Qattiq fazali reaksiyalar bosqichida mineral hosil bo‘lishi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

Qattiq fazali reaksiyalar bosqichida mineral hosil bo‘lishi 
Klinker minerallarining sintezi, alit fazasini istisno etgan holda, asosan qattiq 
fazali reaksiyalar yo‘li bilan boradi. 1250–1280 °C haroratda qattiq fazali reaksiyalar 
va jarayonlar suyuq fazali pishish bilan almashinadi, va bunda kuydirilayotgan 
aralashmalarda eritma – klinkerning suyuq fazasi paydo bo‘ladi. Ilgari aytib 
o‘tilganidek, qattiq fazali reaksiyalar fazalarning ajralish yuzasida boruvchi 
reaksiyalar hisoblanadi. 
Sement xomashyosini kuydirishda mineral hosil bo‘lish ketma-ketligi 
shixtalarning komponent tarkibiga va alohida komponentlarning mineralogik 
xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Kuydirish agregatidagi massa olib o‘tilishi, materialning 
pech uzra notekis harakatlanishi va surilishi kabi omillarning faza o‘zgarishlarining 
borishiga ko‘rsatadigan ta’siri, pech gazlari atmosferasi tarkibining o‘zgaruvchanligi 
va h.k. boshqa sabablar, mineral hosil bo‘lish jarayonlarining real sharoitlarga nisbat 
qilib olgandagi tahlili nihoyatda katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Fazaviy 


206 
o‘zgarishlarning borishi to‘g‘risidagi ma’lum farazlar hosil qilinishi uchun 22 rasm 
keltirilgan. Bunda laboratoriya sharoitlarida texnik xomashyo shixtasini termoishlov 
berish yo‘li bilan aniqlangan, kuydiriluvchi materialda turli fazalarning mavjudlik 
sohalari ko‘rsatilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, C
3
A va C
4
AF fazalar 1250 °C dan 
ortiq haroratda fazalar sifatida mavjud bo‘lmaydi va faqatgina klinker eritmasining 
kristallanishida paydo bo‘ladi. 
Mineral hosil bo‘lish ketma-ketligini umumiy ko‘rinishda ko‘rib chiqamiz. 
Kalsiy karbonat, SiO
2
, Al
2
O
3
va Fe
2
O
3
o‘rtalaridagi reaksiyalar 550–600°C 
haroratdayoq boshlanadi. Tuproq minerallarining degidratatsiyasi (450–600°C) va 
parchalanishi (700–1000°C) juda ham reaksion qobiliyatli oksidlarni yoki
metabarqaror birikmalarning hosil bo‘lishiga olib keladi. 
Tuproq minerallarining, kalsiy karbonatining parchalanishi va yangi 
fazalarning hosil bo‘lishi bir vaqtda sodir bo‘ladi. Avval kalsiy bilan birikkan CA, CF 
birikmalar hosil bo‘ladi va ularharoratning ortib borishi bilan C
12
A
7
, C
3
A va C
2
F kabi 
asosiy fazalarga o‘tadi. Erkin kalsiy oksidi salmoqli miqdorlarda 800–900 °C 
haroratda hosil bo‘ladi va uning miqdori berilgan xom ashyo aralashmasi uchun 
maksimal tarzda bo‘lishi mumkin bo‘lgan miqdorga etmaydi. 
Xom ashyoda Na
+
, K
+
, Fe
3+
, Al
3+
ionlarining katalizatorlik ta’siri hisobiga 
mavjud bo‘luvchi kvars 800–1000 °C haroratdayoq yuqori reaksion shakl – 
kristobalitga aylanadi. Xomashyoda mavjud bo‘lgan aralashma P
2
O oksidlari 600–
800 °C haroratda«qattiq fazali» reaksiyalarning o‘tishini jadallashtiruvchi birlamchi 
mikroeritmalar (polietevtektikalar) hosil qiladi. Bundan tashqari turli-tuman oraliq 
fazalar ham hosil bo‘ladi. Bunday fazalarga spurrit–2(C
2
S) · CaCO
3
kiradi va u 940 
°C haroratda dissotsiatsiyalanadi. Shuningdek kalsiy sulfosilikati– 2C
2
·CaSO

hosil 
bo‘lib, uning parchalanishi 1300°C haroratda sodir bo‘ladi, Na
2
· CaCO
3
, Na
2
CO
3
· 
2Na
2
SO
4
, K
2
Ca(CO
3
)

birikmalar 830°C haroratgacha beqarorliklarini saqlab 
turadilar. Shu bilan birga quyidagi: KC
23
S
12
, NC
8
A
3
, 3C
3
S · CaF
2
, 2C
2
S · CaF
2

C1
1
A
7
· CaF
2
, 3CA · CaF
2,
CaSO
4
· 3Na
2
SO
4
, 3(CA) · CaSO
4
, 2CaSO
4
· K
2
SO
4
, va 
boshqa qattiq eritma va birikmalar hosil bo‘ladi. 


207 
Pishishning qattiq fazali bosqichida boruvchi reaksiyalar ko‘pchilik hollarda 
ko‘pbosqichli reaksiyalar bo‘lib hisoblanadi. Masalan, CaO – SiO
2
sistemasida 
minerallar sintezi jarayoni C
2
S → CS → C
3
S

→ C
3
S qatorida amalga oshadi. 
Xomashyo portlandsement shixtalarida kalsiy silikatlarining hosil bo‘lishi juda past 
600–700 °C haroratda kuzatiladi, biroq 800–900 °C gacha bunday reaksiyalarning 
tezligi juda sezilarsiz bo‘ladi. Temir oksidlari CaO bilan o‘zaro ta’sirga 550– 600 °C 
haroratdayoq kirishib, bir qadar miqdorda CaO- Fe
2
O
3
bir kalsiyli ferritni hosil 
qiladi va u 900–1000 °C haroratda 2CaO · Fe
2
O
3
– ikki kalsiyli ferritga aylanadi. 
900–1000 °C haroratlarda C
2
S fazasining hosil bo‘lish reaksiyasi tezlashadi, C
12
A
7
fazasi va C
2
AS – gelenit fazasi hosil bo‘ladi, 1100 °C haroratda gelenit quyidagi 
reaksiya bo‘yicha parchalanadi 
2CaO · Al
2
O

· SiO+CaO → 2CaO · SiO
2
+3CaO · Al
2
O
3
Qattiq fazali reaksiyalar haroratlari oralig‘ida, sistemada barqaror eritma hosil 
bo‘lishiga qadar (1250–1280 °C gacha) C
3
A va C
4
AF hosil bo‘lish jarayoni 
tugallanadi 

Download 6,08 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qattiq fazali reaksiyalar bosqichida mineral hosil bo‘lishi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish