-§ Portlandsement ishlab chiqarish usullari




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

2-§ Portlandsement ishlab chiqarish usullari 
Portlandsement ishlab chiqarish ikki mustaqil jarayonga bo‘linadi: 
1. Klinker ishlab chiqarish (portlandsementning yarim maxsuloti tayyorlanadi);
2. Klinkerni qo‘shilmalar bilan birga tuyish (portlandsement olish). 
Birinchi jarayon juda murakkab bo‘lib, uning bajarilishi katta kapital va 
ekspluatatsiya xarajatlari bilan bog‘liq. Shuning uchun hamma vaqt portlandsement 
klinkerini tejash kerak. Chunki portlandsement ishlab chiqarish uchun sarflanadigan 
jami xarajatning ko‘p qismi (70…80%) klinker qiymatini tashkil etadi. 


188 
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda quyidagi asosiy texnologik 
bosqichlari bajariladi:
1. Ohaktosh va gil qazib olinadi; 
2. Xom ashyo materiallari tayyorlanadi va maydalaniladi; 
3. Yoqilg‘i tayyorlanadi; 
4. Xom ashyo materiallari kuydiriladi. 
Klinkerni tuyish va portlandsement ishlab chiqarish uchun asosan kuyidagi 
texnologik jarayonlar bajariladi: 
1. Qo‘shilmalar tayyorlanadi; 
2. Klinker qo‘shilmalar bilan birga tuyiladi;
3. Portlandsement omborga joylanadi. 
Talab qilingan kimyoviy tarkibli bir jinsli xom ashyo aralashmasini hosil qilish 
uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarni tayyorlash kerak. Bunday aralashmani 
tayyorlash uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarning (ohaktosh, gil va 
muvofiklashtiruvchi qo‘shilmalar) ning hammasi mayda qilib to‘yiladi va yaxshilab 
aralashtiriladi. Aralashma tarkibiga kiradigan materialar maydalab tuyilsa, xom ashyo 
aralashmasi tarkibidagi oksidlar kuydirilayotganda o‘zaro yaxshiroq ta’sirlashadi. 
Xom ashyo iloji boricha maydalab tuyilsa, u kuydirilayotganda klinkerda ta’sir 
etishmay qolgan moddalar deyarli butunlay bo‘lmaydi. Bu vaqtda hamma oksidlar 
minerallar holida bog‘langan bo‘ladi. Klinker ishlab chiqarishning ikki usuli mavjud 
bo‘lib, ular biri ikkinchisidan xom ashyo aralashmasini kuydirishga tayyorlash 
texnologiyasi bo‘yicha farq qiladi. Bular ho‘l va quruq usullardir. Birinchi holatda 
xom ashyo materiallarini aralashtirish va maydalash ma’lum miqdordagi suv 
ishtirokida amalga oshiriladi. Xom ashyo komponentlaridan iborat aralashma 
ko‘rinishidagi qaymoqsimon konsistensiyali suspenziyani «shlam» deb ataladi.
Ikkinchi holatda esa xom ashyo materiallari avvaldan yoki maydalash va aralashtirish 
jarayonida quritiladi, quruq xom ashyo komponetlarini birgalikda quruq 
maydalashdan hosil bo‘luvchi mayda dispersli quruq kukuni esa – xom ashyo uni deb 


189 
yuritiladi. Quruq usul klinker hosil qilish uchun kerakli issiqlikni sezilarli (1,5–2 
marta) tarzda kamaytirishga imkon beradi
Quruq usulda klinker olishda kuydirish uchun sarflanuvchi issiqlik sarfi 180–
1100 kkal/kg, ho‘l usulda esa 1400–1600 kkal/kg klinker miqdorini tashkil etadi. 
Xom ashyo materiallarini quritish uchun kerak bo‘lgan issiqlikni hisobga olganda 
(120–150 kkal/kg klinker) quruq usulda, ho‘l usuldagi 1500 kkal miqdorga nisbatan 
olganda 1 kg klinkerga 900–1250 kkal/kg tashkil etadi. Oxirgi yillarda jahonning 
ko‘pgina mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham sementni quruq usulda 
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va qo‘yilmoqda, ammo ho‘l usul ulushi hamon 
yuqorligicha (50 % atrofida) qolmoqda. 
Xom ashyo tayyorlash texnologiyasi xomashyo materiallari xususiyatlariga 
ko‘ra tanlanadi. Xom ashyo aralashmasi minimal tarzda ikki, ko‘pincha esa uch va 
hatto to‘rt komponentdan tashkil topadi.Xom ashyo aralashmasini tayyorlash uchun: 
a) CaCO
3
tutuvchi ohakli komponenti uning aralashmada bo‘lgan kerakli miqdoridan 
ko‘proq qilib olinishi lozim; b) tuproqli komponent ushbu komponentning kimyoviy 
tarkibi asosan SiO
2
va Al
2
O
3
kislotali oksidlardan, shuningdek, ma’lum miqdorda 
Fe
2
O

iborat bo‘ladi; v) bir yoki ikki kislotali oksidning aralashmada zaruriy 
miqdorga etkazilishi uchun xizmat qiluvchi korrektirlovchi (muvofiqlashtiruvchi) 
qo‘shimchalar qo‘shiladi. Xom-ashyo aralashmasi asosan 75–80 % karbonat va
tuproqli 25-20% komponentlardan tashkil topadi. Ohakli va tuproqli komponentlar 
sifatida: ohaktoshlar, tuproqsimon ohaktoshlar, ohaktoshli mergellar, tuproqsimon 
mergellar, ohaktoshli tuproq va tuproq kabi xomashyolardan iborat turli jinslardan 
foydalaniladi. Tabiiy tuproqli xomashyo o‘rniga: asosli va nordon domna shlaklari
nefelinli shlam, yonuvchi slanetslarning kullari kabi turli ishlab chiqarish 
chiqindilaridan foydalaniladi.
Sement ishlab chiqarishning quruq usulida xomashyo komponentlari 
maydalovchi uskunalarda maydalanadi, qurituvchi barabanlarda quritiladi, so‘ng 
yanada maydalanishi uchun bir vaqtning o‘zida uzluksiz ravishda ishlovchi sharli 
quvursimon tegirmonlarda maydalanadi va aralashtiriladi. Xom ashyo unining jami 


190 
namligi tegirmonlar ichiga aylanma pechlar ichidan chiquvchi issiq tutun gazlari 
hisobiga 1–2 % gacha etkaziladi. Quruq xom ashyo uni maxsus vertikal siloslarga 
etkaziladi, bu erda uning tarkibi kerakligicha o‘zgartiriladi. So‘ng xomashyo uni 
uchun barcha hajmi bo‘yicha o‘rtalashtiriladi (gomogenizatsiyalanadi) va aylanma 
pechlarning sarflanma bunkerlariga uzatiladi Garchi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
jihatdan quruq usul afzalroq bo‘lsa ham, xozirgi vaqtda qator mamlakatlarda, 
shuningdek Rossiyada va AQSHda ho‘l usul keng tarqalgai. Quruq usul Yaponiya
Germaniyada va Italiyada keng tarqalgan. Xozirgi kunda mamlakatimizda ham 
«quruq» usulni ko‘proq qo‘llash tendensiyasi salmoqli o‘rin olmoqda. 
Ho‘l usul. Portlandsementni «ho‘l» usul bo‘yicha ishlab chiqarishda asosiy 
texnologiya operatsiyalarni bajarish tartibi 24-rasmda berilgan. 


191 
Охактош Гил Сув Кумир Актив минерал кушилма
Кондан казиб Кондан азиб Майдалаш Кондан казиб олиш
олиш олиш
Иккива уч Майдалаш Куритиш ва Майдалаш
поганали кукунлаш
майдалаш
Шлам олиш
Куритиш
Улушлаш Гипс тош
Шар тегирмонида бирга майдалаш Майдалаш
Бассейнларда шламнинг таркибини тугирлаш ва саклаш
Клинкер хосил булгунча печларда шламни пишириш
Клинкер совутиш ва саклаш
Улушлаш
Клинкерни гипс ва актив минерал
кушилмалар билан кукунлаб, 
портландцемент олиш
Цемент силосларда саклаш
Копларга жойлайдиган Копсиз махсус
машина цементни 
ташувчи вагон-
ларда цемент-
ни жунатиш
Копларда цементни
жунатиш
Кондан козиб 
олиш 
Икки ва уч 
поганали 
майдалаш 


192 
24-Rasm.Portlandsementni «ho‘l» usul bo‘yicha ishlab chiqarishning texnologik 
sxemasi 

Download 6,08 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§ Portlandsement ishlab chiqarish usullari

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish