263
Hajmiy o‘zgarishlarning quyidagi turlari bor: sement xamiri cho‘kadi, sement-
suv sistemasining tortilishi ro‘y beradi, xajmiy kengayishi, kirishishi va shishishi
temperatura ta’sirida xajmiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Sement donalari og‘irliq
kuchi ta’sirida suvda cho‘kishi tufayli suv yuqoriga siqib chiqariladi, sement donalari
esa
avvaliga yiriklari, so‘ngra maydalari to‘planib qoladi. Sement aralashmalarining
qatlamlanishi deb ataladigan bu xossasi beton konstruksiyalari mustahkamliligiga
katta ta’sir qiladi; sement xamiri (betonbop qorishma)
ning yuqoriga sersuv
qatlamlarida, qotganidan so‘ng unchalik mustahkam bo‘lmagan g‘ovak-sement tosh
(beton) hosil bo‘ladi. Bunday qatlamlanish natijasida to‘ldirgich ostiga unchalik
mustahkam bo‘lmagan va eng g‘ovak bo‘lgan sement tosh qatlami joylashadi.
Shuning uchun mexanik kuchlar ta’sirida beton xuddi shu eng bo‘sh eridan buziladi.
Bundan tashqari beton g‘ovaklari va suv kirib muzlab qolishi tufayli uning sovuqqa
chidamliligi,
shuningdek,
agressiv
suyuqliklar
ta’sirida korroziyalanishga
chidamliligi ham kamayadi. Qatlamlanish natijasida
betonning temir-betondagi
armaturaga yopishish mustahkamligi ham pasayadi, armatura simlari ustida g‘ovak
sementtosh hosil bo‘lishi mumkin.
Qatlamlanish jarayoni ko‘p davom etmaydi. Biroq cho‘kishning nisbiy miqdori
anchaga (2…3% gacha) etadi. Sement aralashmalarining qatlamlanish (suvning
ajralib chiqishi) darajasi sementning suvni tutib tura olish qobiliyati va sement hamiri
(beton) dagi dastlabki suv miqdoriga bog‘liq.
Sementning suv tutib tura olish qobiliyati o‘z navbatida sement kanchalik
mayda tuyilganiga va uning tarkibiga bog‘liq. Dastlab
ishlatilgan moddalarning
absolyut hajmlari yig‘indisi (sement-suv) ularning o‘zaro ta’sir etish mahsulotlari
absolyut hajmlar yig‘indisidan kattaligi tufayli sistema kontraksiyalanadi. Sementtosh
odatda tashqi o‘lchamlarini o‘zgartirmagan holda siqiladi. Demak, kontraksiya
natijasida sementtoshda g‘ovaklar hosil bo‘lishi va betonning
uzoq vaqtga chidam-
liligi hamda mustahkamligi kamayadi.
264
Sementning suv tutib tura olish qobiliyati va kontraksiya miqdori klinkerning
mineralogik tarkibi, mayda tuyilishi va dastlabki qorish uchun olingan suv miqdoriga
bog‘liq.
Sementtosh havoda qotayotganda,
odatda hajmi kichrayadi, ya’ni kirishadi,
suvda qotayotganda esa bir oz ortadi, ya’ni shishadi. Sementtosh juda ko‘p kirishish
(kichrayishi) va shishishi (kengayishi) mumkin. U bir oy davomida qotganda
0,5…0,6% ga kengayishi yoki kirishishi mumkin (ya’ni 1m da 5…6 mm kirishadi).
Oqibatda sementtoshga qaraganda beton bir necha baravar kam kirishsa yoki shishsa
ham yaxlit beton konstruksiyalar darz ketishi mumkin.
Qotishning dastlabki davrlaridagi kirishish
va shishish bir oyda shu
jarayonning 60…70% gacha etadi. Bunga sabab ko‘rsatilgan davr ichida
gidratlanayotgan sement donalarining namni tortish va bug‘lanish hisobiga xamir
ayniqsa tez suvsizlanishidir. Suvsizlanishi natijasida
zarrachalar bir-biriga
yaqinlashadi va sementtosh kirishadi. Vaqt o‘tishi bilan cho‘kish va shishish
deformatsiyalari to‘xtaydi, biroq atrof muxitning namligi o‘zgarishi bilan bu jarayon
yana davom etishi mumkin.
Sementtosh juda ko‘p mayda tartibsiz joylashgan kapillyardan iborat jins
bo‘lib, atrof-muhit namligiga qarab ular suvga to‘lmagan va to‘lgan bo‘lishi mumkin.
Shunga ko‘ra hajmiy o‘zgarishlar kirishish yoki shishish tomoniga rivojlanadi.
Sementtosh kimeviy reaksiyalar natijasida xam xajmiy kengayishi mumkin.
Misol uchun klinker tarkibidagi erkin ohak va magniy oksidning so‘nishi,
shuningdek, uch kalsiy alyuminat bilan gipsning o‘zaro ta’siri etishi xamda kimyoviy
reaksiyalarda ajralib chiqqan issiqlik natijasida
sementtoshda deformatsiyalar, yani
hajmiy kengayish sodir bo‘lishi mumkin.