230
Hozirda portlandsement qanchalik mayda tuyilganini aniqlashning ikki usuli
bor:
1) ikkita elakda elash: yuqorigisi 02 nomerli, pastkisi 008 nomerli;
2) sement donalari solishtirma sirti o‘lchanadi (m
2
/kg hisobida).
Odatda, portlandsementning qanchalik mayda tuyilgani 02
nomerli elakdan
elanishi va 008 nomerli elakda 5…8% qoldiq qolishiga qarab aniqlanadi. SHunda
sementning solishtirma sirti 250…300 m
2
/kg ga to‘g‘ri keladi.
Amalda kukunlashning ikki xil sxemasi ishlatiladi: ochiq sikl va yopiq sikl.
Klinkerni ochiq sikl bo‘yicha tuyayotganda materiallar tegirmondan qo‘shimcha
ishlovsiz bevosita tayyor maxsulotlar omboriga yuboriladi.. Yopiq siklda esa
tegirmondan chiqqan materiallar
separatorlarda elanadi, sementning yirik donalari
qayta tuyishga yuboriladi, maydasi esa tayyor maxsulotlar omboriga jo‘natiladi.
Yopiq sikl bo‘yicha tuyish ancha takomillashtirilgan sxema hisoblanadi.
Sementning mayda zarrachalari ajratib olinsa, tegirmoning ish unumi oshadi, chunki
mayda zarrachalari maydalovchi jismlarga yopishib qolganda,
jismlarning urishish
kuchi bo‘shashadi: sementning juda mayda zarrachalari o‘z sirtida havoni
adsorbsiyalaydi va maydalovchi jismlar hamda tegirmon devorlarida hosil bo‘lgan
o‘ziga xos «yostiq» maydalovchi jismlar zarbi va ishqalash ta’sirini
amortizatsiyalaydi. Maydalanayotgan butun massadan mayda donalarni tinimsiz
ajratib turish uchun tegirmonga havo yuboriladi.
Havoning harakat tezligi
tegirmondan ma’lum o‘lchamdagi sement zarrachalari chikadigan qilib belgilanadi.
Xuddi shu havo oqimi yordamida sement omboriga (ochik sikl bo‘yicha
tuyayotganda) yoki seperatorga (yopiq sikl bo‘yicha tuyayotganda), so‘ngra esa
omborga yuboriladi. Uzatilayotgan chang-havo aralashmasidagi sement zarrachalari
siklon va filtrlarda tutib qolinadi.