-bob. Portlandsement texnologiyasi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

7-bob. Portlandsement texnologiyasi 
1- §. Xom ashyo materiallari va yoqilg‘i 
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida tarkibida kalsiy 
karbonat ko‘p bo‘lgan karbonat jinslar va tarkibida kremniy oksid, alyuminiy oksid 
hamda temir oksid bo‘lgan gillar, shuningdek, gil va kalsiy karbonatning tabiiy 
aralashmalari (mergellar) ishlatiladi. Keyingi yillarda portlandsement ishlab 
chiqarishda gilni butunlay ishlatmaslik yoki qisman ishlatish maqsadida, nordon va 
asosan domna shlaklari, nefelin chiqindilaridan foydalanilmoqda. Shuningdek, gips 
yoki angidridni gil bilan aralashtirib, portlandsement, sulfotsement va SO
2
gazi 
olishning kompleks texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bu texnologiya sulfat kislota kam 
ishlab chiqariladigan mamlakatlarda yo‘lga qo‘yilgan. 
Nefelin shlami chiqindi sifatida alyuminiy oksid ishlab chiqaruvchi sanoatda 
hosil bo‘ladi. Uning tarkibida 25…30% SiO
2
; 2…5% Al
2
O
3
; 3…5% Fe
2
O
3
; 50…58% 
CaO va 3…8% boshqa oksidlar, chunonchi 1,5…3% ishqorlar bor. Tarkibida 
shuncha CaO bo‘lgan materialga 15…20% ohaktosh qo‘shib, portlandsement ishlab 
chiqarish uchun xom ashyo aralashmasini tayyorlash mumkin. 
Nefelin shlami ishlatish pechlar unumdorligini 20…30% ga oshiradi va yoqilgi 
sarfini 25% ga kamaytiradi. 
40…50% gacha tarkibida kalsiy oksidi bo‘lgan domna shlaklari ham 
portlandsement ishlab chiqarish uchun qimmatli homashyo hisoblanadi. Hozircha 
ular ko‘p miqdorda ishlatilmaydi, lekin ular asosida yirik portlandsement ishlab 
chiqarish korxonalarini tashkil qilish mumkin. 
Gil suvda osongina ivib, bo‘shashib ketadigan mayda dispers ikkilamchi tog‘ 
jinslaridan iborat. Ular bitta konning o‘zida mineralogik va granulometrik 
(donadorlik) tarkibi jixatdan juda xilma-xil bo‘lishi bilan farq qiladi. Ko‘pincha gil 
tarkibida ko‘p miqdorda tog‘ jinslari, ularning siniq parchalari — shag‘al, qum va 
tosh holidagi dag‘al qo‘shilmalar bo‘ladi . Shuning uchun ularni oldindan yaxshilab 
saralab olish zarur. 


183 
Gillning mineralogik tarkibi asosan suv, alyumosilikatlar va kvarsdan iborat. 
Gillarning kimyoviy tarkibida asosan uchta oksid bor: kremniy oksid (60-80%), 
alyuminiy oksid (5…20%) va temir oksid (3…15%). Gilda oz miqdorda karbonat 
tuzlari holida kalsiy va magniy oksidlari uchrashi mumkin. Lekin gillarning ba’zi 
turlarida kalsiy oksid 25% gacha, magniy esa 3% gacha bo‘ladi (bularga slanets, 
lesslar misol bo‘ladi). 
«Lyoss» so‘zi xalqaro termin bo‘lib, tuzilishi jixatdan fizik, mexanik, 
mineralogik va kimyoviy tarkibga ega. U er yuzining ma’lum rayonlarida vujudga 
kelgan, to‘rtlamchi davrda paydo bo‘lgan tog‘ jinsidir. 
Geologlarning tekshirishicha, lyoss deb ataluvchi tog‘jinslari planetamizda 
keng tarqalgan bo‘lib, ular Evropa, Osiyo va Amerika qit’alarida ko‘plab uchraydi. 
Lyosslar o‘ziga xos tog‘jinsi hisoblanib, kimyoviy va fizikaviy xossalari bilan boshqa 
jinslardan farqlanib turadi (20-jadval). 
Gillar tarkibida SO
3
, Na
2
O, va K
2
O kabi eruvchan tuzlar xam uchraydi. Bu esa 
maqsadga muvofiq emas. Klinker ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan gillarda bu 
tuzlarning miqdori iloji boricha kam bo‘lishi kerak. 
Kalsiy karbonatning jinslar tabiatda ohaktosh, bo‘r, ohaktosh-chig‘anoq va 
marmar holida uchiraydi. Karbonat jinslarining marmardan boshqa hamma turlari 
portlandsement ishlab chiqarishda ishlatiladi. Gillar singari ohaktosh va bo‘rning 
ham, cho‘kindi jins bo‘lgani uchun, kimyoviy tarkibi va fizik xossalari juda xilma-
xildir. 
20-jadval 
Aniqlash usullari 
Miqdori 
Lyoss jinslarining rayonlar bo‘yicha tarkalishi 
Toshken

Samarqan

Toshken
t oldi 
Angre

Qarsh

Mirzacho‘

1. 
Granulometri
k tarkibli fraksiyalar 
(%hisobida) 
Qum 
Chang 
14,00 
73,0 
8,31 
79,82 
11,06 
49,12 
9,00 
79,00 
11,40 
74,00 
8,2 
80,2 


184 
Gil
13,00 
11,97 
8,76 
8,00 
14,60 
7,1 
2. 
Mineral 
tarkibli (%hisobida 
solishtirma og‘irligi 
2750 
kg/m3 
bo‘lganda) 
Engil fraksiya 
Shu jumladan kvars 
Dala shpati 
Gil minerallari 
87,00 
43,00 
22,00 
22,00 
88,61 
39,43 
25,96 
23,22 
93,74 
32,28 
22,58 
28,88 
95,70 
35,23 
37,53 
22,94 
98,00 
41,50 
30,70 
15,80 
94,26 
31,22 
24,64 
29,38 
3. 
Suvda 
eruvchan 
tuzlar 
miqdori, 
mg/ekv 
hisobida 
HSO

Cl 
SO
4
35,80 
8,0 
11,00 
17,90 
1,90 
30,20 
3,20 
5,93 
44,31 
10,20 
4,19 
35,80 
0,50 
4,20 
11,39 
40,00 

10,00 
4. Kimyoviy tarkibi 
miqdori (% hisobi-
da) 
SiO
2
Al
2
O
3
CaO 
CO
2
Fe
2
O
3
MgO
33,20 
11,40 
13,60 
8,80 
2,70 
0,55 
52,60 
10,94 
11,79 
9,32 
3,24 
3,19 
59,27 
15,00 
11,00 
9,50 
3,20 
4,10 
49,00 
14,00 
10,00 
5,20 
2,30 
5,00 
57,01 
14,37 
9,81 
4,90 
3,1 
4,8 
56,00 
13,31 
5,51 
3,20 
1,75 
8,00 
5. 
Karbonat 
tuzlarning miqdori 
(% hisobida) 
28,50 
20,70 
26,20 
22,30 
21,00 
26,80 
6. Gumus miqdori 
(% hisobida) 

0,23 
0,28 
0,33 
0,83 
0,30 
7. 
Namligi 
(% 
hisobida) 
8 Hajimiy massa
kg/m
3
10,51 
1770 
6,30 
1420 
8,61 
1340 
8,40 
1470 
6,00 
1380 
18,45 
1550 
9. G‘ovakligi (% 
hisobida) 
38,00 
49,20 
51,20 
47,00 
51,40 
44,00 
Kimyoviy sof kalsiy karbonat tarkibida 56% CaO va 44% CO
2
bo‘ladi. Biroq, 
tabiatda faqat kalsiy karbonatdan iborat sof ohaktoshlar kam uchraydi. 
Portlandsement ishlab chiqarishda ishlatiladigan ohaktoshlar tarkibida CaO dan 


185 
tashqari qumtuproq (8% gacha), giltuproq (2% gacha), temir oksidlar (1% gacha), 
magniy oksid (2% gacha) va SO
3
(1% gacha) bo‘lishi mumkin. 
Kalsiy karbonat jinslarining zichligi va mustahkamligi keskin o‘zgarib turadi, 
ya’ni tabiatda kristall strukturali, juda zich ohaktoshlar va yumshoq, po‘k jinslar 
(bo‘r) ham uchraydi. Portlandsement ishlab chiqarishning texnologik sxemasi 
tanlanayotganda turli kalsiy karbonat jinslarining fizik xossalari hisobga olinadi. 
Mergellar gilsimon moddalar va juda mayda kalsiy karbonat zarrachalarining 
tabiiy aralashmasidan iborat cho‘kindi tog‘ jinsi hisoblanadi. Mergellar borligiga 
qarab, ohaktoshli mergel (90…95% CaCO
3
), ohaktosh karbonatli mergel (20…90% 
CaCO
3
) va mergel (50…70% CaCO
3
) ga bo‘linadi. Taxminan 65% CaCO
3
va 25% 
gildan tashkil topgan mergellar juda qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. Bunday 
mergel kuydirilgandan so‘ng kimyoviy tarkibi bo‘yicha klinkerga o‘xshab ketadi. 
Shuning uchun uni ishlatish bilan portlandsement ishlab chiqarish sxemasi ancha 
soddalashadi. Tarkibidagi CaCO
3
miqdori bo‘yicha sun’ny tayyorlangan xom ashyo 
aralashmasiga mos keladigan mergellar sement sanoatida «natural» deb ataladi. 
Mergellar ham, kalsiy karbonat jinslari singari, fizik xossalari bo‘yicha bir-biridan 
keskin farq qilishi mumkin. Ba’zi mergellar zich strukturali va mustahkam bo‘lsa, 
boshqalari bo‘r singari yumshoq va po‘k bo‘ladi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish