|
Silindrik G’altakning magnit maydoni Reja induktivlik g’altagi Magnit Maydon
|
bet | 1/6 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 76,71 Kb. | | #139482 |
Bog'liq Elektro Dinamika qayta topshirish 1
Silindrik G’altakning magnit maydoni
Reja
1 Induktivlik g’altagi
2 Magnit Maydon
3 Silindri g’altak
Induktivlik gʻaltagi — sigʻimi va faol qarshiligi ancha kichik boʻlgani holda katta induktivlik qosil qiladigan spiralsimon oʻtkazgich. Bir tolali, baʼzan, koʻp tolali izolyasiyalangan simni silindr, toroid yoki toʻgʻri toʻrtburchak shaklli dielektrik-karkasga oʻrab tayyorlanadi. Karkassiz Induktivlik gʻaltagi ham bor. Induktivlik gʻaltagi simini bir qatlamli va koʻp qatlamli qilib oʻrash mumkin. Gʻaltak induktivligini oshirish uchun, koʻpincha, ferromagnit (elektrotexnika poʻlati, permalloy, ferrit va boshqalar), oʻzak qoʻllaniladi. Induktivlik gʻaltagi induktivligi gʻaltak oʻlchamlariga, oʻramlari soni kvadra-tiga va oʻzakning magnit singdiruvchanligiga toʻgʻri proprsional boʻladi. U elektr filtrlar va tebranish konturlarining elementi sifatida, transformatorlarda, rele, magnitli kuchaytirgich, elektromagnit va boshqa da qoʻllaniladi. L harfi bilan belgilaniladi. Genrilarda oʻlchanadi.
Mikromodullarda qoʻllaniladigan yassi bosma gʻaltak, elektr mashinalarining chulgʻamlari, ramkali va ferrit antennalar ham Induktivlik gʻaltagi xillari hisoblanadi.
Gʻaltak induktivligi – asosan uning o„lchamlari, shakli va o„ramlar soniga bog’liq bo’ladi. Gʻaltak o’lchamlari qancha katta va undagi o„ramlar soni qancha ko’p bo’lsa, induktivlik shuncha katta bo’ladi. Bundan tashqari, g’altak induktivligiga unga kiritilayotgan o’zak va uni ekranga joylashtirish katta rol o’ynaydi.
Radiotexnik
apparaturada
induktivligi
mikrogenridan
o„nlab
milligenrigacha bo’lgan yuqori chastota g’altaklari qo’llaniladi.
O’zgaruvchan tok zanjirlarida ishlayotgan g’altakning ish sifatini – asillik (QL) bilan ifodalash qabul qilingan. Radioapparaturalarda odatda o’rtacha asillikka ega bo’lgan (40†200 tartibdagi) g„altaklar qo„llaniladi. Yuqori asillikka ega bo„lgan g„altaklar (300 dan yuqori) faqat maxsus holatlardagina (masalan, o„tkir rezonans xarakteristikaga ega bo„lgan kontur va filtrlarda) qo„llaniladi.
Gʻaltak o„ramlari va qatlamlari sig„im hosil qiladi. Bu sig„imni g„altakka paralleь ulangan kondensator deb qarash mumkin. Gʻaltakning bu xususiy sig‘imi uning sifat ko„rsatkichlarini yomonlashtiradi (asillik va barqarorlik kamayadi, tebranma
konturdagi chastota diapazonini egallash koeffisiyentini kamaytiradi, drossel sifatida ishlatilayotgan g„altak ta‟sirini yomonlashtiradi). Shu sababli g„altaklar loyihalashtirilayotganda
uning o„lchamlarini kichraytirishga harakat qiilinadi.
Gʻaltakning xususiy sig„imi ko„p hollarda uning o„lchamlari va o„rash usuliga bog„liq bo„ladi. Bir qadam oraliqda o„ralgan bir qatlamli g„altaklar (1†3 pf) va universal o„ramli ko„pqatlamli g„altaklar (5†30 pf) kichik sig„imga egadirlar. O„ramlarni alohida seksiyalarga ajratish yo„li bilan ham xususiy sig„imni kamaytirish mumkin. Atrof–muhit temperaturasi o„zgarsa g„altak o„lchamlari ham o„zgaradi, natijada uning induktivligi ham o„zgaradi. Temperatura 1 0S ga
o„zgarganda induktilikning nisbiy o„zgarishi induktivlikning temperatura
|
| |