• Bibisora Joraqulova Orif qizi Buxoro viloyati Shofirkon tumani 50-maktabning boshlang‘ich fani o‘qituvchisi Gulhayo Hamroyeva Toshpo‘lat qizi
  • Akbar Roziqov Ahmedovich Buxoro viloyati Shofirkon tumani 50-maktabning tasviriy san‘at o‘qituvchisi Annotatsiya
  • Kalit sozlar
  • Исследование в XXI века август, 2022 г 337 darslarda muammoli vaziyat metodlardan foydalanish




    Download 0.85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana28.03.2024
    Hajmi0.85 Mb.
    #179748
    TuriИсследование
      1   2   3
    Bog'liq
    Bibisora Joraqulova Orif qizi.pdf1
    SHAXS OG`ISHGAN XULQINING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI, Ариза намуна, Mavzu sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi, Mavzu texnologiya fani mashg‘ulotlarida muommoli topshiriqlarda, Avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslari (X.Karimov, M.Bobojanov)


    Международный научный журнал № 1 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI века» август, 2022 г
    337 
     DARSLARDA MUAMMOLI VAZIYAT METODLARDAN FOYDALANISH
     
    Bibisora Joraqulova Orif qizi 
    Buxoro viloyati Shofirkon tumani 
    50-maktabning boshlang‘ich fani o‘qituvchisi 
    Gulhayo Hamroyeva Toshpo‘lat qizi 
    Buxoro viloyati Shofirkon tumani 
    50-maktabning boshlang‘ich fani o‘qituvchisi 
    Akbar Roziqov Ahmedovich 
    Buxoro viloyati Shofirkon tumani 
    50-maktabning tasviriy san‘at o‘qituvchisi 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada muammoli vaziyat metodlari haqida kengroq 
    ma‘lumot berilgan va misollar orqali kengroq yoritilgan. 
    Kalit sozlar: muammoli vaziyat,muammoli vaziyat turlari,‘Muammo ‘texnologiyasi 
     
    Mamlakatimizning bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari ma'naviy 
    salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, o‘quvchi-yoshlarimizning bilim va 
    salohiyatlarini jahon andozalari darajasiga ko‘tarishni taqozo etmoqda. Bu esa, o‘z 
    navbatida, ta‘lim-tarbiya jarayonini zamon talabi darajasida tashkil etish va yangi ta‘lim 
    texnologiyalarini dars jarayoniga tatbiq etishni talab etadi. 
    Bilamizki, o‘quvchilar ta‘lim muassasalarida fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va 
    malakalarga ega bo‘lish bilan birgalikda, o‘z fikrini boshqalarga tushuntira olish va 
    boshqalarni tushuna olish, munozaraga kirishish, ya‘ni bilim, ko‘nikma va malakalardan 
    kundalik hayotiy vaziyatlarda foydalana olishlari zarur. Buning uchun, avvalo, o‘qituvchi 
    o‘z fani bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi, ilg‘or zamonaviy o‘qitish usullaridan 
    muntazam xabardor bo‘lib borishi hamda o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida ulardan 
    samarali foydalanish yo‘llarini kashf eta olishi lozim. Shundagina o‘qitish sifati ham, 
    o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirish darajasi ham kutilgan darajada yuqori bo‘ladi.
    Bugungi kunda rivojlantiruvchi ta‘lim texnologiyasining asosiy bo‘g‘inihisoblangan 
    muammoli ta‘lim eng samarali o‘qitish usullaridan biri hisoblanadi. Muammoli o‘qitishni 
    chuqur o‘rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo‘lib, uning asosida ‘Tafakkur ‘ 
    muammoli vaziyatdan boshlanadi‘‘ degan g‘oya yotadi va fikrlash psixologiyasi nuqtayi 
    nazaridan muammoli o‘qitish g‘oyasi va tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, 
    V.Okon, I.Y.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan. Muammoli ta‘lim deyilganda, o‘qituvchi 
    (pedagog) rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo o‘quvchi-
    talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko‘nikma va malakalarni ijodiy 
    o‘zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta‘lim jarayonini tashkil 
    etish nazarda tutiladi.Mashg‘ulot jarayonida fan o‘qituvchisi diqqat-e‘tiborni tahlil 
    qilinishi kutilayotgan muammoga qaratadi. Negaki, muammoli ta‘lim texnologiyasining 


    Международный научный журнал № 1 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI века» август, 2022 г
    338 
    asosini muammoli vaziyat tashkil qiladi. Ta‘lim oluvchilar muammoning yechimini topishga 
    astoydil harakat qiladilar. Bunda muammoli izlanuvchanlik faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish, 
    eng muhimi, o‘quvchilarda o‘quv muammosi, uning mohiyati, amaliy ahamiyati kabi 
    masalalar haqida aniq tushunchalarni uyg‘otish va izlanuvchanlik faoliyatiga nisbatan 
    motivatsiyani yuzaga keltirish lozim. Yana muammoli o‘qitish mashg‘ulotlarini tashkil 
    etishda fan o‘qituvchisi hech qachon o‘quvchilarga muammoning yechimini aytish kerak 
    emas, balki ularga hal eta olishlariga turtki berish, mashg‘ulotlarda va hayot faoliyatlarida 
    zarur bo‘lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam 
    berishi lozim bo‘ladi. Buning natijasida o‘quvchilar kasbiy bilimlarga, ko‘nikmalarga, 
    malakalarga ega bo‘ladilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Shuni alohida qayd etish 
    kerakki, yangi bilimlar ma‘lumot uchun emas, balki muammo yoki muammolaming 
    yechimi uchun beriladi. Muammoning yechimi esa, o‘z navbatida, ijodiy fikrlashni taqozo 
    etadi. Agar o‘quvchi muntazam tayyor bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga o‘rgatilgan 
    bo‘lsa, uning ijodiy qobiliyatini so‘ndirib qo‘yish ham mumkin, negaki, fikrlash jarayoni 
    muammoli masalalalarni yechishda rivojlanadi.
    Muammoli ta‘lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko‘rinishga ega:
    1.Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.
    2.Muammoning qo‘yilishi.
    3.Muammoning yechimini topish.
    Muammoli ta‘lim texnologiyalaridan adabiyot darslarida, ayniqsa, badiiy asarlar 
    tahlili jarayonida foydalanish o‘quvchini asar bilan to‘liq tanishib chiqishga imkoniyat 
    yaratadi. Shuningdek, adabiyot darslarida muammoli savollar qo‘yilishi o‘qituvchiga 
    o‘quvchilarning tinglash va muloqot qilish ko‘nikmalarini, turli nuqtai nazardan tushunish 
    malakasini rivojlantirish, bahsli masalalarni hal qilish, tahliliy mushohada yuritish vafikrlash 
    layoqatini oshirish, ularning o‘z fikrini shakllantirish mahoratini mustahkamlash 
    imkoniyatini beradi. Dars jarayonlarida Nima deb o‘ylaysiz?, Fikringiz qanaqa?, Sizningcha 
    qanday?, Nega bunday deb o‘ylaysiz?, Nimalar asosida bunday xulosaga keldingiz? kabi 
    savollarning berilishi ham ta‘lim oluvchilarga so‘zlash, o‘z nuqtayi nazarlarini ifoda eta 
    olish uchun qulay vaziyatni yaratib beradi. Ona tili,adabiyot darslarida ‘Muammoli vaziyat‘ 
    metodini qo‘llash mumkin. Ushbu metod ta‘lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning 
    sababini va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimlarini topish bo‘yicha ko‘nikma 
    va malakalarni rivojlantirishga yordam beradi yoki ‘Muammo‘ texnologiyasi 
    o‘rganilayotgan mavzudagi asosiy muammoni ajratib olish va muammoni o‘quvchilar 
    tomonidan mustaqil hal etilishini ta‘minlashga xizmat qiluvchi texnologiya hisoblanadi.
    Dastlab ushbu texnologiyalarni qo‘llab ko‘rganimizda bir necha muammolarga duch 
    kelishimiz mumkin. Jumladan, o‘quvchilar oldilarida turgan vazifaning yechimini topa 
    olmasligi yoki muammoli savol berilganda unga o‘z vaqtida javob topa olmasligi v.h. 
    Shuning 
    uchun 
    o‘quv 
    mashg‘ulotlari 
    jarayonida 
    muammoli 
    o‘qitish 
    texnologiyalaridanimkoniyat darajasida ko‘proq foydalanish tavsiya etiladi.Muammoli 
    o‘qitishning asosida amerikalik psixolog,pedagog Dj.Dyui g‘oyalari yotadi.Dyuining fikricha 


    Международный научный журнал № 1 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI века» август, 2022 г
    339 
    o‘qitish samaradorligi shartlari o‘quv materiallarini muammolashtirish bola faolligi bilan 
    bog‘liq bo‘lishi kerak. 
    Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: 
    O‘qituvchi 
    o‘quvchilarni 
    guruhga 
    ajratib 
    ,ularni 
    mos 
    o‘rinlarga 
    joylashtirgach,mashg‘ulotni o‘tkazish tartib ‘qoidani va talablarni tushuntiradi.
    O‘qituvchi guruhlarga tayyorlab kelgan topshiriqlarni beradi va vaqt beriladi.Berilgan vaqt 
    tugagach ,tayyorlangan ishni guruh vakillari o‘qib eshittiradi. O‘qituvchi guruhlar 
    tomonidan yozilgan muammoli qog‘ozlarni almashtirib tarqatadi. Har bir guruh a‘zosi 
    o‘zini qiziqtirgan muammoni tanlab oladi. O‘qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi 
    chizmaga har bir guruh a‘zosi tanlab olgan muammosini yozib,mustaqil ravishda tahlil 
    etadi. 
    Muammoning turi 
    Muammoni 
    kelib 
    chiqish 
    sabablari 
    Muammoning 
    yechim yo‘llari 

    Download 0.85 Mb.
      1   2   3




    Download 0.85 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Исследование в XXI века август, 2022 г 337 darslarda muammoli vaziyat metodlardan foydalanish

    Download 0.85 Mb.
    Pdf ko'rish