Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

portlandsementlar misol bo‘ladi. 
Ma’lumki, sizot suvlarga chidamli sement olish uchun maxsus sulfatga 
chidamli portlandsement yoki oddiy portlandsement tarkibiga aktiv mineral 
qo‘shilma qo‘shish kerak edi. Birinchisi O‘rta Osiyo sharoitida oson hal qilinsa, 
ikkinchisini amalga oshirish ancha qiyin. Chunki O‘rta Osiyoda tabiiy cho‘kma va 
vulqonlar natijasida hosil bo‘lgan mineral qo‘shilmalar yuq. O‘rta Osiyo sharoitida 
paxtachilikning tezlik bilan rivojlanishi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan gidrotexnik 
inshootlarni qurish ishlarining kengayishi chuchuk va tuzli sizot suvlarga chidamli 
sementlarni maxalliy xom ashyolardan yaratish masalasini ilgari surdi. 
Portlandsement o‘zining yuqori bog‘lovchilik-xususiyatlariga qaramasdan tuzli 
sizot suvlarga chidamsizdir. Chunki qotib qolgan portlandsementtoshda singib kirgan 
sulfatli suvlar hosil qilgan. batsilla (kalsiy gidrosulfoalyuminat) darzlar va yoriqlar 
paydo qiladi va uni emira boshlaydi. Kam sementli qorishmalarda esa gips kristallari 
ko‘proq (batsillaga nisbatan) hosil bo‘ladi. Natijada hosil bo‘lgan katta hajmli kristall 
birikmalar sementtoshda ichki kengayuvchi kuchlanishlar vujudga keltirib inshootni 
buzib yuboradi. Demak, sementtoshning kengayishi, batsilla yoki gips kristallari 
hisobiga bo‘lar ekan. Odatda, bu birikmalar betonning emirilishiga sababchi bo‘ladi. 
SHuning uchun sement ishlab chiqarishda O‘rta Osiyoning sho‘r er osti va sizot 
suvlariga, sho‘r tuproqlariga chidamli sement yaratishga katta ahamiyat berish 
muhimdir. Bu suvlar tarkibi odatda natriy, kalsiy va magniy sulfat hamda xlorli 
tuzlardan iborat. 
O‘zbek olimlarining izlanishlari natijasnda bunday suvlarga chidamli putssolan 
sementlar ishlab chiqarish o‘zil-kesil hal qilingan. Bu semeitlarni tayyorlash 


305 
jarayonida odatdagi portlandsement klinkeriga trass, trepel va shunga o‘xshash 
boshqa tabiiy putssolan qo‘shilmalar qo‘shish kerak edi, ammo mamlakatimizning 
hamma joyida bu qo‘shilmalar bir tekis tarqalmaganligi uchun hamma erda 
topiladigan va umumiy bo‘la oladigan qo‘shilma topish ustida izlanishlar qizib ketdi. 
Sun’iy putssolanli qo‘shilmalar birmuncha keng tarqalgap bo‘lib, bularga kaolinli va 
boshqa gilsimon tuproqlar kiradi. Sun’iy putssolanli qo‘shilmalarning xossalari 
yaxshi o‘rganilmagan. 
Giltuproq-portlandsement ishlab chiqarishda uning tarkibiy qismi bo‘lgani 
uchun u hamma sement zavodlarida bor. Shuning uchun kuydirilgan tuproqdan 
putssolan qo‘shilma sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan. O‘zbekistonda kaolin 
tuprog‘ining katta zapasi bor. «VNIITSement»da (Rossiya) olib borilgan tadqiqotlar 
natijasida kuydirilgan kaolinli tuproqdan tayyorlangan putssolan sementlar tuzli 
(sho‘r) suvlarga chidamsiz ekanligini aniqlandi. Bu kutilmagan xol edi. 
1937 yilda sobiq SSSR Fanlar Akademiyasining betonlar korroziyasi bo‘yicha 
butunittifoq yig‘ilishida «Mineral suvli erlarga mo‘ljallangan inshootlar uchun 
tayyorlanadigan portlandsementlar (glinitdan tashqari) yaxshi o‘rganilgan, ular 
sinalgan gidravlik qo‘shilmalar asosida tayyorlanishi lozim» degan qaror qabul 
qilindi. 
O‘rta Osiyoga putssolan sementlari juda zarur, chunki bir qator rayonlarning er 
osti suvlari juda ham minerallangan bo‘lib, ko‘pchilik rayonlarda portlandsementdan 
gidrotexnik inshootlar va sanoat korxonalarini qurish man etilgan. Putssolan 
sementlar ishlab chiqarishda kuydirilgan kaolinitli tuproq faqat birgina real mahalliy 
qo‘shilma hisoblanar edi. 
Bu masalaning muhimligini nazarda tutgan holda O‘zbekistonda professor I.S. 
Kansepolskiy tabiiy kuydirilgan kaolinitli tuproq va portlandsement asosida chuchuk 
va sho‘r suvlarga chidamli sement olish ustida uzoq, vaqt (1931 yildan boshlab) ilmiy 
ishlar olib bordi. Shunday qilib bu maksadlar uchun foydalaniladigan tabiiy kuygan 
tuproq-gliejlardan putssolan qo‘shilmasi olish mumkinligi dunyoda birinchi bo‘lib 
isbotlandi. O‘rta Osiyoda ko‘mir konlariniig yonishi natijasida hosil bo‘lgan bu 


306 
tuproqlarning juda katta konlari bor. Bu tuproqqa geolog Sibishev tomonidan 
qisqacha gliej (glina estestvenno jjennaya) nomi berildi. 
Gliej portlandsement-portlandsement klinkeri va gliejni mayda tuyish bilan 
hosil qilinadi. Gliej portlandsementda gidravlik qo‘shilma (gliej) miqdori tayyor 
mahsulot massasining kamida 30% ini tashkil etishi lozim. Tishlashish muddatlarini 
keragicha o‘zgartirib turish uchun sementni tuyish jarayonida ko‘pi bilan 3% gacha 
gips qo‘shish kerak. 
Gliej tarkibi asosan kremniy oksid va oz miqdorda alyuminiy oksid 
(shuningdek, boshqa oksidlar) dan iborat. Kremniy va alyuminiy oksidning bir qismi 
amorf holda bo‘lib, ohakka nisbatan juda uchdir. Gliej ohak bilan o‘zaro ta’sir 
etganda kalsiy gidrosilikatlar hosil bo‘ladi. Ular suvda eruvchan ohakni suvda amalda 
erimaydigan gidrosilikatlarga aylantiradi. Natijada aralashma qotayotganda erkin 
ohak ajratib chiqadigan bog‘lovchi modda portlandsementni suvga chidamli qilib 
qo‘yadi. 
Bunday qo‘shilmalarni ishlatish katta iqtisodiy foyda ham beradi. 
Portlandsementning tannarxi uning eng muxim va qimmatli tashkil etuvchisi klinker 
o‘rniga qisman arzon tabiiy gliejlar ishlatish hisobiga arzonlashadi. Gliej unchalik 
mustahkam bo‘lmagan, oson maydalanib ketadigan, g‘ovak materialdir. Bu esa 
zarrachalarning sirti katta ekanligini ko‘rsatadi. Qisman shu sababli qo‘shilmalar 
yuqori reaksiyaga kirishish qobiliyatiga ega. Gliejlarning aktivligi zarrachalar 
o‘lchamiga, kuyish temperaturasiga bog‘liq bo‘lib, zarrachalar yiriklashgan va 
temperatura ortgan sari ularning aktivligi ham pasayib boradi. Mustahkamlik esa 
kuydirish temperaturasi ko‘tarilishi bilan ortadi. 
Qo‘shilmalarning ancha g‘ovakliligi, sirt-yuzasining yuqori aktivligi va 
gidrofilligi ularning suvga ta’sirini ham belgilab beradi. Ular, suvga tegishi bilan 
unga (suvga) tuyinib qoladi. Qo‘shilmalar tabiiy qish sharoitlarida ko‘pincha ancha 
nam bo‘ladi. Shu sababli putssolan sementlarni bog‘lovchilar bilan birga tuyishdan 
oldin bir marta quritib olish zarur. Nam qo‘shilmalar aralashgan sement uzoq, 
saqlanganda sementlarning aktivligi keskin susayib ketadi. Adsorbsiya yo‘li bilan 


307 
qo‘shilmaning havodan yutgan nami bog‘lovchi modda bilan o‘zaro kimyoviy ta’sir 
etishadi, bu esa uning barvaqt gidrotatsiyalanishiga olib keladi va shu bilan sement 
aktivligi susayadi. Qo‘shilmalarning ana shu xossasini nazarga olib, putssolan 
sementlarni saqlash uchun ularga tegishli sharoitlar yaratiladi. Klinker, turiga qarab 
(gliejlardan) ikki xil putssolan portlandsement ishlab chiqariladi: oddiy 
portlandsement klinkeridai foydalanib ishlab chiqariladigan gliej portlandsement
sulfatli suvlarga chidamli portlandsement klinkeri asosida ishlab chiqariladigan 
sulfatga chidamli gliej portlandsement. Gliej portlandsementlarning ikkisi ham bir xil 
texnologiya bo‘yicha ishlab chiqariladi, ular bilan birga ishlatiladigan qo‘shilmalarga 
bo‘lgan talab ham bir xil. Gliej portlandsement quyidagi texnologik sxema bo‘yicha 
ishlab chiqariladi. 
Yuqorida aytilganidek, gidravlik qo‘shilma (gliej)ning g‘ovakliligi yuqori va 
odatda qish fasllarida nam bo‘lgani uchun namligini ko‘pi bilan 2% gacha quritish 
kerak. Quritish uchun quritgich barabanlar ishlatiladi. Barabanlarga gliej 10…15 mm 
gacha o‘lchamda maydalangan holda solinadi. 
Shunday qilib, uchala komponent: klinker, gliej va gips belgilangan nisbatga 
qat’iy rioya qilingan holda shar tegirmonga bir vaqtda solib turiladi. Tuyish uchun 
ikki kamerali quvur tegirmonlar ishlatiladi. Gliej portlandsement ishlab chiqarish 
texnologiyasi hom ashyo va ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga ko‘ra oddiy 
portlandsement tayyorlash texnologiyasiga o‘xshash. Faqat klinkerni tuyish paytida 
sementga qo‘shimcha komponent gliej solinishi bilan farqlanadi. Sementga qancha 
qo‘shimcha solinayotgani aniq tekshirib boriladi. Zavodlarda bu maqsadda avtomatik 
massa dozalogichlar ishlatiladi. 
Gliejning ta’siri klinker minerallari gidratatsiyalanayotganda ajralib chiqadigan 
ohakning yutilishiga asoslangan; shuning uchun necha protsent gliej qo‘shish 
kerakligi bevosita gidratatsiya vaqtida Ca(OH)
2
ajratib chiqaradigan klinker minerali 
miqloriga bog‘liq. Ma’lumki, uch kalsiyli silikat shunday mineral hisoblanadi va 
demak, klinkerda uch kalsiyli silikat miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, dastlabki qotish 
davrida sement mustahkamligiga zarar qilmagan holda shunchalik ko‘p gliej qo‘shish 


308 
mumkin. Laboratoriya sinovlariga ko‘ra, tahminan xar 1% uch kalsiyli silikatga 
0,5…0,75 % gidravlik qo‘shilma solish mumkin. Shunga asosan, putssolan 
portlandsement tayyorlash uchun uch kalsiyli silikatga boy alitli klinkerlar ishlatish 
maqsadga muvofiq degan xulosaga kelishish mumkin. Ammo qo‘shilmaning yo‘l 
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorini hamma vaqt klinker mineralogik tarkibiga 
qarab belgilab bo‘lmaydi. Chunki qo‘shilmalarning aktivligi har xil bo‘ladi. Masalan, 
1g trepel yoki diatomit 150 mg gacha CaO yutadi, pemza yoki gliej esa 50 mg CaO 
yutadi. Ohakni to‘liq biriktirish uchun aktivligi past qo‘shilmaga nisbatan aktiv 
qo‘shilmadan kam talab qiladi. Amaliy ma’lumotlarga ko‘ra aktivligi 200 bo‘lgan 
kremniy oksidli chiqindi qo‘shilmasining optimal miqdori sement massasidan 
20…25%, aktivligi 150 bo‘lgan trepel, opoka, diatomit va boshqalarniki esa 
25…30% va aktivligi 50…60 qo‘shilmalarniki 40…50% bo‘ladi. 
Iqtisodiy jixatdan esa qo‘shilma imkoni boricha ko‘p qo‘shilgani ma’qul. Biroq 
bu sement mustahkamligining o‘sish tezligiga va uning so‘nggi pishiqlik qiymatiga 
ta’sir ko‘rsatadi, chunki qo‘shilma miqdori ortishi bilan sement klinkeri qismining 
qotish sharoitlari yomonlashadi (klinker zarrachalari bir-biridan ancha ajralib qoladi).
Gliej portlandsement chuchuk suv va tarkibida sulfat tuzlari bo‘lgan sho‘r 
suvlarga chidamli. Optimal miqdordagi (30% atrofida) gliejni portlandsement 
tarkibiga uni tuyishdan oldin qo‘shilganda uning mustahkamligi kamayib, balki uning 
zichligi ortadi. Gliej oddiy portlandsement zichligini ortiradi. Gliej oddiy 
portlandsementning zichligini oshirish va «sement batsillasi» ning zararli ta’sirini 
kamaytirish orqali chuchuk va sulfatli sho‘r suvlarga turg‘unligini, havo va atmosfera 
ta’siriga chidamligini oshiradi. Biroq bu bilan portlandsement klinkeri va gliej 
asosida sulfat tuzli suvlarga chidamli sement ishlab chiqarish masalasi butunlay hal 
qilingan emas edi. Sementni sulfat tuzli suvlarga chidamli qilishga erishish uchun 
portlandsement klinkeriga 70% gacha gliej qo‘shish kerak. Bu sement dastlabki 
qotish tezligi bo‘yicha juda sust bo‘lib, kam mustahkamlikka ega va sovuqqa 
chidamsiz. Ko‘p yillar davomida olib borilgan izlanishlar natijasida portlandsement 
klinkerining mineralogik tarkibini o‘zgartirish yo‘li bilan sementning sulfatli 


309 
suvlariga chidamligi oshirildi. Gliejli o‘zgartirilgan mineralogik tarkibli, ya’ni kam 
alyuminatli portlandsementga qo‘shish yo‘li bilan sulfatli suvlarga chidamli gliej 
portlandsement olindi. Bu erda shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, O‘rta Osiyo 
respublikalarining ko‘pchilik xududlari juda kuchli sho‘rlangan. Er usti va osti suvlari 
shu darajada ser tuzliki oddiy portlandsementlar bunga chidash bera olmaydi. 
Shunday sharoitlarga chidamli yangi sement sifatida xozirgi kunda O‘rta Osiyo 
respublikalarida gliej portlandsement hisoblanmoqda. 
O‘zbekistonda, Quvasoy sement kombinatida birinchi marta 1940 yildan 
boshlab 30% qo‘shilmali, 1948 yildan esa Bekobod va boshqa sement kombinatlarida 
sulfatli suvlarga chidamli gliej portlandsement ishlab chiqarila boshladi. Hozirgi 
kunda bu sementning ishlab chiqarilishi natijasida ko‘p miqdorda sement tejaldi, va 
xalq xo‘jaligiga behisob foyda keltirildi. Bu sement er osti hamda o‘lkan suv 
inshotlarini qurishda keng ishlatiladi va ishlatilmoqda. 
Angren va Qizil Qiya gliej konlari so‘nggi yillarda o‘lkan xom ashyo 
bazalariga aylangan. Ko‘p yillar davomida gliej portlandsementning hossasini 
o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, uning ishlab chiqarilishi va qurilishda ishlatilishi 
gliejning sementga qo‘shiladigan qimmatbaxo va ishonchli qo‘shilma ekanligini 
isbotladi. Natijada Rossiyaning markaziy rayonlaridan O‘zbekistonga keltirilishi 
kerak bo‘lgan uch yuz ming tonnadan ortiq sulfatli suvlarga chidamli portlandsement 
hozir respublikamizning o‘zida ishlab chiqarilmoqda va bunday sementga bo‘lgan 
talab hozirda to‘da qondirilmoqda. 
Havo va sovuq, iqlim tasiriga chidamli bo‘lgan gliej portlandsement O‘rta 
Osiyo respublikalarida er usti qurilishlarida keng ishlatilmoqda. Qirqinchi yillarda 
O‘zbekiston sement zavodlarida asosan gliej portlandsement ishlab chiqarilar edi. 
Gidrotexnika, sanoat va uy-joy qurilishlarida asosan gliej portlandsement ishlatilgan 
edi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston sement sanoati gliej hisobiga har yili qo‘shimcha 
yarim million tonna atrofida sifatli sement chiqarmoqda. Bu esa sement tannarxini 
ancha kamaytirdi. Suv inshootlari uchun ishlatiladigan past ekzotermik sement ishlab 


310 
chiqarish masalasi gliej portlandsementning olinishi bilan tezda hal qilindi. Ilmiy 
izlanishlar bu sement yirik suv inshootlari qurishda ishlatiladigan past ekzotermik 
sementning o‘rnini bosishi mumkinligini ko‘rsatadi. 
1968 yilning boshida Tuxtagul GES inshoatini qo‘rish uchun maxsus sement 
tanlash kerak edi. Balandligi 215 metrli bu inshoat massiv-gravitatsiyalidir. Bu 
inshoat uchun 3,6 million kub beton ishlatish kerak edi. Avval qurilishda markaziy 
rayonlardan (ya’ni Rossiyadan) keltirilgan sement ishlatishga qaror qilingan edi. 
CHunki bu qurilishga ishlatiladigan inert to‘ldirgich reaksiyaga krishadigan kremniy 
oksidiga boy, gliej esa 4% gacha ishqoriy moddalargga ega. Kremniy oksid va 
ishqoriy moddalarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan kompleks birikmalar hajmi 
oldingi ikki modda hajmlari yig‘indisiga nisbatan bir necha marta katta bo‘lib, 
betonda ichki kuchlanishlar paydo qilishi, uni yorib yuborish mumkin deb faraz 
qilindi. Shularni nazarda tutib mutaxassislar gliej portlandsementni bu inshoat uchun 
ishlatish xavfli deb qarab, bu maqsadda maxsus sement ishlatish kerakligini 
ta’kidladilar. I.S. Kansepolskiy tashabbusi bilan gliej portlandsement uzoq vaqtga 
chidashi, sulfatli suvlarga turg‘unligi va gliej tarkibidagi ishqorlarning inertligi, ya’ni 
suv hamda ohakda erimasligi kabi yaxshi xossaga egaligi tufayli bu qurilishda gliej 
portlandsementi ishlatildi. So‘ngra gliej portlandsementi uchun texnikaviy shartlar 
ishlab chiqildi. Shundan so‘ng To‘xtagul GES qurilishiga 1969 yildan boshlab 
Quvasoy sement zavodi sement etkazib berdi. Tuxtagul suv ombori uchun bir million 
tonna atrofida sement kerak edi. Buning uchun Quvasoy zavodi faqat shu qurilish 
uchun 1,5 yil ishlashi kerak. Maxsus sementni Rossiyadan keltirilmasdan, Quvasoy 
zavodidan olib borishning o‘zi taxminiy xisoblarga ko‘ra, birnecha 10 mln. so‘mga 
(1989 yilgacha) mablag‘ tejaldi. 
Shunday qilib I.S.Kansepolskiy o‘z xodimlari bilan xamkorlikda maxalliy 
gliejlardan portlandsement uchun aktiv mineral qo‘shilma sifatida foydalanishni 
taklif etish muhim iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu ishlar asosida O‘zbekiston se-
ment zavodlari irrigatsiya va gidrotexnika inshootlarining qurilishi uchun juda zarur 


311 
bo‘lgan chuchuk suv va sulfatli suvlarga chidamli sement ming tonnalab ishlab 
chiqara boshlandi. 
Sementlarning kimyoviy chidamliligini oshirish masalasi bo‘yicha olib 
borilgan ishlar ham yaxshi natija berdi..S. Kansepolskiyning ishlari nazariy jixatdan 
katta ahamiyatga ega. Sulfatli sharoitlarda sementlarning korroziyalanish jarayonini 
o‘rganish natijasida ilgarigi fikrlarga tuzatish kiritildi Gliej portlandsementning 
dastlabki qotish davridagi mustahkamligi oddiy portlandsementnikidan ancha sust. 
Bu holni sementga gidrotermal ishlov berish yo‘li bilan tezlashtirish mumkin. 
Bog‘lovchi moddalar qotishini tezlatishda avtoklav ishlovi berish yaxshi natija 
beradi. Eng yaxshi qo‘shimcha maydalab tuyilgan qum hisoblanadi. Talab qilingan 
markaga ega bo‘lgan mahsulot 0,8 MPa bosim ostida va 8…10 soat davomida 
olinadn. 
O‘zbekiston zavodlari ishlab chiqarayotgan 30…50% gliej qo‘shilmali 
sementlarni 0,2 MPa bosimda 4…6 soat davomida avtoklavlarda ishlash natijasida 
katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan qum-sement mahsulotlarning mustahkamligidan 
qolishmaydigan buyumlar olishga imkon berdi. 
Gliej portlandsementdan tayyorlangan mahsulotlar fizik-mexanik xossalari 
bo‘yicha normal sharoitda qotgan portlandsementning 28 kundagi mustahkamligiga 
teng. Bu mahsulot ochiq havo, sovuq va sulfat suvlar ta’siriga chidamli. So‘nggi 
yillarda O‘zbekiston sement sanoati yiliga gliejlar qo‘shish hisobiga, qo‘shimcha 
ravishda 500 ming tonnacha sement ishlab chiqarmoqda. 
Portlandsement ishlab chiqarishda fosfotoshqollar ilgari ishlatilmas edi. 
Birinchi marta Chimkent fosforli o‘g‘itlar zavodining toshqollarini 1966 yildan 
boshlab sement chiqarishda 688-66 nomerli vaqtincha texnik shartlarga binoan 
ishlatila boshladi. 
Fosfotoshqollarning portlandsement qotishiga ta’siri qo‘shilma miqdori va 
klinkerning mineralogik tarkibiga ko‘ra o‘rganildi. Fizik-mexanik sinovlarga ko‘ra 
normal solishtirma sirtli sementga fosfotoshqollar qo‘shish sementning suvga 
talabchanligiga ta’sir ko‘rsatmaydi, biroq uning tishlashish muddatini sekinlashtiradi. 


312 
Sementning solishtirma sirtini 340-380 m
2
/kg gacha oshirish uning tishlashish 
muddatini birmuncha tezlashtiradi. Fosfotoshqollarni sementga qo‘shish, uning 
tishlashish muddatini susaytirishni fosfotoshqollar tarkibida fosfor kislota tuzlarini 
borligi bilan tushuntiriladi. Haqiqatan, sementga 1% atrofida fosfor kislota qo‘shilsa 
uning mustahkamligi keskin kamayib ketadi va uning tishlashish muddati juda 
sekinlashadi. Fosfotoshkol, sementga qo‘shilganda uning mustahkamligi dastlabki 
qotish davrida (1…3 oy davomida) kamayib, asos sementi mustahkamligining 
o‘sishidan keyingi muddatlarda (6 oydan 3 yilgacha) ortib boradi. Sement tarkibidagi 
fosfotoshqolning miqdorini 60% ga etganda uning mustahkamligi ancha kamayadi, 
ammo tarkibida 60% fosfotoshqol bo‘lgan sementning olti oylik namunalari 
siqilishiga sinalganda, asos portlandsement mustahkamligidan ortib ketadi. Bu qonun 
turli mineralogik tarkibli sementlarni sinaganda ham namoyon bo‘ladi. 
Fosfotoshqolli sementlarning solishtirma sirti ko‘paytirilganda va namunalarga 
gidrotermal ishlov berilganda ularning mustahkamligi ortadi. Bunday sementlarning 
havoda qotishi qurilish normallarining talablariga to‘la javob beradi. Ammo 
toshqollarning miqdori ortganda uning suvuqqa chidamligi kamaya boshlaydi, 
fosfotoshqollarni portlandsementlarga qo‘shib sement namunalarining kirishishini 
kamaytirish xam mumkin. 
Sementlarga 50% gacha fosfotoshqollar qo‘shish sementning armatura bilan 
tishlashishini kamaytirmasdan, balki bir necha marta ortiradi. Fosfotoshqollarning 
tarkibi o‘zida domna toshqollaridan kam miqdorda giltuproq borligi bilan farqlanib, 
portlandsementga qo‘shilgan fosfotoshqol miqdoriga proporsional miqdorda uning 
sulfatli suvlariga chidamligi ham ortadi. Sinovlar fosfotoshqollarning miqdori 
portlandsement tarkibida 10…60% gacha bo‘lganda ma’qul hisobanadi. Odatdagi 
sulfatli suvlarga chidamsiz portlandsement ham 15% fosfotoshqol ishtirokida sulfatli 
suvlar ta’siriga bardosh bera oladi. Bunday sementlardan yasalgan beton va temir-
beton konstruksiyalarga sulfatli suv va sovuqning ta’sirini o‘rganib chiqilgan va ular 
O‘zbekiston va Turkmaniston territoriyalaridagi er osti suvlari juda kuchli 
minerallashgan joylarda ishlatilmoqda. 


313 
Professor I. Toshpo‘latov rahbarligida yangi sement glinit portlandsement 
ixtiro kilindi. Bu sement O‘zbekistonda keng tarqalgan maxalliy xom ashyo kaolinitli 
tuproq (gilvata) ni 700-800
0
C da qizdirib, odatdagi portlandsement klinkeriga 
qo‘shiladi, so‘ngra maydalab tuyib tayyorlanadi. 
Oq rangdagi gipssimon jinslar kaolin deb ataladi. Bu jinslar asosan kaolinit 
gruppasiga kiradigan minerallardan tarkib topgan. Glinit portlandsementning sulfatli 
suvlariga chidamlik darajasi uning tarkibiga qo‘shilgan, qizdirilgan kaolinitli tuproq 
miqdoriga bog‘liq. Boshqacha aytganda, glinit portlandsementga qizdirilgan kaolinitli 
tuproq ko‘p qo‘shilsa, u mustahkam bo‘ladi, aksincha kam qo‘shilsa mustahkamligi 
pasayadi. 
Glinit portlandsement trepel, opoka, diatomit va boshqa tog‘ jinslari qo‘shib 
tayyorlanadigan putssolan portlandsementlarga nisbatan ustun turadi. Bu sementning 
eng yaxshi xossalaridan biri shuki, u issiq quruq havoda ham, sovuq havoda ham 
birday mustahkam bo‘ladi, muzlash natijasida emirilmaydi. Bu sementni ishlab 
chiqarish iqtisodiy jixatdan samarali emas deb xisoblaydilar, chunki kaolin tuprog‘ini 
kuydirishga ko‘p miqdorda yoqilg‘i sarf bo‘lishi hisoblab chiqariladi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish