|
Sinf rahbarlarining asosiy vazifalari
|
bet | 2/50 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 9,33 Mb. | | #273422 |
Bog'liq 7-Sinf soati ish reja va konspekti 2024 -2025-yilSinf rahbarlarining asosiy vazifalari:
odob-axloq va ichki tartib qoidalariga muvofiq muomala va kiyinish madaniyatiga amal qilish, jamoada namunali bo’lish;
ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri sifatida o’ziga biriktirilgan sinfdagi o’quvchilarning amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etish;
o’quvchilarning o’sib-ulg’ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat qilish, yordamga muhtoj o’quvchilarga yakka holda yondashish asosida ular qalbida milliy g’urur, vatanparvarlik, mehr-oqibat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni uyg’otish;
voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosi borasida voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishlari, o’quvchilar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha o’tkaziladigan "O’quvchi", "Davomat" kabi profilaktik reydlarda hamkorlik qilish
Sinf rahbarlari o’zlariga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
har tomonlama yetuk, barkamol - ma’naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o’quvchilarining qobiliyatlarini to’liq namoyon etishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;
pedagog jamoa hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir o’quvchining o’ziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni yo’lga qo’yish
ertalabki saflanishlarda sinf o’quvchilarining belgilangan tartibda to’liq ishtirok etishlarini ta’minlash
biriktirilgan sinf xonasidagi mavjud jihozlarning saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash
sinf rahbarlari o’z faoliyatini o’quvchilarning yosh xususiyatlari, umumiy rivojlanish darajasi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi
|
| |