi va 
bu erda ma’lum kimyoviy faollik bilan bir qatorda kristall o‘smaning paydo 
bo‘lishiga ta’sir etuvchi barcha sharoitlar hisobga olinishi zarur. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sement toshi mustahkamliginning shakllanishi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish