Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

ekzotermik zona (IV) deb ataladi. 
Kuydirilayotgan aralashma ekzotermik zonada bo‘lishi natijasida 2CaO∙SiO
2

4CaO∙Al
2
O
3
∙Fe
2
O
3
va CaO∙Al
2
O

hosil bo‘ladi. Ammo shu bilan hali normal 
portlandsement klinkeri hosil bo‘lmaydi, chunki uning eng asosiy tarkibiy qismi-uch 
kalsiy silikat (3CaO∙SiO
2
) yo‘q. Bu mineral pechning keyingi qismida (eng yuqori 
temperaturalar zonasida) hosil bo‘ladi. Bu zona pishirish zonasi (V) deb yuritiladi. 
Qumtuproq qattiq holda ikki molekuladan ortiq ohakni biriktira olmaydi. Biroq 
suyuqqumtuprok ohakka nisbatan juda tez (3CaO∙SiO
2
) to‘yinadi. Demak uch kalsili 
silikat olish uchun ikki kalsili silikat ohakni yutib, yuqori asosli 3CaO∙SiO
2
ga 
aylanadigan darajada shixtani qizdirish kerak. 
Ancha oson eriydigan minerallar C
3
A va C
4
AF pishirish zonasida eriydi. Hosil 
bo‘lgan suyuq fazada C
2
S erib C
3
S gacha to‘yinadi. Uch kalsili silikat eritmasida ikki 
kalsili silikatga nisbatan ancha kam eriydi. Shuning uchun C
3
S hosil bo‘lishi bilan 
eritma bu mineralga o‘ta to‘yinib qoladi va uch kalsili silikat eritmasida mayda-
mayda qattiq kristallar holida ajralib tushadi. Bu kristallar keyinchalik shu sharoitda 
o‘z o‘lchamini kattalashtira boradi. 
C
2
S ning erishi va ohakning yutilishi butun kuydirilayotgan aralashma 
massasida bo‘lmay, balki uning ayrim ulushlarida o‘tadi. Demak ohak ikki kalsili 
silikatni to‘liq singdirib olish uchun materiallarni ma’lum vaqtgacha pishirish 
temperaturasi (1350…1450
0
C) da tutib turish talab qilinadi. Materiallar bu zonada 
qancha ko‘p tutib turilsa, ohak shuncha to‘liq bog‘lanadi, shu bilan birga C
3

kristallari ham yiriklashadi. Klinkerni pishirish temperaturasida kam vaqt ushlab 


219 
turish tavsiya qilinadi, agar shunday qilinsa portlandsementning (C
3
S unda mayda 
kristallar ko‘rinishida bo‘ladi) fizik-mexanik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ladi. 
Klinker hosil bo‘lish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, tarkibida C
3
S ko‘p 
bo‘lgan klinkerlar tayyorlash uchun ba’zi moddalar (kalsiy ftorid CaF
2
, temir oksid 
va boshqalar) ishlatiladi. Bu moddalar silikat aralashmalarning erish temperaturasini 
pasaytiradi. Suyuq faza ancha barvaqt hosil bo‘lsa, bu hol klinkerning hosil bo‘lish 
jarayonini nisbatan yuqori temperaturalar sohasiga suradi. 
Klinker pishirish zonasidan sovitish zonasiga tushadi. Bu erda klinker 
qarshisiga sovuqhavo oqimi oqib keladi. Pishirish zonasida ayrim vaqtlarda 
aralashmaning butun ohagi qumtuproqqa butunlay to‘yinib ulgurmaydi. Bu 
o‘zlashtirish jarayoni aralashmada ohak va C
2
S kamayishi sababli yanada 
sekinlashadi. Natijada to‘yinish koeffitsienti yuqori bo‘lgan klinkerlarda doim erkin 
ohak bo‘ladi. Bunday klinkerlarda ohak C
3
S holda iloji boricha ko‘proq o‘zlashtirib 
olinishi kerak. Klinker tarkibida erkin ohak 1…2% bo‘lsa, portlandsement sifatiga 
yomon ta’sir ko‘rsatmaydi. Biroq uning miqdori ko‘p bo‘lsa, portlandsement 
hajmining notekis o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, shuning uchun klinker tarkibida 
ohakning ko‘payishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas. 
Sovutish zonasidagi klinker 1000…1100
0
C temperaturada chiqadi va uni 
butunlay sovitish uchun pech sovitgichiga yuboriladi. Sovitgichning qo‘llanilishi 
katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Klinker sovitilayotganda undan ajralib olinayotgan 
issiqlik yana pechga qaytariladi. Demak, klinker sovitgichlarda qanchalik yaxshi 
sovitilsa, yoqilg‘idan foydalanish samarasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi va yoqilg‘i 
kam sarflanadi. Sovitgich yaxshi ishlaganda sovitilgan klinker temperaturasi 50
0

dan oshmasligi lozim. 
Zamonaviy zavodlarda klinkerning pishish jarayoni avtomatik ravishda 
ko‘zatib turiladi. Bu esa klinker sifatini ancha yaxshilashga imkon beradi. Bundan 
tashqari, avtomatik ko‘zatish klinker hosil bo‘lish jarayonlarini boshqarishga imkon 
yaratadi va texnologik rejimning buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada mehnat 
unumdorligi oshadi va mahsulot ishlab chiqarish ko‘payadi. Bundan tashqari, 


220 
klinkerni kuydirish sifatini avtomatik tekshirib, jarayonni kerak tomonga o‘zgartirib 
turish shlam, yoqilg‘i sarfini hamda pechning aylanish tezligini, ya’ni materialning 
baraban buylab harakat tezligini tegishlicha o‘zgartirish yo‘li bilan pechning har bir 
zonasida doim bir xil temperatura va gaz rejimini saqlashga yordam beradi. Ayniqsa, 
tarkibida C
3
S ko‘p bo‘lgan klinkerning hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun maxsus 
qo‘shimchalar mineralizatorlar (CaF
2
, Na
2
SiF
6
yoki MgSiF
6
, Fe
2
O
3
, gips va 
fosfogips) qo‘shiladi. Mineralizatorlar faqatgina pishirish temperaturasi va erigan 
eritma qovushoqligini kamaytirmay, C
2
S va C
3
S ning hosil bo‘lishiga ham katalitik 
ta’sir ko‘rsatib, ular kristallarining shakllanishini tezlashtiradi. Natijada temperatura 
100…150° C gacha pasayadi. Bundan tashqari, ftorid xom ashyo tarkibidagi ishqoriy 
elementlarni tutun gazlari bilan uchirib yuborishga yordam beradi va uning klinker 
tarkibida qoladigan miqdorini ancha kamaytiradi. Bu masala ishqori ko‘p bo‘lgan 
xom ashyolardan klinker olishda katta ahamiyatga ega. Ftoridning portlandsement 
tarkibida qolgan ishqorlarning tishlashish va qotish jarayonlariga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi quyiroqda ko‘riladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik 
kimyo institutida bajarilgan ishlar sulfat tuzlarining mineralizator sifatida port-
landsement klinkerini olishda samarasi katta ekanligini ko‘rsatdi. Bu tuzlar ftoridlar 
bilan birgalikda katta iqtisodiy foyda beradi. 
Mineralizator ta’sirida kalsiy karbonat dissotsiatsiya temperaturasi pasayadi, 
yuqori temperaturada hosil bo‘lgan suyuqlikning kovushoqligi kamayadi va uning alit 
kristallanish 
jarayoniga 
ta’siri sezilarli darajada kuchayadi. Shuningdek, 
mineralizatorlar klinkerning tarkibiy qismlariga ham ta’sir qiladi: C
3
A miqdori 
kamayib, C
12
A

hosil bo‘ladi va bunda CaO ajralib chiqishi hisobiga alitning miqdori 
ortadi. 
Mamlakatimizda, ilk bor Toshkentda yangi birikma 3(CaO•3Al
2
O
3
)•CaSO
4
yuqori temperaturada hosil bo‘luvchi kalsiy sulfoalyuminat (T.A.Ragozina) kashf 
etildi. U gips va fosfogips mineralizator tarzida qo‘llanilganida oraliq mahsulot 
sifatida hosil bo‘ladi. Bu tuz (gips) ishtiroqida ancha past tempepatypada ham ko‘p 


221 
miqdorda hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan 3CaO•3A1
2
O
3
•CaSO
4
—kompleks birikma esa 
C
3
A ning yuzaga kelishiga halaqit beradi. Bunda ajralib chiqqan kalsiy oksid C
2

ning C
3
S ga qadar tuyinishi uchun sarf bo‘ladi, gipsli aralashmalarda mazkur 
moddaning ko‘pligi shu bilan bog‘liq. 
Aktiv bo‘lmagan C
3
A o‘rnini 3CaO•3Al
2
O
3
•CaSO

ma’lum qism C
2
S ning 
o‘rnini C
3
S egallaydi. Natijada sement aktivligi ham ortadi. 
S.D.Okorokov va S.L.Golinko-Volfsonning fikricha, ftoridli aralashmada 
gipsni mineralizator sifatida ishlatish yaxshi samara beradi. Shu sababi ular A1
2
O
3
ning klinkerdagi bir og‘irlik birligiga CaSO
4
va CaF
2
dan 0,7 og‘irlik birligi 
qo‘shishni tavsiya etdilar, bu esa kuydirish temperaturasini 50…70°C ga kamaytirish 
hamda sementning mustahkamligini 30…40% va undan ko‘pga oshirish, shuningdek, 
ishqorlarning zararli ta’sirini yo‘qotish imkonini berdi. 
Portlandsement xom ashyo aralashmasini kuydirish jarayonida kimyoviy 
reaksiyalarni tezlashtirish uchun mineralizatorlar (katalizatorlar) va boshqa maxsus 
(legirlovchi) qo‘shilmalar ishlatiladi. Ftor va kremniy-ftor tuzlari, gips, fosfogips va 
boshqalar mineralizatorlar qatoriga kiradi. Fosfor, xrom, titan oksidlari va boshqalar 
ko‘pincha xom ashyo materiallari tarkibida bo‘lib, ular tabiiy legirlovchi 
aralashmalar deb yuritiladi. Bunday aralashmalar bilan xom ashyo shixtalarini ham 
sun’iy boyitish mumkin. 
Fosfogipsni ham mineralizator va legirlovchi modda deb hisoblash mumkin, 
chunki ularning tarkibida ftor hamda fosfor aralashmalari bor. 
Legirlovchi qo‘shilmalarning ta’siri sement sifatini yaxshilovchi klinker 
minerallarining kristallanish va strukturasining shakllanish jarayonlarida seziladi. 
Biroq xom ashyo shixtalari tarkibidagi ularning zaruriy miqdori xar bir zavodda 
tajriba asosida belgilanishi va muayyan darajada cheklanishi lozim.
Voskresenskdagi (Moskva oblasti) «Gigant» sement kombinati shlamidan 
klinker hosil bo‘lish jarayoniga fosfogipsning ta’sirini o‘rgangan V.D.Anikeev va 
boshqalarnnng ma’lumotiga ko‘ra, shlamga 1100, 1200 va 1300°C temperaturada 
turli dozalarda fosfogips aralashtirilsa, u klinker hosil bo‘lish temperaturasini 


222 
pasaytiradi va ohakning birikish tezligini oshiradi. Bu tadqiqotchilar kimyoviy va 
fizik-kimyoviy analiz usullari bilan fosfogipsning gipsga nisbatan ancha aktiv ta’sir 
etishini ko‘rsatdilar. 
P.P.Budnikov va L.A.Kroychuk ham fosfogipsning klinker hosil bo‘lishi 
jarayonidagi minerallashtiruvchi rolini ko‘rsatib berishdi, shuningdek, ularning 
fikricha bunda aylanma pechlarning ichidagi o‘tga chidamli qoplamada (futerovka) 
bir tekis suvoq qatlami hosil bo‘lib undagi klinker osongina maydalanadi, sement 
markasi esa «600» ga qadar ortadi. 
Klinker suyuq fazasining tuzli eritma bilan almashtirilishi klinker hosil bo‘lish 
jarayonini ancha tezlashtiruvchi faktorlardan biridir. 
Toshkentdagi qurilish materiallari va loyixalash ilmiy-tadqiqot institutida 
kalsiy xlorid tuzli eritmasi ishtirokida klinker hosil bo‘lish reaksiyalarining 
mexanizmi va kinetikasi, shuningdek past temperaturada hosil qilingan klinker 
minerallarining struktura va xususiyatlari borasida o‘tkazilgan tadqiqotlarning 
davomi sifatida aylanma pechlarda portlandsement xom ashyo aralashmasini kalsiy 
xloridli tuzli eritmada kuydirish sharoitiga muvofiq termik parchalash yo‘li bilan 
olingan klinkerni tuzsizlantirish jarayonini o‘z ichiga oluvchi sement klinkeri hosil 
qilishning past haroratli texnologiyasi ishlab chiqildi. Bundan tashqari, bu tadqiqotlar 
asosida olingan klinkerning mineralogik tarkibini optimallash, ishlab chiqarish 
sharoitlarida past temperatura bilan klinker olish imkonini aniqlash, shu klinker 
asosida sementningt xususiyatlarini o‘rganish va hosil bo‘lgan sementning 
gidratatsiyalanish jarayonlarini hamda qurilish uchun xos xususiyatlarini belgilash 
mumkin bo‘ldi. Portlandsement klinkerini pishirish temperaturasi 300°C gacha 
pasaydi. Pechning ishlab chiqarish unumdorligi 50% ga oshdi. Pech futerovkasi 
ustida yaxshi barqaror qatlam hosil bo‘ldi. 
Portlandsementni quruq usulda ishlab chiqarish usuli keyingi yillarda keng 
tarqalmoqda. Bu usulda xom ashyo dastlab quritiladi, so‘ngra qo‘shiladigan 
moddalari bilan birgalikda tuyib maydalanadi yoki bir vaqtning o‘zida ham quritiladi, 
ham kukunlanadi. Ikkinchisi hozirgi kunda ko‘proq uchraydi. Hosil bo‘lgan 


223 
kukunsimon xom ashyo maxsus siloslarda yaxshilab aralashtirib turiladi va saqlanadi. 
Portlandsementni quruq usulda ishlab chiqarish ko‘p afzalliklarga era. Kuydirib 
klinker olinganda kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlar deyarli o‘zgarmaydi, faqat 
texnologiyada ancha o‘zgarishlar yuz beradi. 
Quruq usul bo‘yicha sement ishlab chiqarishda ishlovchi kuydirish agregati pech 
tashqarisida joylashuvchi issiqlik almashtirgichlar tizimi va kaltalashtirilgan aylanma 
pechdan iborat (31,32-rasm). Issiqlik almashtirgichlar to‘rt va besh bosqichlik 
siklonlardan tashkil topadi va ularda xomashyo uni siklonlarning yuqorigi 
bosqichidan pastki (birinchi) siklonga tomon harakat qiladi. 
31-Rasm. Quruq usulda sement ishlab chiqarishda pechlar issiqlik 
almashtirgichlarining tuzilishi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish