§ Ohaktosh va gilni qazib olish, tashish hamda xom ashyo aralashmasini




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

3 § Ohaktosh va gilni qazib olish, tashish hamda xom ashyo aralashmasini 
tayyorlash 
Ohaktosh bilan gil, odatda, sement zavodi yaqinidagi konlardan qazib olinadi. 
Ohaktosh portlatish yordamida qazib olinadi va vagonetkalar, platformalar yoki 
yukni o‘zi ag‘daradigan mashinalarda tashiladi.
Gilni qazib olish uchun bir cho‘michli (kamdan-kam hollarda ko‘p cho‘michli) 
ekskavatorlar ishlatiladi. Gil ham ohaktosh singari tashiladi. Ayrim vaqtlarda bu 
maqsadlar uchun gidrotransportdan foydalaniladi. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan transportdan tashqari, mahalliy sharoitlarga qarab, 
lentali transportyorlar (kon1 km gacha, ba’zan esa 5… 8 km gacha uzoqda bo‘lsa) 
yoki zavod bilan kon orasi pastbaland yoki binolar qurilgan bo‘lsa, osma sim-arqon 
yo‘llardan foydalansa ham bo‘ladi. 
Qazib odinadigan xom ashyo narxi turli korxonalarda bir-biridan farq qiladi. 
Transport xarajatlari esa xom ashyo umumiy sarfining 60% ini tashkil etadi. 
Yog‘ingarchilik va sovuq kunlari yoki uskuna va transport vositalari buzilgan 
vaqtlarda ish to‘xtab qolmasligi uchun zavod hovlisida ohaktosh va gil zaxiralari 
bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘shimcha yuklash va tashish ishlarini bajarish lozim, 
bu esa iqlimi keskin o‘zgaradigan sharoitlarda zavodning normal ish tartibini 
ta’minlaydi. 
Ohaktosh kondan o‘lchami 500…800 mm va undan katta xarsang bo‘laklar 
tarzida olib kelinadi. Bitta apparatda ohaktoshni talab qilingan darajada maydalab 
tuyib bo‘lmaydi. Shuning uchun u ikki-uch marta maydalanadi. Avvaliga 
ohaktoshning yirik bo‘laklari 100…200 mm o‘lchamda, jag‘li maydalagichlarda bir 
marta maydalanib olinadi. Xom ashyo ikkinchi safar odatda, bolg‘ali va konus 


193 
maydalagichlarda 10…30 mm o‘lchamgacha, so‘ng oxirgi marta suyuq loy bilan shar 
tegirmonlarda maydalanadi.
Bu xom ashyo suvsiz maydalangandagiga nisbatan suvda yaxshi maydalanadi. 
Suvda maydalanganda materiallarning qattiqligi kamayadi. Ohaktosh tegirmonga 
avtomatik boshqariladigan va uzluksiz ishlaydigan tarozi yoki hajmiy dozalagichlar 
(ulushlagichlar) bilan uzatiladi. Bu maqsadlarda juda aniq ulushlayligan hajm 
ulushlagichlar o‘rnatiladi, chunki ohaktosh gil bilan birga tuyiladi. Shu sababli bu 
ikki tashkil etuvchining nisbati aniq bo‘lishi kerak. 
Gil tegirmonga suyuq loy holida uzatiladi. Ohaktosh bilan gil birga 
maydalanishi tufayli tarkibiga kiradigan materiallar juda yaxshi aralashadi. Xuddi shu 
maqsadda muvofiklashtiruvchi qo‘shilmalar ham tegirmonga uzatiladi (aralashma 
tarkibiga kirgan ikki asosiy materialning kimyoviy tarkibi talab qilingan tarkibli 
klinker olishni ta’minlay olmasligi ma’lum bo‘lsa). 
Gil aralashtirgich temir-beton basseyndan iborat bo‘lib, uning tubi va 
devorlariga cho‘yan plitalar qoplangan (25-rasm).
25-Rasm . Loy aralashtirgichi.: 


194 
1-temir-beton rezervuar, 2-privodli tuzilmasi bor ko‘prik, 3-elektr yuritgich, 4-
reduktor, 5-tishli uzatgich, 6-stakan, 7-travers, 8-markaziy ustun, 9-stakan, 10-o‘q, 
11—almashtirib turiladigan po‘lat tishli boronalar. 
To‘sin romga zanjirlarda po‘lat panjaralar erkin holda osib quyilgan, 
maydalagichlarda bir sidra maydalab olingan gil (xaskashlar aylanib turganda) oz-
ozdan aralashtirgichga uzatiladi. Gil bilan birga basseynga suv ham qo‘shiladi. Elektr 
dvigatel vositasida harakatga keltirilgan panjalar ko‘pi bilan 3…5 mm o‘lchamda 
maydalangan gil kesaklarini suvda ivitadi. Shlam chiqib ketadigan darcha yirik loy 
bo‘laklarni ushlab qoladigan panjara bilan berkitilgan. Suyuq loy nasoslar vositasida 
ta’minlagich bachoklariga uzatiladi. U erdan aralashma o‘lchov bachoklari orqali shar 
tegirmonlariga yuboriladi. 
Loy tarkibidagi yirik qo‘shilmalar basseyin tubiga cho‘kadi va vaqti-vaqti bilan 
chiqarib tashlanadi. 
Shlam (suyuq ohaktosh va loy aralashmasi) ning namligi 34…45% ga etganda 
ajratib olinadi. Gil aralashtirgichda maydalanganda, toshsimon qo‘shilmalar va qum 
loydan osongina ko‘chib tushadi. Gilni maydalash jarayonini tezlatish va uning 
yaxshi o‘tishi uchun issiq suv ishlatiladi. 
Loy (gil) aralashtirgich basseynining diametri 8…12 m, unumdorligi esa 
12…30 m
3
/soat. Elektr dvigatelning o‘rnatilgan quvvati 35…60 kVt. 
Sement zavodlarida yumshoq xom ashyolarni ishlatishga ko‘p e’tibor beriladi 
yoki juda samarali bo‘lgan rotorli tegirmonlardan ko‘proq foydalanaladi. 
Ho‘l usul bo‘yicha xom ashyo aralashmasini tayyorlash sxemasida xom ashyo 
sifatida bitta qattiq komponent (ohaktosh) va ikkinchi yumshoq, suvda oson ivib 
ketadigan komponent (gil) ishlatiladi. Xom ashyo sifatida yumshoq bo‘r va tuproq 
ishlatilsa, ikkalasi ham aralashtirgichda bir vaqtda maydalanadi. Hosil bo‘lgan 
shlamning ivimagan kesaklarini ajratib olish uchun u elakdan o‘tkaziladi va yana 
aralashtirgichga solinadi. Yumshoq xom ashyoda toshsimon qo‘shilmalar bo‘lsa, elak 
ustidagi mahsulot shar tegirmonlarda maydalanib, so‘ngra shlam bilan aralashtiriladi. 


195 
26-Rasm. Maydalovchi jismsiz barabanli tegirmon. 
1-baraban, 2-qopqoq, 3-sapfa, 4-podshipniklar, 5-tojdor tishli g‘ildirak. 
Shlam tayyorlashning uchinchi sxemasi ham bor: xom ashyo ikkita qattiq 
modda, ya’ni ohaktosh va zich gil mergeldan iborat bo‘lgan hollarda ishlatiladigan 
sxema. Bu sxema bo‘yicha bir marta maydalab olingan ohaktosh va mergel yana bir 
bor shar tegirmonlarda maydalanadi. So‘nggi vaqtlarda, o‘z-o‘zicha materiallarni 
maydalash prinsipiga asoslangan, juda katta diametrli aylanuvchi barabanda 
materiallarni suv ishtirokida kaskad ko‘rinishida pastga tashlab yuboruvchi, ya’ni 
to‘kuvchi tegirmonlar ishlatila boshlandi ( 26,27 rasm). «Gidrofol» deb ataluvchi 
bunday tegirmon Sizran og‘ir mashinasozlik zavodida tayyorlangan. Diametri7 m 
bo‘lgan bu baraban minutiga 13 marta aylanadi. Uning ichki qismi broneplitalar bilan 
qoplangan va materialni sochishga mo‘ljallangan, bu broneplitalarga tokchalar ham 
o‘rnatilgan. Baraban silindrik qismining uzunligi 2,3 m. Solinadigan materialning 
yirikligi 0,35…0,8 m gacha (bo‘r uchun 0,5…0,8 m; ohaktosh uchun 0,35…0,45 m).
Bu tegirmon loy chayqatgich va shar tegirmonlarga nisbatan ancha samarali. 
Uning ishlab chiqarish unumdorligi 400…500 t/soat. Harakatga keltiruvchi elektr 
dvigatelning quvvati 1600 kVt. Aralashma bu tegirmondan so‘ng shar tegirmonda 
mayin holga kelguncha maydalanadi. 


196 
Xom ashyo aralashmasini tayyorlashga ohaktosh, gil va qo‘shilmalarni 
maydalash, dozalash, birgalikda komponentlarni mayin qilib kukunlash va 
aralashtirish, hosil bo‘lgan aralashma tarkibini to‘g‘rilash va uni saqlash kiradi. 
1t portlandsement tayyorlash uchun 2,5…3 t xom ashyo, ko‘mir va klinker 
maydalash kerak. Shu ishlarni bajarishga sement ishlab chiqarish uchun sarflanadigan 
elektr energiyasining 60…80% sarf bo‘ladi. 
Xom ashyo aralashmasi shlam-basseynlarda aralashtiriladi, tarkibi to‘g‘irlanadi 
va saqlanadi, lekin aralashtirgan zahoti zarur kimyoviy tarkibli shlam olinmaydi. 
27-Rasm. «Ho‘l» usulda maydalovchi barabanli tegirmon, 
1-ta’minlagich. 2-vibrator, 3-baraban, 4-konussimon baraban saralagich, 5-elektr 
yuritgich, 6-tishli tojdor g‘ildirak. 
Bir kon chegarasidagina emas, hatto butun qatlam balandligida ham ohaktosh 
va gil kimyoviy tarkib jixatdan bir-biridan ancha farq kilishi mumkin. Shuning uchun 
bir marta ulushlashning o‘zidayoq xom ashyo aralashmasi tashkil etuvchilarining 
zarur nisbatda bo‘lishini ta’minlash qiyin. Shlamning kimyoviy tarkibi shlam-
basseynlarda tegishlicha to‘g‘rilanadi. Shlam siqilgan havo yordamida aralashtiriladi.
Shlam tarkibi quyidagi tartibda to‘g‘rilanadi. Sharli tegirmonlardan (28-rasm) 
shlam nasoslar bilan shlam-basseyinlarning bittasiga haydaladi. Boshqa basseyinga 
esa xuddi shunday yo‘l bilan tayyorlangan shlam uzatiladi. Bu shlam avvalgisidan 


197 
kalsiy karbonat miqdori kam (yoki ko‘p)ligi bilan farq qiladi. Shlamni yaxshilab 
aralashtirib bo‘lingach, har qaysi basseyindagi shlamning kimyoviy tarkibi aniqlanadi 
va zarur kimyoviy tarkibli klinker olish uchun ikkala shlamdan qanday nisbatda olish 
kerakligi belgilanadi. Shlam belgilangan nisbatda olingandan so‘ng ikkila 
basseyindagi shlam nasos bilan uchinchi basseyinga solinadi. Bu erda yaxshilab 
aralashtirgach uning titri (CaCO
3
miqdori) aniqlanadi. Titri yo‘l ko‘yilgan miqdordan 
ko‘pi bilan 0,1% farqqilgan shlam kuydirish uchun kerakli va qulay hisoblanadi. 
28-Rasm. Ikki kamerali trubasimon tegirmonning bo‘ylama kesimi: 
1-qabul qilgich voronka, 2-ta’minlagich, 3-trubashnek, 4-qopqoq, 5-
kameralararo to‘siq, 7-yig‘gich-g‘ilof, 8-qabul qilgich patrubogi, 9-kurakchalar, 10-
konus, 11-to‘r, 12-radial kurakchalar, 13-konus, 14-ichi bo‘sh sapfa, 15-bo‘shatgich 
patrubogi, 16-darcha, 17-elak, 18-maydalangan jismlar uchun mo‘ljallangan 
patrubok, 19-tayyor sement uchun mo‘ljallangan patrubok. 
Kuydirish pechi uzluksiz ishlashi uchun (xom ashyo keragicha uzatilmay 
qolgan hollarda ham) shlam zaxirasi bo‘lishi kerak. Zavodlarda shlam saqlash uchun 
qo‘llanilayotgan shlam-basseynlar konstruksiyasi jihatdan vertikal yoki gorizontal 
tipda bo‘lishi mumkin. Vertikal tipdagi basseynlardan, odatda shlamni to‘g‘rilash 
uchun foydalaniladi. Ularning hajmi 400…1000 m
3
gacha etadi. Bu basseynlarda 
aralashma pnevmatik yoki aralash pnevmomexanik usulda aralashtirilishi mumkin. 


198 
Zahira shlamni saqlash uchun xar birining sig‘imi 8000 m
3
gacha bo‘lgan gorizontal 
shlam-basseynlar quriladi. Gorizontal shlam-basseyn yumaloq temir-beton sig‘imdan 
iborat. Ularning diametri 25 m va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Eng yangi 
konstruksiyadagi bunday shlam-basseynlarda kranli aralashtirgichlar bor. Kranli 
aralashtirgichlar pnevmomexanik aralashtirish prinsipi bo‘yicha ishlaydi. 
Pnevmatik va mexanik usullardan bir vaqtning o‘zida foydalanish bir jinsli 
shlam tayyorlashga imkon beradi. Yangi qurilgan zavodlarda jumladan 
Qizilqumsement zavodida kukunlashtirilgan xom ashyo tarkibidagi CaO, SiO
2

Al
2
O
3
, Fe
2
O
3
oksidlari avtomatik rentgenospektrometr yordamida aniqlanib, bu tarkib 
har soatda tekshirib turiladi. 
29-Rasm. Tegirmonning bronefuterovkali plitalari: 
a-zinapoyasimon, 
6-bolt 
bilan 
mahkamlanadigan 
plitkli, 
v-boltsiz 
mahkamlanadigan plitali, g-zinasimon (poshnasimon) plitali. 
Taxlillarning natijalariga qarab hisoblash mashinalari xom ashyolarning 
nisbatlarini qaytadan hisoblaydi, ulushlovchi mashinalarga yangi ko‘rsatkichlarni 


199 
berib, xom ashyo tegirmonlarining to‘g‘ri ta’minlanishi va belgilangan tarkibli shlam 
olishni ta’minlaydi. 
Shlam sarfini shlam-basseynlardagi sath o‘lchagich signalizatori, shuningdek, 
ko‘zatib turuvchi-elektrokontakt, membrana, radioaktiv sath o‘lchagichlar kursatadi. 
Bu asbob eng aniq ishlaydigani radioaktiv cath indikatoridir. U radioaktiv izotopli 
(masalan, kobalt 60 )quticha (konteyner) va radioaktiv nurlanishlar hisoblagichidan 
iborat. Konteyner va hisoblagich silosning qarama-qarshi devorlariga o‘rnatiladi. 
Izotopdan chiqayotgan gamma nurlar silosdan o‘tib, hisoblagichga tegadi. Silos bo‘sh 
bo‘lsa nurlanishlar ko‘p, silos to‘la bo‘lsa kam bo‘ladi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 § Ohaktosh va gilni qazib olish, tashish hamda xom ashyo aralashmasini

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish