• Sementlarni omborda saqlash, qoplash va jo‘natish
  • To‘yish intensifikatorlari




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/154
    Sana06.12.2023
    Hajmi6,08 Mb.
    #112727
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   154
    Bog'liq
    Qurilish materiallari texnologiyasi

    To‘yish intensifikatorlari. Bu moddalarni ishlatishda asosiy maqsad juda 
    mayda sement zarrachalarining o‘zaro va maydalovchi jismlarga yopishib qolishiga 
    yo‘l qo‘ymaslikdir. Bundan tashqari, ba’zi intensifikator moddalar klinker qattikligini 
    kamaytiradi. Tuyishga yordam beradigan moddalar sifatida antratsit, kuya, sitr-aktiv 


    231 
    qo‘shilmlar (sovunnaft, sulfit-spirt bardi (SSB), petrolatum, trietanolamin, Petrov 
    kontakti) va boshqa moddalar ishlatiladi. 
    Intensifikator moddalar ishlatish sementning tuyilish darajasini saqlagan holda 
    jarayonning kechish muddatini qisqartirish yoki, aksincha, jarayon muddatini 
    saqlagan holda materialni yana maydalab tuyishga imkon beradi. Bu qo‘shimchalar 
    sement massasining 0,02…0,5% mikdorida qo‘shiladi. 
    S.M.Royak va boshqa tadqiqotchilarning fikricha trietanolamin va uning SSB 
    bilan 1:1 nisbatidagi aralashmasi (massa bo‘yicha) juda kuchli intensifikator bo‘lib 
    hisoblanadi. Bularni tegirmoning birinchi kamerasiga 0,01…0,03% miqdorda juda 
    mayda zarrachali suvdagi eritmasi holida beriladi. Natijada tegirmonlarning 
    unumdorligi 15% ga ortadi. 
    Intensifikatorlarning tegirmonga solinadigan optimal mikdori uning va 
    kukunlashtiradigan materialning xossasiga, shuningdek, intensifikatorni solish 
    usuliga ham bog‘liq. 
    Sementlarni omborda saqlash, qoplash va jo‘natish. Tayyor sement 
    zavodlarda har birining sig‘imi 2500…10000 t gacha bo‘lgan diametri 1…18 m va 
    balandligi 25…40 m bo‘lgan temirbeton siloslarda saqlanadi. Sement siloslarining 
    umumiy sig‘imi kamida 10 sutkalik ishlab chiqarilgan sementni saqlashiga etarli 
    bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Bunday katta omborlar erkin ohakni havo nami ta’sirida 
    batamom so‘ndirish maqsadida foydalanishga ham kerak. Bundan tashqari
    tegirmondan sement 100…150
    0
    C gacha temperaturada chiqadi va siloslarda 1…2 
    hafta davomida saqlanadi. 
    Har bir zavodda bunday siloslardan kamida to‘rtta bo‘lishi kerak. Ikkitasida 
    sement etiladi va soviydi, uchinchisiga sement to‘ldiriladi, to‘rtinchisidan olinadi. 
    Zavodda ikki va undan ortiq markada sement ishlab chiqarilsa, siloslar soni 
    ko‘paytiriladi. 
    Sement qatlamlanib qolmasligi uchun siloslardagi sement vaqt-vaqti bilan 
    siqilgan havo yordamida g‘ovaklashtirib turiladi. Bu esa siloslardan sement olishni 
    ham osonlashtiradi. 


    232 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   154




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish