Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

Kristallanish bosqichi. Bu bosqich portlandsement klinkerining navbatdagi va 
oxirgi qotish davri hisoblanadi. Bu bosqichda kolloid massalaridan bir-biriga 
chirmashgan kristallar hosil bo‘ladi. Natijada kristall namat yoki kristall to‘r paydo 
bo‘ladi. 
Sement klinkeri minerallarining yangi kolloid xossalari bir xilda 
kristallanmaydi. Birinchi navbatda kalsiy gidroalyuminatlardan va qisman kalsiy 
gidroksiddan kristall to‘rlar hosil bo‘la boshlaydi. Kalsiy gidrosilikatlari esa ancha 
vaqtgacha kolloid holida turadi. Shuning uchun sementning dastlabki qotish 
davridagi 
mustahkamligi 
kalsiy 
gidroalyuminatlar, 
shuningdek 
Ca(OH)
2
kristallaridan hosil bo‘ladigan kristall to‘ri mustahkamligiga bog‘liq. Biroq 
sementtosh bundan keyin asosan gidrosilikatlar hisobiga mustahkamlana boradi. 
Gidrosilikatlar asta-sekin zichlanib kristallanadi. Zichlangan kolloid massalar va 
gidrosilikatning kristall hosilalari gidroalyuminatlar va Ca(OH)
2
ning kristall 
to‘rlariga qaraganda ancha mustahkam bo‘ladi. Asosan Ca(OH)
2
bilan o‘zaro aktiv 
ta’sir etishadigan amorf qumtuproq SiO
2
dan tashkil topgan gidravlik qo‘shilmalar 
portlandsementning chuchuk suvga barqarorligini oshiradi. Buning sababi shundaki 
Ca(OH)
2
bilan o‘zaro reaksiyaga kirishganda nisbatan yaxshi eriydigan ohak qum 
tuproq bilan amalda erimaydigan kalsiy gidrosilikat CaO∙SiO
2
∙nH
2
O hosil qiladi. 
Shunday qilib, portlandsement tarkibida gidravlik qo‘shilmalar (va gips) 
bo‘lganda ikkilamchi jarayon ro‘y beradi: klinker minerallari bilan suv o‘rtasidagi 


259 
reaksiyalarning maxsulotlari va qo‘shilmalari kimyoviy o‘zaro ta’sir etishadi. 
Natijada portlandsement tishlashish muddati uzayadi va suvga barqarorligi ortadi. 
Portlandsementning tishlashish muddatlari bir qator faktorlarga ya’ni sement 
xamirining temperaturasiga, qorishmaga solinadigan suv miqdoriga, klinkerning 
mineralogik tarkibi, sementning maydalab tuyilganligi (23-jadval), gips va 
qo‘shilmalar miqdoriga bog‘liq.
Sementda tishlashishning boshlanishi va tugallanish muddatlari belgilangan. 
Sement xamirining xarakatchanligi yo‘qolgan daslabki davr sementning tishlashishi 
boshlanganligini bildiradi, uning toshdek qattiq holga kelgani esa sementning 
tishlanib bo‘lganligini bildiradi. 
Standartda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq portlandsement 45 minutdan keyin 
tishlasha boshlashi va kamida 12 soatda tishlashib bo‘lishi lozim. Yangi tayyorlangan 
beton va qorishmani sement tishlasha boshlashdan avval ishlatib bo‘lish kerak, agar 
bunday qilinmasa betonning mustahkamligi pasayib ketadi, shuning uchun 
quruvchilarning o‘zlari ishlatayotgan sementning tishlashish muddatlarini bilishlari 
juda muhim. 
Temperatura ortib borishi bilan sementning tishlashish muddati tezlashadi, 
temperatura pasayib borishi bilan esa sekinlashadi. Suv kerakli miqdordan ortiq 
qo‘shilsa ham sementning tishlashishi sekinlashadi. 
23-jadval 
Sementning solishtirma sirtining tishlashish muddatlariga ta’siri 
Sementning solishtirma 
sirti, m
2
/kg 
Tishlashish muddatlari, soat va minut 
Boshlanishi
Oxiri
225 
440 
625 
2…45 
2…30 
2…10 

5…35 
5…10 


260 
Klinker mineralogik tarkibining va solishtirma sirt miqlorining tishlashish 
muddatlariga ta’siri klinker minerallarining gidratatsiyalanish tezligi bilan 
xarakterlanadi. Sement xamirining tishlashish jarayoni C
3
A asosiy rol o‘ynaydi, uch 
kalsili alyuminat qanday tezlikda tishlashsa, gips qo‘shilmagan maydalangan 
portlandsement klinkeri ham taxminan shunday tezlikda tishlasha boshlaydi. 
Shunday qilib, portlandsement tarkibida kalsiy alyuminatlari ko‘p bo‘lsa, bu 
hol tishlashish muddatini qisqartiradi yoki zarur muddatlarda tishlanadigan sementni 
olish uchun ko‘pi bilan qancha gips qo‘shish lozimligini aniqlab beradi. 
Uchinchi guruh bog‘lovchilarining qotishi kristall hosilalarn paydo bo‘lishi bilan 
shartlanadi. Ushbu guruh bog‘lovchilari M. M. Sichyovning fikricha: erish – 
kristallanish hisobiga qotuvchi; suvni bug‘lanishi yoki qo‘shilishi hisobiga o‘ta 
to‘yinish oqibatida kelib chiquvchi kristallizatsion jarayonlar natijasida qotuvchi 
bog‘lovchilarga bo‘linadi. Erish – kristallanish vositasida qattiq zarrachalarning 
bog‘lanishi texnikada juda keng ko‘lamda qo‘llaniladi, chunonchi: sopolning 
pishishi, shisha – kristall materiallar ishlab chiqarish, quyma toshlar, o‘tga chidamli 
materiallar ishlab chiqarish sanoati, buyum va tuzilmalarni bir – biriga yopishtirish va 
h.k. 
Kristallanish hisobiga qattiq jismning hosil bo‘lishi qoruvchi suyuqlikning 
bug‘lanish jarayoni hisobiga uni suvsiz fazalar bilan yoki uni bog‘lovchi 
kompozitsiyani kukunsimon holdagi tashkil etuvchisi tarkibiga kiruvchi qisman 
suvsizlangan fazalar bilan bog‘lanish oqibatida o‘ta to‘yinishi natijasida kelib 
chiqishi mumkin. Kristallanish mexanizmi bo‘yicha qotuvchi bog‘lovchining tipik 
misoli sifatida qurilish gipsi, ya’ni yarim suvli kalsiy sulfatni keltirish mumkin. U suv 
bilan o‘zaro ta’sirga kirishib, kam eruvchi ikki suvli kalsiy sulfatini hosil qiladi. 
Maydalangan, qo‘shilmalarsiz klinkerli sement suvda qorilganda, vaqt o‘tishi 
bilan mustahkamlana boradigan va toshsimon holga o‘tadigan sementtoshga 
aylanuvchi plastik xamir hosil bo‘ladi. Anorganik bog‘lovchi moddalarning qotishi 
tug‘risida akademik A.A. Baykov va uning maktabi ishlab chiqgan klassik nazariyaga 


261 
ko‘ra bu jarayon uch bosqichga bo‘linadi. Shu bosqichlar davomida klinker kukuni 
suv bilan qorishtirilgandan so‘ng mustahkam toshsimon materialga aylanadi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish