|
Sinf rahbarining asosiy vazifalari
|
bet | 46/50 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 9,33 Mb. | | #273422 |
Bog'liq 7-Sinf soati ish reja va konspekti 2024 -2025-yilTashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so’rash: a) Savol – javob o’tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
O’qituvchi:
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1999-yil 2-martdagi Farmoniga asosan Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashib halok bo’lganlarning, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan O’zbekistonning barcha o’g’lonlari xotirasini abadiylashtirish muhimligini nazarda tutgan holda, bugun ham saflarda turib Vatan obro’-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy- axloqiy jihatdan tarbiyashlashga hissa qo’shayotgan barcha kishilarning hurmatini joyiga qo’yish maqsadida Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 9-mayni –“Xotira va Qadrlash kuni” deb e’lon qildi va bu kun umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi.
Inson chindan ham ulug’ nomga sazovor bo’lsa, u o’z qadriga yetish bilan birga o’zgalar qadrini ham baland tutib, odamiylik burchini to’g’ri ado etadi. Ana shu insoniylik burchlaridan biri o’tganlar ruhini shod etib, ular xotirasini, qadr-qimmatini o’z joyiga qo’yishdir.
“Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, bor kuch-quvvatini ayamagan biror bir faxriy, biror bir kishi unutilmasligi kerak. Ularning har biriga munosib hurmat-ehtirom ko’rsatilishi shart”,- deb ta’kidlaydi Har bir insonning o’z o’rni o’z qadr-qiymati va munosib xotirasi bor.
Topshiriq: Ikkinchi jahon urushida front ortida kimlar va qanday xizmat qilgan mavzusida fikr-mulohazalar o’tkaziladi.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jon’uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
III. Yakuniy qism:
Dars yakunida o’quvchilar bilan birgalikda olgan bilimlarni umumlashtirilib, savollar bilan mustahkamlanadi.
O’quvchilar rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO’_________ ___________________________ sana______ ________________ 20___yil
Sana: “__” ____________ 20__-yil. Sinfi: _____ Sinf rahbari: _____________________
|
| |