|
Sinf rahbarining asosiy vazifalari
|
bet | 10/50 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 9,33 Mb. | | #273422 |
Bog'liq 7-Sinf soati ish reja va konspekti 2024 -2025-yilIII. Yakuniy qism:
Dars yakunida o’quvchilar bilan birgalikda olgan bilimlarni umumlashtirilib, savollar bilan mustahkamlanadi.
O’quvchilar rag’batlantiriladi.
MMIBDO’________ ____________________________
Sana______ _______ 20___yil 6
Mavzu: Ko’chalarda piyodalar qanday harakatlanishlari kerak. (Yo’l harakati qoidalari)
I. Kirish:Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: o’quvchilarga yo’l belgilari haqida tushunchalar berish, ko’chada yurish qoidalarini orgatish;Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish.Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.Mashg’ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg’ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko’rgazmali va boshqalar.
Mashg’ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko’rsam tezroq o’rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg’ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko’rgazmalar va tarqatma materiallar, o’quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so’rash: a) Savol – javob o’tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo’lkasidan, ular bo’lmaganda esa yo’l yoqasidan yurishlari kerak. Qo’pol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida borayotgan shaxslarning trotuar yoki yo’l yoqasidan yurishlari boshqa piyodalarning harakatlanishiga halaqit berayotgan bo’lsa, ular qatnov qismining chetidan yurishlari kerak.
Trotuarlar, piyodalar yo’lkasi, yo’l yoqasi bo’lmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati bo’lmagan hollarda piyodalar velosiped yulkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi bo’lagi bor yo’llarda qatnov qismining o’ng chetidan) bir qator bo’lib yurishlari mumkin.
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida yo’lning qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yo’nalishda yurishlari kerak.
Nogironlarning yurgizgichsiz aravasida ketayotgan, mototsikl, moped, velosiped etaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakat yunalishi buylab yurishlari kerak.
Eslatma: piyodalar yulkasida, trotuarlarda, yo’lning yoqasida piyodalarning harakatlanishiga halaqit beradigan qurilma va jihozlar o’rnatish man etiladi.
Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga bir qatorda to’rt kishidan ortiq bo’lmasdan yo’lning qatnov qismida faqat transport vositalarining harakat yunalishi bo’ylab o’ng tomondan yurishga ruxsat etiladi.
Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, qoronri vaqtda yoki etarlicha ko’rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko’targan kuzatuvchilar bo’lishi kerak.
Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo’lkalaridangina, ular bo’lmaganda esa yo’l yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruhsat etiladi.
|
| |