Xom ashyo aralashmasi (shlam) ni kuydirish




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

Xom ashyo aralashmasi (shlam) ni kuydirish. Shlam ho‘l yoki quriq usulda 
tayyorlangan bo‘lishidan qatiy nazar aylanma pechlarda kuydiriladi. Hozirgi aylanma 
pechlar po‘latdan yasalgan barabandan iborat. Metallni yuqori temperatura ta’siridan 
saqlash va issiqlik kam isrof bo‘lishi uchun pechning ichiga o‘tga chidamli 
materiallar qoplanadi (futerovka qilinadi). Bu o‘tga chidamli materiallar ishlash 
sharoitiga qarab tanlanadi. Qoplama sifatida A va B klassdagi shamot g‘isht,
gil-
tuproq va magnezial o‘tga chidamli g‘isht ishlatiladi. Qoplama sifatida ancha arzon, 
o‘tga chidamli beton ishlatish tajribasi ham bor. Ammo bu material hozircha faqat 
tajriba sifatida ishlatilmoqda. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston zavodlarida klinkerning asosiy qismi 3x100, 4x150, 
4,5x170, 5x60 va 7x90 m o‘lchamli pechlarda ishlab chiqarilmoqda. Ularning bir 
sutkadagi klinker bo‘yicha ish unumi 400, 800, 1200 va 1800 tonna. Solishtirma 
issiqlik sarfi 5000…6700 kJ/kg; har bir pech uchun solishtirma elektr energiyasi sarfi 
25…26 kVt
.
soat/tonna klinkerni tashkil qiladi. 
Pech uch xil tezlikda, ya’ni minutiga 0,5; 0,75 va 1 marta aylanishi mumkin. 
Tezlikni elektr dvigatelning aylanishlar sonini o‘zgartirish bilan o‘zgartirish mumkin. 
Pech 4
0
gradus qiyalikda o‘rnatilgan. Pech qiya o‘rnatilgani uchun u aylanganida 
material baraban ichida pastga surilib tushadi. Pechning ko‘tarilgan tomoni chang 
ushlagich kamerasiga kirib turadi. Tashqaridan havo kirmasligi uchun chang 


200 
kamerasi bilan baraban orasidagi tirqish maxsus tuzilmalar bilan zichlanadn. Shlam 
cho‘michli ta’minlagich yordamida bachokdan truba orqali pechga oqib keladi.
Qarama-qarshi tomondan pechga ko‘mir changi, chang-havo yoki gaz-havo 
aralashmasi bosim ostida purkaladi. Ko‘mir yoki gaz qizib turgan bo‘shliqqa tushib, 
pech boshidan taxminan 10 m masofada yonib ketadi. Hosil bo‘lgan qizib ketgan 
tutun gazlari pech oxiriga o‘rnatilgan ventilyator barabani yordamida so‘rib 
tashlanadn. Kuydiriladigan material tutun gazlariga qarshi tomonga harakat qiladi. 
Qizib ketgan gazlar yaxshi qizimagan material bilan uchrashib unga o‘z issiqligini 
beradi va soviy boshlaydi. Natijada tashqi havo temperaturasidagi suyuq shlam asta-
sekin erib, uzoqlashmay, pishish temperaturasi (1450
0
C) gacha qiziydi. Qisman erib 
qovushib pishayotgan klinker, ayniqsa pechning aylanma harakati tufayli hosil 
bo‘lgan klinkerning dumaloq donalari borgan sari zichlashib yuqori mustahkamlikka 
ega bo‘la boshlaydi. So‘ngra shu usulda hosil bo‘lgan klinkerning dumaloq donalari 
pech oxirida sovuk havo oqimiga duch kelib, unga o‘z issiqligini beradi va qotib 
qoladi. Isigan havo yoqilg‘ining yonish zonasiga qisman qaytariladi, deyarli 
1000…1100
0
C gacha sovigan klinker esa pech barabanidagi teshikdan zanjirli 
rekuperatorning yoki panjarali sovitgichlarga to‘kilib tushadi. Bu erda klinker 
50…100
0
C gacha sovitilib, so‘ngra omborga jo‘natiladi.
Sovitgichlar bir necha tipda bo‘lishi mumkin: barabanli sovutgich (hozirgi 
kunda bunday sovutgichlar eskirib qolgan), rekuperatorli sovutgich, skrebkali va 
panjarali sovitgichlar. Xozirgi pechlarda rekuperatorli yoki panjarali sovitkichlar 
o‘rnatilmoqda. 
Rekuperatorli sovitgich bir necha po‘lat barabanlardan iborat (uzunligi 150 m 
pechda 10 ta baraban bor). Bu barabanlar pechning sovuq tarafida pech aylanasi 
bo‘yicha simmetrik joylashgan. Barabanlar pech korpusiga mahkamlangan va biridan 
ikkinchisiga darcha ochilgan. Klinker pechdan ana shu darchalar orqali barabanga 
to‘kilib tushadi. Barabanlarning ichki yuzasida kurakchalari bor. Pech 
aylanayotganda ko‘rakchalar klinkerni sidirib oladi; klinker yuqorigi holatga etgach, 
u kurakchalardan to‘kilib tushadi, shu bilan barabanlar bo‘yicha so‘rilayotgan sovuq 


201 
havodan yaxshi soviydi. Barabanning klinker olinadigan qismida olish teshigi bor, 
baraban chetida esa to‘siq bor yasalgan bo‘lib, to‘siq klinkerning olish teshigidan 
o‘tishga yordam beradi. 
Uzunligi 185 m va diametri 5 m bo‘lgan pech yirik korxonalarda o‘rnatish 
uchun qabul qilingan eng yangi konstruksiyadagi aylanma pechdir. Pechga gorizontal 
panjara-to‘rli itarib beruvchi sovitgich o‘rnatilgan. Panjara-to‘r qo‘zg‘aladigan va 
qo‘zg‘almaydigan paletlardan iborat. Qo‘zg‘aladigan paletlar qaytma-ilgarilama 
harakat qiladi. Shu harakat
vaqtida klinker to‘r ustidagi material qatlami orasidan o‘tayotgan havo bilan 
sovitiladi. Sovigan klinkerni maydalash uchun sovitgichga bolg‘achali maydalagich 
o‘rnatilgan. 
Klinker qududlarini iqlim sharoitlariga qarab ochiq va yopiq omborlarda 
saqlanadi. So‘nggi yillarda klinkerni saqlash uchun siloslar ham ishlatilmoqda. 
Ularning sig‘imi 3…5 sutkada ishlab chiqarilgan klinker hajmiga teng. 
Pech sovitgichidan klinker kurakli transportyorlar yoki vagonetkalar orqali 
omborlarga jo‘natiladi. Klinker omborlarida greyfer ko‘prik kranlar bo‘lib, ular faqat 
ombordagi yuk ortish, yuk tushirish va klinkerni tuyish bo‘limining transport 
vositalariga uzatish ishlarini bajarib qolmasdan, ayni vaqtda klinkerga tashqaridagi 
havo yaxshiroq tegishi uchun uni aralashtirib ham turadi. Klinker omborlarining 
hajmi ancha katta bo‘lib, ularga 30 t va undan ortiq klinker ketadi, Bunday omborlar 
asosan klinkerni etiltirish uchun kerak. Omborlarda saqlash davomida klinkerdagi 
erkin ohak havo nami ta’sirida so‘nadi. Shu bilan klinker struktura jihatdan kovak 
bo‘lib koladi va shuning uchun osongina tuyiladi. Ayrim vaqtlarda klinkerga suv ham 
sepiladi. 
Etiltirish muddati klinkerni kuydirish sifatiga bog‘liq. Aylanma pechlarda 
olingan klinkerni etiltirmasa ham bo‘ladi. Bu korxonani avtomatlashtirishda katta 
ahamiyatga ega. 
Ish unumi hamda 1 kg klinkerni kuydirish uchun sarflanadigan issiqlik 
aylanma pechlar ishining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Shuni aytib 


202 
o‘tish kerakki, portlandsement ishlab chiqarish ho‘l usulining kamchiligi ham bor. 
Shlam namini qochirish uchun anchagina (umumiy sarfning 30% gacha) yoqilg‘i 
sarflash kerak. Shuning uchun pechning foydali ish koeffitsientini oshirish maqsadida 
iloji boricha nami kam bo‘lgan shlamni ishlatish zarur. 
Pechda issiqdan unumli foydalanish kerak. Buning uchun atrof-muhit bilan 
kuydirilayotgan material o‘rtasidagi issiqlik almashuvini yaxshilash lozim. 
Birinchi tadbirni, ya’ni shlam namini qochirishni uch usulda amalga oshirish 
mumkin: shlam suyultirgichlar ishlatiladi, ortikcha suv mexanik usulda yo‘qotiladi va 
shlam nami bug‘lantiriladi. 
Shlam suyultirgich sifatida turli moddalar-soda, suyuq shisha, torf yoki 
qo‘ng‘ir ko‘mirning sodali eritmasi, bitum va tog‘ mumi chiqindilaridan bo‘lgan 
ishqoriy torf moddalari, uch polifosfat (Na
2
P
3
O
10
) va boshqalar, ko‘proq sulfit-spirt 
bardasi ishlatiladi. Ozgina sulfit-spirt bardasi (quruq aralashma og‘irligining 
0,15…0,3%) qo‘shganda ham shlamning oquvchanligi ancha ortadi. Bu esa 
shlamning ana shu oquvchanlngini saqlagan holda namni 2…3% kamaytirishga 
imkon beradi. Natijada faqat yoqilg‘i sarfi kamayib qolmasdan, shu bilan birga pech 
unumdorligi ham ortadi. Chunki bu holda, issiqlikning ko‘p qismi klinkerni 
kuydirishga sarflanadi. 
Ikkinchi va uchinchi usulda shlam nami mexanik ravishda qochiriladi. Bunda 
qo‘llaniladigan turli mexanizm va qurilmalarning tuzilishi hamda ishlashi maxsus 
kurslardan mustaqil o‘rganiladi. 
Materialning issiq havoga duch keladigan sathini kengaytirish bilan 
kuydirilayotgan material va gaz okimi o‘rtasidagi issiqlik almashuvini kuchaytirish 
mumkin. Buning uchun pechning sovuq tarafidan 35…40m (700-800
o
C) masofada 
zanjirlar osiladi. Shlam zanjir xalqalarga yopishadi. Natijada osib qo‘yilgan zanjir 
to‘r orasidan o‘tayotgan gaz oqimiga tegadigan shlamning yuzasi keskin ortadi. 
Bundan tashqari, pech aylanayotganda zanjirlar materialni yaxshilab aralashtiradi. Bu 
ham shlamga gazlarning yaxshi tegib o‘tishini ta’minlaydi. Zanjir-to‘rlar pechdan 
kam chang chiqishiga ham yordam beradi. 


203 
Zanjirlar bir uchidan, ikkala uchidan o‘ram holida yoki bir uchidan to‘p-to‘p 
qilib osiladi. Zanjirlarni o‘ram holida, shuningdek murakkab shaklda osish ham 
yaxshi natija beradi. Uzun pechlarda zanjirlarning umumiy uzunligi 2000 m va undan 
ortiq bo‘ladi, ularning yuzasi esa taxminan 1500 m
2
. Zanjir to‘r-parda issiqlikni 
10…15% gacha kam sarflaydi va pech unumdorligini shuncha miqdorga oshiradi. 
Zanjir-to‘r 
orqasiga 
(ancha 
yuqori 
temperatura 
eonalarida) 
turli 
konstruksiyadagi issiqlik almashtirgich o‘rnatish ham pechda issiqlik almashinuvini 
yaxshilaydi. Issiqlik almashtirgichning o‘tga chidamli po‘latdan ishlangan 10…12 ta 
seksiyasi bor. Seksiyalar zona uzunligi bo‘yicha baravar joylashgan bo‘lib, har bir 
seksiyada oltitadan tokcha bor. Pech aylanganda tokchalar materialni sidirib oladi va 
yuqoriga ko‘tarib, to‘kib yuboradi. Shunda material aralashadi va issiqlik 
almashinuvi yaxshilanadi. 
Gaz oqimi temperaturasi 1100…1200°C bo‘lgan zonalarda sopol issiqlik 
almashtirgichlar o‘rnatiladi. Ularning ham osilgan zanjirlar kabi samaradorligi katta, 
ya’ni klinkerni kuydirish uchun 10…15% kam issiqlik sarflanadi va shunga mos 
holda pechning unumdorligi ham ortadi. 
Pechni aralashma bilan ikki tomonlama ta’minlab turish usuli ham pech 
unumini oshirib, yoqilg‘i sarfini kamaytiradi. Bu usulda pechning sovuq tarafidan 
shlam uzatiladi, pechning bosh qismidan esa mayda tuyilgan quruq domna shlagi, 
TES kullari purkaladi.

Download 6,08 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xom ashyo aralashmasi (shlam) ni kuydirish

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish