Klinker hosil bo‘lish termokimyosi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

Klinker hosil bo‘lish termokimyosi 
Xomashyo komponentlari aralashmasidan klinker hosil bo‘lish uchun ma’lum 
miqdorda issiqlik sarf etilishi zarur. Klinker hosil bo‘lish nazariy issiqligi – quruq 
xomashyo shixtasidan 20°C haroratda 1 kg klinker olish uchun zarur bo‘lgan issiqlik 
miqdori. Kuydirishda kerakli bo‘lgan issiqlikning miqdori alohida termik 
jarayonlarning entalpiyasini hisoblash asosida aniqlanadi. Klinkerni kuydirish uchun 
kerakli issiqlik sarfi quyidagi bo‘ladigan sarflarni o‘z ichiga oladi 
1) materialni qizdirishga
2) tuproq minerallarini degidratatsiyalashga; 
3) karbonat tarkibli jinslarni parchalashga; 
4) klinker eritmasini hosil bo‘lishiga. 
Issiqlikni kirishi quyidagicha
1) metakaolinitni oksidlarga parchalanish ekzotermiyasi;
2) silikatlar hosil bo‘lish reaksiyasining ekzotermik effekti;
3) klinkerni sovutilish issiqligini, CO
2-
-ni va suv bug‘larini 20°C xaroratgacha 
rekuperatsiyalash kabilardan iborat bo‘ladi. 
Klinker hosil bo‘lish jarayonining eng energiya talab bosqichi – xomashyoda 
76% 
miqdorida 
mavjud 
bo‘luvchi kalsiy karbonatining parchalanishidir. 
Dissotsiyalanish jarayonining so‘ngida klinker hosil bo‘lishining tugallanishi uchun 
sistemaga qo‘shimcha issiqlik kiritilishi talab etilmaydi, chunki buning uchun zarur 
bo‘lgan issiqlik miqdori silikatlar hosil bo‘lish reaksiyalarining ekzotermikligi tufayli 
ajraladi (110 kkal/kg klinker miqdoriga yaqin). Kalsiy karbonatining parchalanishi va 
klinkerni kuydirish uchun nazariy issiqlik sarfi q CaO = 600–800 kkal/kg (ifloslanish 
darajasiga bog‘liq ravishda), q K l. = 400–430 kkal/kg klinker miqdorini tashkil 
etadi. Xom ashyo shixtasining tuproq minerallari tarkibini hisobga olgan holda 
klinker hosil bo‘lishiga sarflanuvchi issiqlik quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadi: 


215 
q
nazar, kl.
= 5,30 · Al
2
O
3,K
+ 3,12Al
2
O
3,M 
+ 3,92Al
2
O
3, ill
+
+ 6,48MgO + 7,64CaO – 5,116 · SiO
2
– 0,59Fe
2
O
3
kkal/kg 
bunda,
Al
2
O
3, K,M, ill
– kaolinit, montmorillonit va illitda bo‘lgan Al
2
O
3
% miqdori; 
MgO, CaO – karbonatlarning parchalanishida hosil bo‘luvchi oksidlarning % 
miqdori. 
Xom ashyoda sezilarli miqdorda ishqoriy (R
2
O) oksidlar va SO

mavjudligida 
oksidlardan sulfatlar hosil bo‘lish ekzotermik effektini qo‘shimcha ravishda hisobga 
olish lozim. 
Xom ashyo komponentlarining mineralogiya tabiati klinker hosil bo‘lish 
jarayonlari kinetikasiga va shuningdek kuydirish agregatlaridagi issiqlik sarfiga 
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Suning uchun haqiqiy issiqlik sarflari ancha yuqori bo‘lib 
chiqadi va nazariy hisob-kitoblarda belgilanganiga nisbatan katta oraliqda o‘zgaradi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish