• 4 Tarmoqlarning ishlash rejimlari va ularning tashkillashtirish xususiyatlari.
  • -rasm. PHY darajaning nimdarajalari




    Download 0,94 Mb.
    bet7/9
    Sana13.01.2024
    Hajmi0,94 Mb.
    #136846
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    SIMSIZ TARMOQ TEXNOLOGIYASI

    1-rasm. PHY darajaning nimdarajalari
    PLCP nimdaraja borligicha simsiz muhit orqali ma’lumotlarni u yoki bu uzatish va qabul qilish usuli ishlatiladigan PMD nimdarajasidan foydalaniladigan 8 MAS-stansiyalar orasida MAS protokoli ma’lumotlari elementlarining (MAS Protocol Data Units-MPDU) harakatlantirilishi amalga oshiriladigan o‘zaro ta’sirlashishni ta’minlash darajasi hisoblanadi. PLCP va PMD nimdarajalar 802.11 standartining turli variantlari uchun farq qiladi. Fizik darajalarni o‘rganishga kirishishda oldin fizik darajaning tashkil etuvchilaridan biri bo‘lgan skremblirlashni ko‘rib chiqamiz. Zamonaviy uzatkichlar asosida yotadigan ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish mumkin bo‘lgan xususiyatlardan biri bu uzatish uchun taqdim etiladigan ma’lumotlar uzatkich nuqtai nazaridan tasodifiy tarzda kelishi haqida ko‘zda tutish hisoblanadi. Bu ko‘zda tutishsiz fizik darajaning qolgan tashkl etuvchilarining qo‘llanilishi hisobiga olinadigan ko‘plab avzalliklarini ishlatib bo‘lmasdi. Lekin bo‘ladiki, qabul qilinadigan ma’lumotlar yetarlicha tasodifiy emas va aslida nollar va birlarning takrorlanadigan to‘plamlari va uzun ketma-ketliklaridan iborat bo‘lishi mumkin. Skremblirlash (elementlarning joylarini almashtirilishi) bu qabul qilinadigan ma’lumotlar tasodifiyga o‘xshab ketadigan qilinadigan usul hisoblanadi. Bunga ma’lumotlarni tuziomalashtirilganidan tasodifiy o‘xshab ketishiga aylantirish uchun ketma-ketlik bitlarini joylarini almashtirish yo‘li bilan erishiladi. Bu protsedura ba’zan “ma’lumotlar oqimini oqlash” deyiladi. Qabullagichning deskrembleri keyin dastlabki tuzilmalashtirilgan ketma-ketlikni olish uchun tasodifiy ketma-ketlikni teskari o‘zgartirishni bajaradi. Ko‘plab skremblirlash usullari o‘zi sinxronlashadigan usullarga kiradi. Bu de-skrembler skrembler orqali mustaqil sinxrolashtirilishi mumkinligini bildiradi.
    4 Tarmoqlarning ishlash rejimlari va ularning tashkillashtirish xususiyatlari.
    Simsiz lokal tarmoqni tashkil etishda atrof-muhitning bir necha o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarur. Aloqa sifati va uzoq masofaliligiga signal o‘tishi kerak bo‘lgan devorlar, to‘siqlar va boshqa ob’ektlar soni kabi ko‘plab fizik omillar ta’sir qiladi. Odatda masofa materiallar turlariga va binodagi boshqa elektr asboblardan radiochastotaviy shovqinga bog‘li bo‘ladi. Aloqa sifatini oshirish uchun quyidagi bazaviy prinsiplarga rioyaqilish kerak bo‘ladi: 1. Simsiz tarmoq abonentlari orasidagi devorlar va to‘siqlar sonini kamaytirish. Har bir devor va to‘siq maksimal radiusdan 1 metrdan 25 metrgachani oladi. Ulanish nuqtasi va abonentlarni shunday joylashtirish kerakki, ular orasidagi to‘siqlar soni minimal bo‘lishi kerak. 2. Tarmoq ulanish nuqtasi va abonentlari orasidagi burchakni tekshirish. Qalinligi 0,5 metrli devor 30 gradus burchakda radioto‘lqinlar uchun 1 metr qalinlikka ega bo‘lib qoladi. 2 gradus burchakda esa to‘siq 12 metr qalinlikka ega bo‘ladi. Tarmoq abonentlarini shunday joylashtirish kerakki, signal to‘siqlar yoki devorlarga 90 gradus ostida o‘tishi kerak. 3. Qurilish materiallari signalning o‘tishiga turlicha ta’sir qiladi. Butunligicha metall eshiklar yoki alyuminiy qoplamalar radioto‘lqinlarning uzatilishiga yomon ta’sir qiladi. Iloji boricha tarmoq abonentlari orasida metall yoki temir-beton to‘siqlar bo‘lmasligi kerak. 4. Signal quvvatini tekshirish dasturiy ta’minoti yordamida antennani eng yaxshi qabul qilishga o‘rnatish kerak. 5. Simsiz tarmoq abonentlaridan radiohalaqitlarni generatsiyalaydigan elektr qurilmalarni mikroto‘lqinli pechlarni, monitorlarni, elektr motorlarni, uzluksiz eletr ta’minoti manbalarini iloji boricha 1-2 metr masofaga uzoqlashtirish. Halaqitlarni kamaytirish uchun bu asboblar ishonchli yerga ulanishi kerak. 6. Agar 2,4 GGs standartdagi simsiz telefonlar yoki X-10 qurilmalar (masalan, signalizatsiya tizimlari) ishlatilayotgan bo‘lsa, simsiz aloqa sifati sezilarli yomonlashadi yoki uziladi. Oddiy yashash joylari uchun aloqa masofasi alohida muammo emas. Agar uy chegaralarida ishonchsiz aloqa bo‘lsa, u holda ulanish nuqtasini simsiz tarmoq bilan bog‘lash kerak bo‘lgan xonalar orasiga joylashtirish kerak. Simsiz tarmoq ishlash zonasiga tushadigan ulanish nuqtalarini topish va ular ishlaydigan kanallarni aniqlash uchun Network Stumbler dasturidan foydalanish mumkin. U yordamida, shuningdek tanlangan kanallardagi “signal-shovqin” nisbatini baholash mumkin. Wi-Fi tarmoqlarida signalning ko‘p nurli tarqalishi (Multipath) Ko‘p nurli tarqalish har bir marta turlicha nomoyon bo‘ladi. Tushunib olish muhimki, ma’lum sharoitlarda alohida samaralar kuchliroq nomoyon bo‘ladi, masalan, sezilarli qaytarish xonada katta metall shkaflar bo‘lganida yoki antenna liftning shaxtasi va eshiklari yonida joylashganida kuchliroq nomoyon bo‘ladi. Istalgan holda bu samaralar bitta dastlabki signaldan ko‘plab nusxalarni va ko‘plab yo‘llarni vujudga kelishi sharoitlarini yaratadi. Bularning barchasini Wi-Fi 802.11 standarti tarmoqlariga to‘liq darajada qo‘llash mumkin. Binolarining ichida qaytarilgan Wi-Fi signallari va ularning aks-signallarini (Wi-Fi dastlabki signallari nusxalarini) uzun koridorlar, devorlar, stollar, javonlar, shuningdek ko‘p sonli boshqa to‘siqlar sharoitlari orqali kelib chiqishi mumkin. Aeroportlar angarlari, ombor angarlar, zavodlar va fabrikalar sexlari kabi ko‘p metalli ichki zonalar ko‘p sonli qaytarish sirtlari tufayli Wi-Fi signallarini ko‘p nurli tarqalishi yuqori darajasili ob’ektlar hisoblanadi. Odatda aynan qaytarilgan signallar Wi-Fi signallarini ko‘p nurli tarqalishining asosiy sababi hisoblanadi. Ko‘chada (binodan tashqarida) Wi-Fi signallarini ko‘p nurli tarqalishini yo‘llardan, suvning katta sirtidan (ko‘llar, daryolar va h.k.), binolardan va o‘ziga 44 xos sharoitlar vujudga kelganida atmosferadan qaytishlar keltirib chiqarishi mumkin. Shunday qilib, ko‘plab turli yo‘nalishlarda o‘zgaradigan (yaqinlash yoki uzoqlashishda egiladigan) signallarga ega bo‘lamiz. Wi-Fi asosiy/dastlabki signali qabullash antnennasiga etib boradi, lekin yo‘nalishlari o‘zgargan signallar ko‘plab nusxalari ham va ko‘plab qaytarishlardan keyin mutlaqo oldindan bilib bo‘lmaydiganxarakteristiklarga (fazaga, amplitudagi va h.k.) ega bo‘lish bilan qabullash antennasiga etib borishi mumkin. Odatda qaytarilgan signallar uchun asosiy signalga qaragan katta yo‘lni bosib o‘tish zarurati tufayli qabullash antennasiga etib borishi uchun bir qanchako‘p vaqt talab qilinadi. Vaqt bo‘yicha farq nanosekundlarda o‘lchanishi mumkin. Bu vaqt bo‘yicha farq signalning tarqalishi kechikishi (delayspread) deyiladi. Bunda ayrim texnologiyalar bunday kechikishlarga ko‘proq, boshqalari kamroq uchraydi. Radiosignallar uchun ko‘p nurli tarqalish samarasi ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha salbiy hisoblanadi. Signallar nusxalarining ko‘plab yo‘llari fazalaridagi farqlar tufayli qabullagichdagi kombinatsiyalangan signal ko‘pincha so‘nadi yoki buziladi. Ko‘p nurli tarqalish eskirgan Wi-Fi 802.11 a/b/g standartlartarmoqlari uchun juda jiddiy muammo hisoblanadi. Yo‘naltirilgan antennalardan foydalanish salbiy samarani kamaytirishga kam imkoniyat beradi. SHuningdek Wi-Fi qabullash antennalarini surilishi (diversity) ijobiy ta’sir etishi mumkin. Ba’zan WiFiqurilmaga uzatish quvatini pasaytirish yoki kichik kuchaytirish koeffitsientili antennalardan foydalanish yordam beradi.Zamonaviy Wi-Fi 802.11n standarti tarmoqlari uchun signalning ko‘r nurli tarqalishi muammolarini kompensatsiyalashning sezilarli ko‘p mexanizmlari mavjud. Bu erda katta ijobiy samarani ham uzatish, ham qabullash tomonlarida Wi-Fi antennalari suriladigan MIMO texnologiyasining, shuningdek musbat interfrensiya sharoitlarini sun’iy yaratish va natijaviy kuchaytirish uchun qabul qilingan signallarni raqamli ishlov berish bilan kombinatsiyalash kabi texnikaning (MRC/Maximum Ratio Combining) qo‘llanilishi ko‘rsatadi. 45 Quyida sanab o‘tilgan qurilmalar keng polosali tarmoqlar bo‘yicha simsiz aloqa uchun halaqitlarni hosil qilishi mumkin (1-rasm). Mikroto‘lqinli pechlar Agar kompyuter yoki Wi-Fi bazaviy stansiyasi yaqinida mikroto‘lqinli pech ishlasa, u halaqitlarni generatsiyalashi mumkin. Sun’iy yo‘ldoshli televidenie tizimlari Ayrim sun’iy yo‘ldosh antennalari bilan birga ishlatiladigan koaksial kabel yoki biriktirgichlar hlavitlar manbalari bo‘lishi mumkin. Elektr energichi manbalari Elektr energiyasi liniyalari, elektrlashtirilgan temir yo‘llar va kuch nimstansiyalari kabi ayrim tashqi elektr kuchlanish manbalari AirPort bazaviy stansiya, AirPort Time Capsule qurilmalar Wi-Fi yoki marshrutizator elektr o‘tkazgichli devorga y oki elektr quri atrofida joylashtirilganida halaqitlar manbalari bo‘lishi mumkin.

    Download 0,94 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. PHY darajaning nimdarajalari

    Download 0,94 Mb.