256
Erish bosqichi. Sement klinkeri minerallari ma’lum darajada suvda eriydi.
Sement donalari suvga tushganda minerallarning yuza qatlamlari eritmaga o‘tadi,
natijada sement donalarining chuqurroqqatlamlari ochilib qoladi. Eritma dastlabki
modda-klinker minerallari bilan to‘yinmaguncha erish jarayoni davom etaveradi.
Eritmada klinker minerallari suv bilan kimyoviy birika boshlaydi. Odatdagi
sharoitlarda klinker minerallarining suv bilan o‘zaro ta’sir etish reaksiyalari ba’zi
minerallar (C
2
S va C
3
A) uchun gidratatsiya reaksiyalari, boshqalari (C
3
S va C
4
AF)
uchun gidroliz reaksiyalari bo‘ladi. Bu reaksiyalarning ketishi haqida yuqorida
batafsil gapirib o‘tilgan. Bog‘lovchilarning bunday tarzda guruhlarga bo‘linishi faqat
shartli ravishdadir, chunki istalgan bog‘lovchi kompozitsiyaning qotishida u yoki bu
ko‘rinishdagi uchchala guruhga mansub jarayonlar sodir bo‘ladi va bu erda gap
sun’iy tosh hosil bo‘lishidagi ularning turli xil roli haqida boradi. Yangi turdagi
sementlarni ishlab chiqishda eng yuqori e’tiborga birinchi guruh sazovor bo‘lib, bu
guruh gidratatsion turdagi (qorishtirish suyuqligi bo‘lib suv hisoblanadi) va turli
eritmalar (kislotalar, ishqorlar, tuz eritmalari) va suvsiz (ko‘p atomli spirtlar, organik
kislotalar, uglevodlar va h.k.) bog‘lovchilarni o‘zida birlashtiradi. Sement toshining
hosil bo‘lishi ushbu holatda kislotali – asosli xarakterdagi reaksiyalarning sodir
bo‘lishi hamda polimerlanish va polikondensatlanish jarayonlari bilan shartlanadi