-§. Kalsiy gidrosilikatlarning hosil bo‘lish sharoitlari va barqarorligi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

3-§. Kalsiy gidrosilikatlarning hosil bo‘lish sharoitlari va barqarorligi 
CaO—SiO
2
—H
2
O sistemasi juda murakkab, u avtoklavda temperatura va 
bosimning o‘zgarishi vaqtida vujudga keladigan va yo‘qoluvchi ko‘plab metastabil 
barqaror bo‘lmagan fazalarga ega. Masalan, yaqin vaqtlargacha ikki kalsiy 
gidrosilikat portlandsement gidratatsiyasining asosiy mahsuloti deb hisoblanar edi. 
Endilikda esa bunday sharoitlarda C
3
S
2
H

hosil bo‘lishi isbotlandi. 
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, CaO—SiO
2
—H
2
O sistemasida avtoklav 
mahsulotlari ishlab chiqarishning real sharoitlarida muvozanat holatga amaliy 
jihatdan erishib bo‘lmaydi. Avtoklav materiallarning sementlovchi moddasi stabil va 
metastabil kalsiy gidrosilikatlar tarzida bo‘ladi. 
Turli asoslardagi ohak-kumtuproq aralashmalari ustidan keng temperatura 
intervalida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, gidrotermal ishlov jarayonidagi 
faza o‘zgarishlari tosh mustahkamligining vaqt-vaqti bilan keskin o‘zgarishiga olib 
keladi. 


254 
Kalsiy gidrosilikatlar sintezi ohakning to‘liq bog‘lanishi bilan, shuningdek
keyinchalik uning ilgari hosil bo‘lgan metastabil fazalar kristall turlarining qayta 
tuzilishi sababli qisman ajralishi bilan birga kechadi. Biroq, erkin ohak bilan 
mahsulot mustahkamligi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik ko‘zatilmagan. 
Temperatura ko‘tarilgan sari mustahkamlik holati yana ham asosli 
gidrosilikatlarga o‘taveradi, ayni vaqtda gidrosilikatlarining asosliligi boshlang‘ich 
mahsulotlarning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.: Ularning asosliligi qanchalik yuqori 
bo‘lsa, avtoklavda yana ham yuqori asosli gidrosilikatlar hosil bo‘ladi. 
P.I.Bojenov bir qancha ishlarni analiz qilib avtoklav materiallar texnologiyasi 
uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim xulosalarni chiqardi 
1. Ohak va kvarsning C/S =2 va undan yuqori aralashmalari uchun 175… 
200
0
C temperaturada, albatta aralashma tarkibida C
2
SH(V) bilan birga C
2
SH(A) ham 
hosil bo‘ladi. Barcha temperaturalarda kalsiyning bu ikki gidrosilikatlar aralashmasi 
qayd etiladi. Agar aralashma ohak hamda amorf SiO

dan tayyorlangan bo‘lsa faqat 
C
2
SH(B) hosil bo‘ladi. Agarda C
2
S ga avtoklav ishlovi berilsa, 200…225
0

temperaturada hosil bo‘lgan ikki kalsiy gidrosilikatning tarkibini belgilash mumkii. 
Temperaturaning asta-sekin o‘zgarishi 175…200
0
C temperaturada ham (avtoklavdagi 
bosim 0,9…1,2 MPa) C/S=2 va undan ortiq nisbatdagi aralashma tayyorlash uchun 
foydalanilgan dastlabki mahsulotlar strukturasiga bog‘liq ravishda xilma-xil 
gidrosilikatlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. 
2.Z faza 130…150
0
C temperaturada C/S<1 tarkibli aralashmada barqaror 
hisoblanadi. Temperaturalar farqi juda kichik, bu esa hosil bo‘lish sharoitlarining 
cheklanganligiga dalildir. 
3. Tobermorit 120…140
0
C temperaturada C/S ning nisbati 1:1 dan 5:4 gacha 
bo‘lgan aralashmalardan hosil bo‘lishi mumkin. 
4. Ikki kalsiy gidrosilikatlar barqaror bo‘lmagan 100
0
C dan past temperaturada 
C
2
SH
2
ancha barqaror birikmalarga aylanadi, ya’ni CSH(B) va Ca(OH)
2

5. C
3
S va C
2
S moddalar gidratatsiyalanganda C
2
SH

hosil bo‘ladi, u aralashma 
tarkibida faqat Ca(OH)
2
ning miqdori ko‘p bo‘lganda va past temperaturalarda 


255 
barqarordir. Tarkibida C
2
S bo‘lgan, aktivligi past bog‘lovchi moddalarning normal 
qotishida Ca(OH)

qo‘shilishi shu bilan izohlanadi. 
6. C
3
S keng temperatura oralig‘ida: 20
0
C dan 280…300
0
C gacha darhol ikki 
kalsiy gidrosilikatlarga aylanib, Ca(OH)
2
ajralib chiqadi. Bunda boshlang‘ich 
mahsulot C
3
S birikmasidan tarkib topgan bo‘lishi shart emas, aralashma tarkibida 
CaO:SiO
2
=3:1 bo‘lsa kifoya. Temperatura 210…280
0
C bo‘lganda C
3
SH barqaror 
turadi, temperatura pasaygani sayin u parchalanib Ca(OH)
2
ajralib chiqadi. 
7. Bir kalsiy gidrosilikatlar eng barqarordir. Ular C/S tarkibida 2/3 dan 3/1 
miqdorda juda keng 20…350
0
C temperatura intervalida bo‘ladi. 
8. Past asosli aralashmalarda individual fazalar ustun keladi: girolit, tobermorit, 
ksonotlit va ayniqsa CSH(B). Dastlabki aralashmada CaO miqdori ortib
borishi bilan turli gidrosilikatlar aralashmasining hosil bo‘lishi kuzatiladi va 
barqarorlikni ta’minlovchi temperaturalar intervali kamayadi. 
Barqaror birikmalarning hosil bo‘lishi erkin energiya ajralishi bilan bog‘liq. 
Kimyoviy energiya zahirasi qanchalik kam bo‘lsa kimyoviy birikma shunchalik 
barqaror bo‘ladi. Aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, kalsiy gidrosilikatlarning 
barqarorligiga aralashma tarkibi va temperatura sharoitlari ta’sir ko‘rsatadi. 
So‘nggi yillarda Sankt-Peterburg qurilish materiallari institutining qurilish 
materiallari kafedrasida P.I.Bojenov rahbarligida o‘tkazilgan tajribalar natijasida 
magniy-gidrosilikatlar asosida ham sun’iy tosh olish mumkinligi isbotlandi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Kalsiy gidrosilikatlarning hosil bo‘lish sharoitlari va barqarorligi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish