269
Sement normal sharoitlarda, ayniqsa qotishning dastlabki davrida yaxshi
qotadi, keyinchalik uning qotishi sekinlashadi. Yuqori (80
0
C va undan yuqori)
temperaturada issiq nam ishlovi berilgan betonlar ko‘p
hollarda markada
ko‘rsatilgandan ortiq mustahkamlanmaydi. Sementtoshda yuqori temperaturada kol-
loid massalar kuchli zichlashishi sababli bunday hol yuz beradi. Bu esa sement
donalarining gidratlanmagan ichki kismlariga suv singib borishiga to‘sqinlik kiladi.
Normal sharoitda qotayotgan beton uzoq vaqtgacha sezilarli darajada mustahkamlana
boradi.
Issiq nam qotish rejimi vaqtida sementning mineralogik tarkibini ham hisobga
olish kerak. Ba’zi tadqiqotchilar alit sementlariga avtoklav ishlovi bermaslik kerak
deb ta’qidlaydilar, chunki bu sharoitlarda C
3
S ning ijobiy ta’siri namoyon bo‘lmaydi.
Belit sementlar esa avtoklav ishlovi berilganda juda yaxshi qotadi.
Sementga qo‘shilma sifatida
maydalangan qum ishlatilsa, betonlarga avtoklav
ishlovi berilganda alit sementlardan foydalanish yanada samarali bo‘ladi. Yuqori
temperaturada odatdagi sharoitlarda inert bo‘lgan qum
aktivligi ohakka nisbatan
keskin ortadi. Natijada C
3
S ning gidrolizlanishi vaqtida ajralib chiqadigan Ca(OH)
2
qum bilan mustahkam kalsiy gidrosilikatlar hosil qiladi manfiy temperaturalarda
portlandsementtosh qotmaydi chunki undagi suv yaxga aylanadi.
Lekin hozir shu
narsa ma’lumki, elektrolit qo‘shilmalar CaCI
2
, NaCI aralashmasi (3% CaC1
2
+7 %
NaCI) va Na
2
NO
2
, K
2
SO
3
ko‘p miqdorda, ya’ni sement og‘irligiga nisbatan 10…15%
gacha
qo‘shilsa, portlandsement asosida tayyorlangan betonlar manfiy
temperaturalarda ham qotadi.
H.F.W. Taylor bo’icha 39-rasmda 8 kundan keyin qotish jarayoni SEM
tasvirida ko'rsatilgan. Plastinkali xususiyatlarni o'z ichiga
oladi kaltsiy gidroksidi
(CH); tsement (Ct) zarrachalari to'liq ( 39 rasmdan CSH deb atalmish ) tobermorit
geli bilan o'ralganligi ko'rsatilgan .
270
39-rasm. 8 kundan keyin tsement qotish jarayonida hosil bolgan mahculotlar
(SEM tasvirida ko'rsatilgan).