Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

Kolloidlanish bosqichi. Klinker minerallari va ularning hosilalari suvda 
turlicha tezlikda eriydi. Kalsiy gidroksid suvda ayniqsa yaxshi eriydi. U uch kalsili 
silikat gidrolizlangani zaxoti ohakka tuyingan eritma hosil qiladi. Kalsiy 
gidrosilikatlar, gidroalyuminatlar, gidroferritlar distillangan suvda bir oz eriydi
ohakka to‘yingan eritmada esa butunlay erimaydi. Shu tufayli klinker minerallarining 
suv bilan o‘zaro ta’sir etishish mahsulotlari-kalsiy gidrosilikatlar, gidroalyuminatlar 
va gidroferritlar Ca(OH)
2
singari eritmaga o‘tmaydi, balki shu zaxoti kolloid 
eritmalar hosil qilib mayda-mayda qattiq earrachalar holida ajralib chiqa boshlaydi. 


257 
C
3
S yana gidrolizlanishi tufayli hosil bo‘ladigan kalsiy gidrat oksidining yangi 
ulushlari ohakka to‘yingan eritmada endi eriy olmaydi va Ca(OH)
2
xam juda mayda 
kolloid zarrachalar ko‘rinishida ajralib chiqa boshlaydi. 
Hosil bo‘lgan kolloid massalar qovushqoq va yopishqoq bo‘ladi. Shu sababli 
sement xamiri plastik va bog‘lovchilik xossalariga ega. Sement hamirining bunday 
holati betonbop qorishma uchun juda muhim ahamiyatga ega: plastik sement hamiri 
to‘ldirgichlar donalarini o‘rab oladi va shu bilan ular orasidagi ishqalanishni 
kamaytiradi, natijada betonbop qorishma yoyiluvchan va yaxshi joylashuvchan bo‘lib 
qoladi. Sement xamirining qovushqoqligi betonbop qorishmaning ayrim-ayrim 
tashkil etuvchilari shag‘al, qum va sement xamirga ajralib katlamlana boshlashiga 
to‘sqinliq qiladi. Biroq sement xamirida nisbatan qisqa vaqt ichida va faqat sement 
qorilganda keyingi dastlabki vaqtda, ya’ni kolloid massalarning anchaginasi suvga 
aralashgani va kaogulyasiyalanganda bunday hol yuz beradi. 
Klinker minerallarining yangi ulushlari suv bilan o‘zaro ta’sir etishaveradi. 
Natijada ko‘p miqdordagi suv kimyoviy birikma-gidratlar hosil qiladi. Sement 
xamiridagi erkin suv miqdori kamayadi, natijada ayrim kolloid zarrachalar bir-biriga 
yaqinlashadi, yiriklashadi va o‘zaro elimlanib qoladi. Natijada sement xamirining 
plastiklik va bog‘lovchi xossalari yo‘qoladi. Bu holda to‘ldirgichlar qo‘shib qorilgan 
sement xamiridan plastik betonbop qorishma va mustahkam beton hosil bo‘ladi. 
Sement hamirining plastiklik xossalarini yo‘qotishga va oz bo‘lsa ham 
mustahkamlanishiga 
yordam 
beradigan 
qotish 
bosqichini 
P.A. 
Rebender 
koagulyasion struktura hosil bo‘lish davri deb atadi. Shu koagulyasion struktura 
hosil bo‘lish davridagi sement hamiri mustahkamligi tishlashish mustahkamligi 
demakdir. Tishlashish darajasiga qarab shartli ravishda sement xamirining
tishlashishning boshlanish va tishlashishning tugallanish bosqichlari bo‘ladi. 
Ikkinchi guruhga yuqori konsentratsiyalangan mayda dispers suspenziyalarni o‘z 
ichiga oluvchi bog‘lovchi sistemalar (keramik shlikerlar, loyli massalar, tuproqlar) 
kirib, bularda bog‘lovchilik vazifasini suv bajaradi. Suvning bug‘lanishi kapillyar 


258 
kuchlar hisobiga tutash zarrachalarda hosil bo‘luvchi zarrachalarning zichlashishiga 
olib keladi, buning natijasida avval koagulyasion struktura hosil bo‘ladi. 
Bug‘lanishning davom etishi bilan koagulyasion strukturalar ma’lum sharoitlarda 
koagulyasion yoki kristalizatsion strukturalarga o‘tishi mumkin. Koagulyasion 
strukturalarning barqarorligi vander-vaals ilashish kuchlarining yuzaga kelishi bilan 
tushuntiriladi, bunday strukturalarning mustahkamligi yuqori bo‘lmaydi. Shunga 
qaramay, ushbu guruh bog‘lovchilari keng qo‘llaniladi – kulolchilikda quyma 
shlikerlar 
tayyorlash, 
katalizatorni 
cho‘ktirishda, 
yupqadispers 
ruda 
konsentratlarining qumoqlashishi kabi jarayonlar bunga misol bo‘la oladi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish