224
uchun bir minutga yaqin vaqt talab qilinadi Bu vaqt ichida harorat 750–800 °C gacha
ko‘tariladi va materialning qisman dekarbonizatsiyalanishi sodir bo‘ladi.
Dekarbonizatsiyalanish
darajasi
pech
tashqarisidagi
siklonli
issiqlik
almashtirgichlarning turiga ko‘ra 30–40%
gacha tashkil etadi,qo‘shimcha reaktor
qo‘llanishida esa (dekarbonizator) 90–95% ga etadi. Issiqlik almashtirgichlar
qurilmalaridan o‘tgach xomashyo aralashmasi aylanma pechga kiradi, siklonli issiqlik
almashtirgichlardan chiquvchi gazlar esa xomashyo maydalovchi tegirmonlarga yoki
sovutgich orqali kollektorlarga o‘tadi, bu erga tegirmonlar orqali o‘tgan gazlar bilan
birlashadi. Chiqib ketuvchi gazlar kollektor ichidan chiqishda elektrofiltrlar
vositasida tozalanib dimosos yordamida tutun mo‘rxonaga yo‘naltiriladi. Hozirgi
paytda sement ishlab chiqarish eng keng tarqalgan quruq
usulda ishlovchi diametrli
6,4 m diametrli, uzunligi 95 m bo‘lgan va 125 t/soat unumdorlikdagi aylanma pechda
amalga oshiriladi.
32-Rasm. Quruq usulda portlandsement ishlab chiqarishning texnologik
sxemasi
225
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ho‘l usulda portlandsement ishlab chiqarishda
xom ashyo komponentlari yaxshi aralashadi va xom ashyo aralashmasi tarkibini
to‘g‘rilash oson bo‘ladi. Shuning uchun bir kondan olinayotgan xom ashyo kimyoviy
tarkibi jixatdan nihoyatda xilma-xil bo‘lsa, ho‘l usuldan, xom ashyo tarkibi bir xil va
uning namligi 10…15% bo‘lsa quruq usuldan foydalanilgani ma’qul.Chunki issiqlik-
texnik va iqtisodiy jihatdan keyingi usul afzal. Masalan, xom ashyo aylanma
pechlarda quruq usulda kuydirilayotgan bo‘lsa, yoqilg‘i ho‘l usuldagina nisbatan
20…30% kam sarflanadi.
Bundan tashqari, quruq usul yana shuning uchun ham
afzalki, bu usulda ancha tejamli pechlar, masalan, siklonli issiqlik almashtirgichlar
o‘rnatilgan aylanma pechlarni ishlatish mumkin.
Xom ashyoda toshsimon aralashmalar ko‘p bo‘lsa ham quruq usuldan
foydalangan ma’qul, chunki ho‘l usulda xom ashyoning
anchagina qismini sharli
tegirmonlarda maydalashga to‘g‘ri keladi. Biroq, xom ashyo materiallarini boyitish
zarur bo‘lsa, ho‘l usul qo‘llagan yaxshi. Masalan, gil kvars qumi bilan, ohaktosh esa
gil bilan ko‘p ifloslangan bo‘lsa, aralashma tarkibidagi silikat tashkil etuvchi qum
donalari gil chayqatgichlarda maydalanadi va ajratib tashlanadi.
Xom ashyo materiallari o‘rnida suvda oson iviydigan materiallar, masalan, bo‘r
va gil ishlatilsa, ho‘l usul qulay hisoblanadi. Chayqatgichlarda maydalash uchun shar
tegirmonlarda maydalashga qaraganda bir necha marta kam elektr energiyasi
sarflanadi, ishlatish xarajatlari ham ancha kam bo‘ladi.
Tabiiy nami juda ko‘p bo‘lgan xom ashyo materiallaridan foydalanilganda
ishlab chiqarishni ho‘l usulda tashkil etgan ma’qul.
Portlandsement ishlab
chiqarishda qaysi usuldan foydalanishdan kat’i nazar, uning texnikaviy va qurilishga
xos xususiyatlari deyarli bir xil bo‘ladi. Kelajakda sement sanoati futerovka
mustahkamligini oshirish, pechlarda nssiqlikdan foydalanishni yaxshilab, yanada
sifatli maydalovchi-jismlar ishlatish, pechdan chiqqan changdan foydalanish, remont
xizmati
ishining sifatini yaxshilash, asbob-uskunalarning vaqt hamda unumdorligi
bo‘yicha notekis ishlashiga barham berish, remont vaqtini qisqartirish va hokazolar,
226
asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, kapital mablag‘larning
samaradorligini oshirish kabi masalalarni amalga oshirmog‘i lozim.
Pechning nisbiy ish unumdorligini oshirish maqsadida klinker hosil bo‘lish
jarayonini tezlashtirishga kuydirish temperaturasini oshirish orqali erishish mumkii.
Biroq aylanma pechlarda temperaturaning ko‘tarilishiga futerovkaning barqarorligi
halqa va katta kesak hamda guvalasimon mahsulotlar hosil bo‘lish xavfi mone’lik
qiladi, ayni vaqtda temperaturaning ko‘tarilishi issiqlikning nisbiy sarfini oshiradi.
Shuning uchun yuqori temperaturalarda klinkerni kuydirish imkonini beruvchi yangi
kuydirish apparatlari zarur.
Yuqori temperaturada klinker olish jarayoni shu bilan farqlanadiki, xom ashyo
aralashmasi 1800…2000°C gacha tez qizdirilganda karbonatlar hamda gilli
minerallarning dissotsiatsiyalanish davrlari oksidlarning o‘zaro ta’sirlashuv
davriga
muvofiq keladi.
Yuqori temperaturada vujudga keladigan oksidlar hosil bo‘lish vaqtida juda
aktivligi tufayli, bir-biri bilan darhol o‘zaro ta’sirlashuvga kirishadi. Bunda reaksiya
oksidlarning dastlabki hosil bo‘lishidagiga nisbatan ancha tez kechadi.
Yangi kuydirilgan klinkerni tez va yaxshi sovitish muhim bo‘lib, buning uchun
juda takomillashgan konstruksiyali sovutqichlar zarur. Tez kuydirish va tez sovitish
faqat mehnat unumdorligini oshiribgina qolmay, balki sement sifatini yaxshilashda
ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Klinkerni yuqori temperaturada tez vaqt ichida kuydirish
usulida chiqayotgan
issiqlikdan qayta foydalanish katta ahamiyatga ega, bu o‘z navbatida, yoqilg‘i sarfini
kamaytirish, shuningdek, hosil bo‘ladigan mahsulotning yuqori sifatli bo‘lish
shartlaridan biri-xom ashyo aralashmasining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi
reaksiyaning tugallanishini ta’minlash imkonini beradi.
Katta o‘lchamli yuqori ish unumiga ega bo‘lgan aylanma pechlardan
foydalanish, shuningdek, yangi kuydirish qurilmalar ishlatish,
sement sifatini
oshirish, xilma-xil ixtisoslashtirilgan sement turlari ishlab chiqarish uchun
qo‘llanilayotgan o‘tga chidamli materiallarning xususiyatlarini yana ham yaxshilash
227
uzoq vaqt xizmat qiladigan o‘tga chidamli materiallarning yangi turlarini topishni
talab etadi.