|
Sinf rahbarining asosiy vazifalari
|
bet | 8/50 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 9,33 Mb. | | #273422 |
Bog'liq 7-Sinf soati ish reja va konspekti 2024 -2025-yilMMIBDO’________ ____________________________
Sana______ _______ 20___yil 4
Mavzu: Ustozlar elda aziz (1-oktabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)
I. Kirish: Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ustozlar qadriga yetib, ularni e’zozlash lozim ekanligini uqtirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish
Mashg’ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg’ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko’rgazmali va boshqalar.
Mashg’ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko’rsam tezroq o’rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg’ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko’rgazmalar va tarqatma materiallar, o’quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so’rash: a) Savol – javob o’tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
O’qituvchi:
Respublikamizda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda juda ko’plab ta’lim fidoyilari jonbozlik qilib kelmoqda. Bizning maqsadimiz esa mana shunday fidoyilarni keng ommaga tanishtirish ularning ishlarini yoshlarimizga ibrat qilib ko’rsatish.
„Har kuni, har soatda fidoiy bo’lish, o’zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish-haqiqiy qahramonlik aslida mana shu“. (Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)
Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniydan:
Siz qanday qilib shunday ilmga erishdingiz?- deb so’rashganida, alloma kamtarlik bilan shunday javob bergan ekan:
Savol beruvchi til, biluvchi qalb, mening qobiliyatimni topa olgan va iqtidorimni anglagan sabrli muallim mehnatiga tasanno.
Ulug’ bobomizning bu tariqa ustoz xizmatini alohida e’tirof etganligi bejiz emas.Zero, Sharq ta’lim tizimining mazkur ilg’or usuli yevropolik tadqiqotchilar tomonidan ham ibratli tajriba sifatida baholangan edi.
Hamma ustozlarga sog’lik, uzoq-umr tilab, shunday niyat qilamiz-
“… Yursam deyman shu tabarruk izingizdan ustozlar”.
Topshiriq: Har bir maktabning faxrli va keksa avlod vakillari bo’ladi, o’quvchilar ularga atab dil izohlarini taqdim etadilar.
Bunda o’quvchilarning so’z boyligi va adabiyotga ixlosi kuzatiladi.
|
| |