|
Sement zavodlarida ishlab chiqarishni tekshirishBog'liq Qurilish materiallari texnologiyasiSement zavodlarida ishlab chiqarishni tekshirish. Zamonaviy sement
zavodlarida olinayotgan xom ashyo, yarim fabrikat hamda tayyor mahsulot-
sementning talab qilingan sifatda bo‘lishini ta’minlash uchun asosiy jihozlarning
belgilangan texnologik rejimda ishlashiga juda jiddiy e’tibor qilish kerak. Shuning
uchun ishlab chikarishni tekshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Xom ashyo materiallarini maydalash darajasi va maydalangan mahsulot
o‘lchami hamda donadorlik tarkibi belgilanganga qanchalik mos ekanligi tekshirib
turiladi. Xom ashyo tuyish sexida tuyish namligi va qanchalik mayda tuyilgani
tekshiriladi. Bir qancha xom ashyo komponentlari baravariga maydalanayotganda
ishlanayotgan aralashma tarkibi belgilangan tarkibga qay darajada mosligi
tekshiriladi. Tayyor mahsulotni tuyish sexida ham shu tariqa tekshiriladi.
Pishirish sexida texnologik rejimga (pishirish temperaturasi, materiallarning
pech zonalarida bo‘lishi muddatlari), tutun gazlar temperaturasi va tarkibi, yoqilg‘i va
pishiriladigan materiallar sifati, pishirish natijalariga qanday rioya qilinayotgani
kuzatib boriladi.
Xom ashyo materiallari, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlar sifati
texnologik jarayonning barcha boskichlarida-xom ashyo zavodga olib kelingan
paytdan boshlab tayyor maxsulot jo‘natilgunga qadar tekshirilib, kuzatib boriladi.
Ishlab chiqarishni tekshirishi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
tekshirish uchun olingan namuna materiallarning o‘rtacha sifatiga mos kelishi
lozim;
namuna olinadigan joy to‘g‘ri tanlanishi va texnologik parametrlar to‘g‘ri
aniqlanishi shart (temperatura, namlik, aralashmalarning harakatchanligi va
boshqa parametrlar);
jihozlarning ish rejimi tekshiriladigan joy to‘g‘ri tanlanishi kerak;
namunalarni takror olish vaqti va uning miqdori to‘g‘ri tanlanishi lozim;
tekshirish jarayoni iloji boricha to‘la avtomatlashtirilgan va tekshiruvchi
qupilmalar masofadan turib boshqariladigan bo‘lishi kerak.
Hozirgi kunda tekshirish uchun namunalar avtomatik yo‘l bilan olinadi.
|
| |