291
g) olein kislota yoki oksidlangan petrolatum, sement massasidan 0,06…1%
miqdorda;
d) oksidlangan petrolatum, sement massasidan 0,3% miqdorda.
Klinkerni tuyish jarayonida gidrofob moddalar sement zarrachasi yuzasini
namlanmaydigan parda bilan qoplaydi. Sruning uchun uni uzoq vaqt havoda saqlash
mumkin. Bu vaqt ichida uning mustahkamligi boshqa
sementlar kabi kamayib
ketmaydi. Gidrofob sementdan qorishma tayyorlanganda, qotish vaqtini 1,5-2 minut
uzaytirish kerak, chunki sement zarrachalari sirtidagi
gidrofob parda qum va
shag‘alning ishkalanishidan buzilib, suv bilan erkin ravishda birikishi lozim. Shuning
uchun gidrofob sement uzoq saqlansa ham o‘zining plastiklik xossasini yo‘qotmaydi.
Gidrofob portlandsementdan buyum tayyorlaganda uning zichligi yuqori
bo‘ladi, suv o‘tkazuvchanligi kamayadi, sovuqqa chidamliligi esa 800-1000
siklga
ortadi (oddiy portlandsement betonning sovuqqa chidamlilik markasi SCH-200-300).
Gidrofob portlandsement ham oddiy portlandsement kabi markalarda chiqariladi.