-§ Klinkerni aylanma pechlarda kuydirganda sodir bo‘ladigan




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

4-§ Klinkerni aylanma pechlarda kuydirganda sodir bo‘ladigan 
jarayonlar 
Xom ashyo aralashmasi aylanib turuvchi pechlarda kuydirilganda fizik va 
fizik-kimyoviy jarayonlar sodir bo‘lishi natijasida ko‘maklashib pishgan, o‘lchamlari 
2…3 sm dan iborat donalar shaklidagi C
3
S, C
2
S, C
3
A, C
4
AF va shishasimon qismdan 
tarkib topgan klinker hosil bo‘ladi. 
Tashqi havo temperaturasidagi shlam pechga tushishi bilan u temperaturasi 
700…800
0
C gacha tutun gazlarning keskin ta’siriga uchraydi. Bunday yuqori 
temperatura ta’sirida shlam tezda 100
0
C gacha (suvning qaynash temperaturasigacha) 
isiydi va shu vaqtda shlam tarkibidagi suv bug‘lana boshlaydi. Shlam asta-sekin 
quyyuqlashadi, uning tarkibidagi nam ancha kamaygandan so‘ng yirik kesaklar 
ko‘rinishiga keladi. Kesaklar keyinchalik mayda parchalarga bo‘linib ketadi, chunki 
shlamning loy komponenti namni yo‘qotgach, qovushqoqligi susayadi. Mexanik
aralashtirilgan shlam namligining bug‘lanish jarayoni (shlamning qurishi) tahminan 
200
0
C temperaturagacha davom etadi. Chunki mayda g‘ovaklar va kapillyardagi nam 


216 
sekin bug‘lanadi. 200
0
C gacha temperaturada shlamda ketadigan jarayonlari 
xarakteriga qarab, pechning bu zonasi quritish zonasi (1) deb ataladi. 
Material surila borib, yanada yuqori temperatura zonasiga tushadi, shunda xom 
ashyo aralashmasida kimyoviy jarayon rivojlanadi: 200…300
0
C dan ortiq 
temperaturada organik aralashmalar yonib ketadi va kaolin hamda loy tarkibidagi 
boshqa suvli alyumosilikatlar degidratatsiyalanadi. Loy minerallari tarkibidagi 
kimyoviy bog‘langan suvni yo‘qotishi (degidratatsiyalanishi) natijasida loy o‘zining 
bog‘lovchilik xususiyatini batamon yo‘qotadi va shlam bo‘laklari kukunga aylanib 
qoladi. Bu jarayon taxminan 600…700
0
C temperaturagacha davom etadi. 
200…700
0
C gacha temperatura oralig‘ida o‘tayotgan jarayonlar pechning 
degidratatsiya zonasini xosil qiladi.. Temperatura 800
0
C ga etganda shlamdagi 
ohaktosh komponenti quyidagi reaksiya bo‘yicha parchalanadi 
CaCO
3

CaO+CO
2
Karter oxaktoshning parchalanishini kuyidagi sxema shaklida keltirgan (30 -
rasm ) 
30-Rasm. Karbonatning parchalanish reaktsiyasi. 


217 
800
0
C temperaturada kalsiy karbonatning ana shu dissotsiyalanish jarayoni 
juda sust o‘tadi, so‘ngra temperatura ortishi bilan keskin kuchayadi. Amalda CaCO
3
1000
0
C da tez va to‘la dissotsiyalanadi.
Xom ashyo aralashmasi 700…1000
0
C temperatura zonasida bo‘lishi natijasida 
kalsiy oksid hosil bo‘ladi. Shuning uchun pechning bu zonasi kalsiylanish zonasi deb 
ataladi. 
Bu zona ko‘p davom etganiga qaramay unda material temperaturasi nisbatan 
sekin ortadi. Bunga sabab shuki, issiqlik asosan CaCO
3
ning parchalanishi uchun 
sarflanadi; 1kg CaCO
3
ni CaO va CO
2
ga parchalanish uchun 1780 kJ issiqlik sarflash 
talab qilinadi.
Xom ashyo aralashmasida kalsiy oksidning paydo bo‘lishi va jarayondagi 
yuqori temperatura gil tarkibidagi kremniy, alyuminiy va temir oksidlarining kalsiy 
oksid bilan o‘zaro kimyoviy tasir etishiga olib keladi. Bu o‘zaro ta’sir etishish qattiq 
holat (qattiq fazalar) da ruy berishi mumkin. Yuqori temperaturada moddaning 
kristall to‘ridagi atom va molekulalar shunday kuch bilan tebrana boshlaydiki, bunda 
ikkinchi modda atom va molekulalari bilan o‘rin almashishi mumkin bo‘lib qoladi. 
Shuning uchun moddalarning qattiq holatida reaksiyalar sodir bo‘ladi. Bu reaksiyalar 
ikki modda yuzasida o‘tadi. By esa xom ashyo komponentlarini juda maydalab tuyish 
va yaxshilab aralashtirish zarurligini ko‘rsatadi. 
680…1000
0
C temperaturada oraliq birikma 2CaO∙SiO
2
∙CaCO
3
(«spurrit» 
minerali) hosil bo‘ladi. Uning parchalanishi past temperaturalarda C
2
S ning 
kristallanishiga imkon beradi. 2CaO∙SiO
2
∙CaCO

birikmasini Eytel, Kourtayl, 
Kryogar, Illner, Luginina sintez qilganlar. Xerr, Xennig, Sholse ko‘p miqdorda 
spurritni MgCl
2
, FeCl
3
, KSl
2
ishtiroqida 750°C temperaturada hosil bo‘lishini 
aniqlashgan. Bu ko‘rsatilgan moddalar reaksiyaning ketishiga katalitik ta’sir 
ko‘rsatgan. 
800
0
C dan yuqori temperaturada spurrit parchalanadi va o‘ta reaksiyaga 
kirishishiga moyil C
2
S ni hosil qiladi. Ishqor va ftor tuzlari spurrit hosil bo‘lish 
jarayonini tezlatishi ham aniqlangan. Shu sharoitda xom ashyo tarkibida 


218 
12CaO∙7Al
2
O
3
∙2,5CaCO
3
birikmasi borligi ham topilgan. Spurritning parchalanish 
temperaturasi ko‘p hollarda 840…920
0
C. Ularning minerali (C
2
S) va CaO ga 
parchalanadi. Kurdovskiyning ko‘rsatishicha, spurrit CaCO
3
ga nisbatan yuqori 
temperatura ta’siriga chidamlidir. Bu esa o‘z navbatida spurrit tarkibidagi CaCO
3
ning pech ichida parchalanishini kechiktiradi. 
Qattiq fazalarda reaksiyalar 1000…1350
0
C temperatura oralig‘ida ro‘y beradi. 
Bu reaksiyalar ekzotermik reaksiyalardir. Shuning uchun pechning bu zonasi 

Download 6,08 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§ Klinkerni aylanma pechlarda kuydirganda sodir bo‘ladigan

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish