246
gidrosilikatlarning xossalarini (ksonotlit, gillebrandit, tobermorit va boshqalar)
izohlab berdi.
Kalsiy gidroalyuminatlari odatdagi temperaturalarda hosil bo‘ladi,
yuqori
temperaturalarda esa ularning barqarorligi past, shuning uchun kalsiy alyuminatlar
ko‘p bo‘lganda avtoklav ishlovi berishga alohida zarurat qolmaydi.
Klinker materiallarining qotish sharoitlari sementtoshning
mustahkamligiga
ta’sir
etadi.
Yuqori
bosimli
bug‘
ta’sirida
ko‘pincha
gidrosilikatlar
mustahkamligining ortishi va kalsiy gidroalyuminatlari mustahkamligining pasayishi
ko‘zatiladi. Tabiiy gidrotermal mahsulot davomli geologik vaqt mobaynida
mukammal kristallanishga erishadi, bu holasosan barqaror minerallar hosil bo‘lishini
ta’minlaydi. Texnologik sintez mahsulotlari esa nixoyatda qisqa vaqt mobaynida
vujudga keladi. Texnik-iqtisodiy faktorlar doim
ishlab chiqarish jarayonini
tezlashtiradi, bu ko‘pincha o‘z xossalarini vaqt va xizmat sharoitlariga bog‘liq
ravishda o‘zgartiruvchi metastabil mahsulotlar hosil bo‘lishiga olib keladi.
Shuni ta’qidlash kerakki, tabiiy minerallar (kalsiy gidrosilikatlar) yirik konlar
tarzida uchramaydi, ularning ayrimlari esa shu qadar kam uchraydiki, ular hatto ilmiy
tadqiqotlar uchun ham etarli bo‘lmaydi.
N.V.Belov gidrosilikatlarda tetraedrlarning bir qismini (SiO
2
)
4-
teng qiymatli
va teng hajmli gruppalarga (OH)
4-
qaytarma almashtirish mumkinligini ko‘rsatib
berdi. Uning fikricha, gidrosilikatlar strukturasi asosida bir ustun kalsiy oktaedrlar va
ikki ustun kalsiy prizmalaridan tashkil topgan vollastonitli blok yotadi. Ana shu blok
bo‘ylab kremniy kislorodli tetraedrlarning bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan ikki
zanjiri joylashadi. Suvsizlanganda ko‘pchilik gidrosilikatlarning
x yoki
=CaO
SiO
2
shakli hosil bo‘ladi. Oz sonli minerallargina
degidratsiya vaqtida
yoki
=2CaO
SiO
2
hosil qiladi. Faqat afvillit—Ca
3
2H
2
O[SiO
3
(OH)]
2
bu hodisadan
mustasno. Uning strukturasi tetraedrlar zanjiridan tuzilgan bo‘lmay, balki SiO
3
2+
orolsimon radikaldan iborat.
247
Kalsiy gidrosilikatlarini kalsiy silikatlarning gidratlari deyish mumkin.
Ayrim
gidrosilikatlarda, suv turlicha bog‘langan bo‘ladi: OH, H
2
O-gidratli, kristalik, seolitli.
SHuning uchun ularning degidratatsiyasi ham turlichadir.
Ko‘pgina manbalarga asoslangan holda Teylor kalsiy gidrosilikatlarning
kuyidagi asosiy gruppalarini belgiladi
1.
Strukturasiga ko‘ra vollastonitga yaqin birikmalar: nekoit, okenit,
ksonotlit, fashogit, gellebrandit.
2.
Tobermoritli
3.
Gidrolitli: gidrolit, truskottit, Z-faza (Assarson).
4.
–C
2
S strukturasiga ko‘ra yaqin birikmalar: kalsiy xondrodit (gidrat
-
C
2
S).
5. Boshqa kalsiy gidrosilikatlar: afvillit, gidrat C
2
S, Y-faza.