Portlandsement klinkeri mineralogik tarkibini aniqlash




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

Portlandsement klinkeri mineralogik tarkibini aniqlash .Klinkerning 
mineralogik tarkibi kimyoviy analiz ma’lumotlari va tuyinish koeffitsienti qiymati 
bo‘yicha hisoblab aniqlanadi. 
Kalsiy silikatlar C
3
S va C
2
S miqdorini hisoblashda silikatlar asoslilik darajasi 
(AD) degan tushunchadan foydalaniladi. AD deganda bir molekula SiO
2
ga to‘g‘ri 


178 
keladigan CaO molekulalari soni tushuniladi. Masalan, C
2
S ning asoslilik darajasi 2 
ga, C
3
S ning asoslilik darajasi esa 3 ga teng. Klinkerdagi silikatlarning asoslilik 
darajasi 3 ga teng bo‘lsa, u holda hamma kremniy ikki oksid ohak bilan uch kalsiy 
silikat holida, AD 2 ga teng bo‘lsa, ikki kalsiy silikat holida bog‘langan bo‘ladi. AD 
ning oraliqqiymatlari klinkerda C
3
S dan tashqari C
2
S ham borligini ko‘rsatadi. 
Modomiki, to‘yinish koeffitsienti 1 ga teng bo‘lganda hamma kremniy ikki oksid 
ohak bilan C
3
S holida bog‘langan. TK 1 dan kichik bo‘lsa, klinkerda C
2
S bor bo‘ladi, 
har qaysi portlandsement klinkeri uchun silikatlar asoslilik darajasini kuyidagicha 
belgilash mumkin: 
AD = 3TK 
Klinkerdagi uch kalsiy silikatning protsent miqdori qum-tuproq protsent 
miqdoriga qarab aniqlanadi. Chunki yuqorida aytilganidek, uch kalsili silikatda har 
1% SiO
2
ga 2,8 % CaO to‘g‘ri keladi. Ular o‘zaro ta’sirlashib 3,8% C
3
S hosil bo‘ladi. 
U vaqtda klinkerdagi C
3
S ning miqdorini quyidagicha aniqlash mumkin: 
%C
3
S=3,8

SiO
2
(AD—2) 
yoki 
% C
3
S=3,8SiO
2
(3TK—2). 
Formuladan ko‘rinib turibdiki, ayirma (3TK—2) 1ga teng bo‘lsa (AD=3), 
klinkerning hamma qum tuprog‘i C
3
S holida birikkan bo‘ladi. 
C
2
S ning miqdorini aniqlash uchun formula kuyidagi ko‘rinishga keltiriladi: 
%C
2
S=2,87

SiO
2
(3-AD) 
yoki 
% C
2
S=2,87SiO
2
(3-3TK). 
Chunki ikki kalsili silikatda har l% SiO
2
ga 1,87% CaO to‘g‘ri keladi. Ular 
o‘zaro ta’sirlashib 2,87 % C
2
S hosil qiladi. 
Ikkinchi formula AD-3 (TK-1) bo‘lganda klinkerdagi C
2
S miqdori nolga 
tengligini ko‘rsatadi. 


179 
Klinkerdagi giltuproq (A1
2
O
3
) C
3
A va C
4
AF holida bog‘langan bo‘ladi. C
4
AF 
holda birikkan giltuproqning protsent miqdori har 1% Fe
2
O
3
ning 0,64% Al
2
O
3
ni 
biriktirishiga qarab aniqlanishi mumkin: 
64
,
0
160
102
3
2
3
2



O
Fe
O
Al

Klinkerdagi qolgan giltuproq C
3
A ni hosil qiladi. 1% ortib qolgan Al
2
O
3
esa 
1,65% CaO bilan o‘zaro ta’sir etib, 2,65% C
3
A ni beradi. Bu sharoitda uch kalsili 
alyuminat miqdori kuyidagi formuladan aniqlanadi: 
%C
3
A=2,65 (%A1
2
O
3
- 0,64Fe
2
O
3

Qavs ichidagi ayirma C
4
AF hosil bo‘layotganda Fe
2
O
3
yutgan giltuproq 
miqdorini ifodalaydi. 
Turt kalsili alyumoferrit ilgari qabul qilingan shartga ko‘ra ikki modda, ya’ni 
C
3
A va CF dan iborat deb qaraladi. Har 1% CaO 0,35% Fe
2
O
3
bilan o‘zaro ta’sir etib, 
1,35% CF hosil qilishi hisobga olinsa, C
4
AF ning miqdori kuyidagi formuladan 
aniqlanadi: 
%C
4
AF=2,65 • 0,64Fe
2
O
3
— 1,35Fe
2
O
3
2,65 • 0,64 •Fe
2
O
3
ko‘paytma C
4
AF ning tarkibida C
3
A holida birikkan 
giltuproq miqdorini ko‘rsatadi. 
1%Fe
2
O
3
ning 3,04% C
4
AF hosil qilishi ham aniqlangan. U vaqtda C
4
AF 
protsent miqdori oddiyroq formula bo‘yicha xisoblanishi mumkin: 
%C
4
AF =3,04 •Fe
2
O
3
Keltirilgan formulalardan foydalanib, klinkerning mineralogik tarkibini 
kimyoviy analiz ma’lumotlari bo‘yicha aniqlash mumkin. Formuladagi SiO
2
va CaO 
ning protsent miqdori ularning birikkan holdagi miqdoriga teng. Bu miqdor shu 
oksidlarning klinkerdagi umumiy miqdori bilan erkin holdagi miqdori ayirmasi 
tariqasida aniqlanadi. 


180 

Download 6,08 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Portlandsement klinkeri mineralogik tarkibini aniqlash

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish