228
34-rasm. Tegirmonda sharlar harakatining sxemasi
Gipsli qo‘shilma sifatida
ikki molekula suvli gips, ya’ni gipstosh ishlatiladi.
Gipstosh zavodga odatda, yirik bo‘laklar holida olib kelinadi. Gipstosh jag‘li
maydalagichlarida maydalaniladi, u odatda quritilmaydi. Bu qo‘shilmadan (ko‘pi
bilan 5%) qo‘shiladi. Uning umumiy namligi aralashmaga unchalik katta ta’sir
qilmaydi. Hamma qo‘shilmalar va klinker odatda birga tuyiladi. Shuni aytish kerakki,
tayyorlangan klinker
qanchalik mayda tuyilsa, portlandsement aktivligi shunchalik
yuqori bo‘ladi, u dastlabki muddatlarda tezroq qotadi. Beton va temir-beton buyumlar
ishlab chiqarishda bu juda katta ahamiyatga ega. Biroq
tuyish jarayonining texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ya’ni tuyish uchun elektr energiyaning ko‘p miqdorda sarf
bo‘lishi va tegirmon ish unumining kamayib ketishini ham hisobga olish kerak.
Umuman portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasida tuyish eng ko‘p
energiya sarflanadigan bosqichlardan biri hisoblanadi.
Sharli tegirmonda
maydalangan 1t portlandsement uchun soatiga 30 kVt va undan ortiq elektr
energiyasi sarflanadi (33, 34-rasm.). Shuning uchun zavodlarning
texnik-iqtisodiy
ko‘rsatikichlariga ko‘ra, 008 nomerli elakda 5…8% gacha qoldik qoladigan qilib
tuyilganda
portlandsement, 2…4% va undan kam qoldiqli tez qotuvchan sement
ishlab chikaradi. Bu holda sementlarning solishtirma sirti tegishlicha 300…350 m
2
/kg
va 400…450 m
2
/kg ga etadi.
Hozirgi vaqtda tuyish jarayoni texnikasini yaxshilash, ya’ni nisbatan unumli va
tejamli apparatlar va texnologik sxemalar ishlatish, shuningdek, maxsus qo‘shilmalar
229
(yaxshi tuydiradigan moddalar) ishlatish bilan materialning
mayda tuyilishiga
erishilmoqda. Mavjud sharli tegirmonlar konstruksiyasi takomillashtirilib,
yangi
unumli va tejamliroq agregatlar yaratilmoqda.